Elif Shafaq ishqqa oid qirq qoida


Download 1.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/65
Sana14.05.2023
Hajmi1.48 Mb.
#1460256
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
Bog'liq
Ishqqa oid 40 qoida

Cho'l atirguli, fohisha 
1244 yil, 17 oktyabr, Konya. 
Tor kucha bo'ylab ortga qarashdan ham 
qo'rqqancha, bor kuchim bilan chopdim. 
Bozorga yetganimda o'pkalarim olovdek 
yonardi. Hushimdan ketayozib, devorga 
suyandim. Shundagina atrofga qarashga jasorat 
topdim. Hayrat va quvonch bilan izimdan faqat 
bitta odam chopib kelayotganini ko'rdim. Bu 
Sezam edi. Nafasi bo'g'ilgan, jahli chiqqan va 
nima uchun mening Konya ko'chalari bo'ylab 
bunday telbalarcha chopganimni so'ray ham 
olmasdan, holsiz qo'llarini osiltirgancha 
yonimda to’xtadi. 
Hammasi shunchalik tez bo'lgan ediki, men 
faqat bozorga etib kelganimdan keyingina, bu 
qanday bo'lganini tushunib etdim. Masjidda 
dunyodagi hamma narsani unutib, Rumiyning 
hikmatlarga to'la xutbasini eshitib o'tirgan 
edim. Shunday o'tirgan ekanmanki, 
yonginamda o'tirgan yosh yigitcha mening 
yuzimni o'rab turgan matoning uchini tasodifan 


bosib olganiga ham e'tibor qilmabman. Men 
buni sezib ulgurmasimdan sallam yon tomonga 
og'ib ketib, yuzim va sochlarim ochilib qolgan 
edi. Darhol matoni tortib, sallamni to'g'rilab, 
hech kim hech nima payqab qolmaganiga 
ishonch hosil qilib va'zni eshitishda davom 
etdim. Lekin shu zahoti birinchi qatordagi bir 
kishi irjayib qarab turganiga ko'zim tushdi. 
Yuzi to'rtburchak, qirraburun, og'zi qulog'iga 
etgudek bo'lib kulib turardi. Bu Beybars edi. 
Bizning ishratxona mijozlari ichida eng 
yaramasi shu Beybars edi, qizlardan hech biri u 
bilan birga bo'lishni istashmas edi. Ba'zi 
erkaklar fohishalarni yoqtirish bilan bir vaqtda, 
ularni qattiq xafa qilishni ham yaxshi 
ko'rishadi. Beybars shundaylardan edi. 
Hamisha behayo hazillar qilardi. Bir marta 
qizlardan birini shunday urgan ediki, hatto 
pulni juda yaxshi 
ko'radigan bekamiz ham uni haydab solgan va 
boshqa bu yerning ostonasiga yaqin 
kelmaslikni buyurgan edi. 


Lekin u bir emas, yana ko'p marta kelavergan 
edi. Bir necha oy shu tarzda qatnagan edi. 
Lekin keyin qandaydir noma'lum sababga 
ko'ra, ishratxonamizga kelmay qolgan va biz u 
haqida boshqa hech nima eshitmagan edik. 
Hozir esa soqol o'stiripti, eng birinchi qatorda 
haqiqiy musulmon qiyofasida o'tiripti, faqat 
ko'zlari avvalgiday jirkanch yiltirar edi. 
Men darhol yuzimni o'girdim, lekin kechikkan 
edim. Beybars tanib qoldi. O'z yonida o'tirgan 
odamga pichirlab nimalardir dedi, keyin ikkisi 
ham menga qarashdi. Undan keyin meni yana 
kimgadir ko'rsatishdi va masjiddagi hamma 
erkaklar birin-ketin o'girilib, menga qaray 
boshlashdi. Men qip-qizarib ketayotganimni 
sezdim. Qo'rqqanimdan yuragim tez urardi, 
lekin o'rnimdan qo'zg'ala olmas edim. Go'yo 
atrofdagilardan meni yashira oladiganday va 
baloni daf eta oladiganday ko'zlarimni yumib 
oldim. Ko'zlarimni ochganimda Beybars 
o'tirganlarni itar-sitar qilgancha men tomonga 
kelardi. Men sapchib eshik tomon otildim, 


lekin zich o'tirgan erkaklar orasida bo'lganim 
uchun tez qocha olmasdim. Beybars esa men 
tomon sakrab yaqinlashardi va shunchalik 
yaqin kelib qoldiki, hatto nafasini his etdim. 
Keyin u qo'limni mahkam ushladi va tishlari 
orasidan gapirib dedi: 
- Bu yerda fohisha nima qilayapti? Senda uyat 
yo'q ekan! 
- Iltimos... iltimos, meni qo'yib yubor, - deya 
g'o'ldiradim men, lekin u eshitmadi ham, 
menimcha. 
Sherigi ham unga qo'shildi. Kuchli, qo'rqinchli, 
takabbur, o'zining haqligiga qattiq ishongan 
erkaklar g'azab bilan menga haqoratlar yog'dira 
ketishdi. Boshqa yon atrofdagilar ham 
shovqinga o'girilib qaray boshlashdi. Bir necha 
odam bularni tartibga chaqirishga 
urinib kurishdi, lekin hech kim ularga quloq 
solmadi. Meni tashqariga sudrab 
chiqishayotganlarida hech qanday qarshilik 
ko'rsatmadim. Ko'chaga chiqqanda atigi bir 
daqiqa, agar eng yomon narsa boshlansa, 


Sezam qochishimga yordam beradi degan umid 
miltilladi. Lekin masjid ichida va'zchiga 
hurmat yuzasidan o'zlarini tiyib turgan va meni 
urmagan odamlar ko'chada o'zlarini bemalol 
qo'ya olishlarini angladim. 
Hayotimda ko'p ishlarni boshdan 
kechirganman, lekin hech qachon bunchalik 
nochor ahvolga tushmagan edim. Juda uzoq 
yillar shubha-gumonlar ostida yurib birinchi 
marta Xudo sari birinchi qadamni qo'ysam-u, 
Uning javobi shu bo'ldimi? Meni dargohidan 
quvib chiqardi! 
- U yoqqa bormasligim kerak ekan, - dedim 
Sezamga va o'z ovozimni o'zim tanimay 
qoldim. - Ha, ular ham o'zlaricha haqli. 
Masjidda ham, Uning boshqa dargohlarida ham 
fohishaga nima bor?! 
- Unday dema! 
Buni kim aytganini bilish uchun o'girildim va 
ko'zlarimga ishonmadim. Bu o'sha besoqol 
darbadar darvish edi. Sezam uni qayta ko'rib 
turganidan juda xursand, og'zi qulog'ida 


kulardi. Men uning qo'llarini o'pish uchun 
intildim, lekin u meni to'xtatdi: 
- Unday qilma, iltimos. 
- Lekin minnatdorligimni qanday izhor etay? 
Meni o'limdan saqlab qoldingiz. 
U befarqlarcha yelkalarini qisdi. 
- Sen mendan hech nima qarzdor emassan, - 
dedi darvish. - Biz faqatgina Uning oldida 
hammasi uchun qarzdormiz. 
U menga o'zini Shams Tabriziy deya 
tanishtirdi, keyin g'alati narsalarni gapirib 
ketdi: 
- Ba'zi insonlar ajoyib aura (ruhiy quvvat 
rangi) bilan tug'ilishadi, lekin keyinchalik bu 
rang xiralashadi. Menimcha, sen ham 
shundaylardansan. Bir vaqtlar sening aurang 
sariq va pushtirang xolli oq lolagulnikidan ham 
tiniqroq bo'lgan, lekin birmuncha vaqtdan 
keyin u o'zgargan. Endi uning rangi och 
jigarrang bo'lib qolgan. Nahotki oldingi 
holatingga qaytishni istamasang? 
Men nima deyishni bilmay, unga qarab qoldim. 


- Sening aurang avvalgi rangini yo'qotgan, 
chunki uzoq vaqt mobaynida senga ichkaridan 
ham, tashqaridan ham iflos fohisha, deb qarab 
kelishgan. 
- Men rostdan ham iflosman, - dedim 
lablarimni bir-biriga bosib. - Men qanday yo'l 
bilan tirikchilik qilishimni bilmaysizmi? 
- Quloq sol, bir narsani hikoya qilib beray, - 
dedi Shams. 
Bir kuni fohisha daydi itning yonidan o'tib 
ketayotgan ekan. It bechora jaziramada 
chanqovdan qattiq azob chekayotgan ekan. 
Fohisha yaqin oradagi quduqqa borib 
oyog'idagi kavushini echib, suv solib itning 
chanqog'ini qondiripti. Keyin o'z yo'lidan 
ketipti. Ertasi kuni u so'fiyni uchratipti, u 
buyuk donishmand ekan. U ayolning qo'lini 
o'pipti. Ayol hayron bo'lipti. So'fiy ayoldagi 
itga bo'lgan rahmdillik chin qalbdan bo'lganini 
va bu uning barcha gunohlaridan kuchli 
ekanini va ularning barchasini o'sha zahoti 
yuvib yuborganini aytipti. 


Men Shamsning nima haqida gapirayotganini 
tushunib turardim, lekin negadir unga 
ishonmas edim. 
- Men hatto Konyadagi barcha itlarning qornini 
to'yg'azsam ham, gunohlarimni yuvish uchun 
yetarli bo'lmaydi, - dedim men. 
- Sen buni bila olmaysan, buni faqat Xudo 
biladi. Nima, seni masjiddan haydab chiqargan 
erkaklarni Xudoga o'zingdan ko'ra yaqinroq, 
deb hisoblaysanmi? 
- Agar ular Xudoga yaqin bo'lmasalar, - dedim 
men ishonqiramay, - buni ularga kim aytadi? 
Senmi? 
Darvish bosh chayqadi: 
- Yo'q, bu to'g'ri kelmaydi. Sen o'zing ularga 
aytishing kerak. 
- Ular meni eshitishadi, deb o'ylaysanmi? Ular 
mendan nafratlanishadi-ku! 
- Ular eshitishadi, - dedi qat'iy qilib Shams 
Tabriziy. - Chunki «men» degan tushuncha 
bo'lmagani kabi «ular» degan tushuncha ham 
yo'q. Butun olam, undagi hamma narsalar 


o'zaro bog'langan. Biz - yuzta yoki mingta har 
xil mavjudotlar emasmiz. Biz hammamiz Bir 
butunmiz. 
Men uning o'z fikrini tushuntirib berishini 
kutib turardim, lekin buning o'rniga dedi: 
- Qirq qoidaning bittasi shu. «Agar 
odamlarning senga munosabatlari o'zgarsin 
desang, avval o'zingning o'zingga 
munosabatingni o'zgartir. O'zing o'zingni chin 
qalbdan sevishni o'rganmaguningcha, seni hech 
kim seva olmaydi. Lekin bunga erishganingdan 
keyin ham odamlar senga qarshi otadigan 
barcha tikanlardan minnatdor bo'lishing kerak. 
Zero, bu sening yaqin orada atirgullar ichiga 
tushmog'ingdan nishonadur». Darvish biroz 
vaqt jim qoldi. - Agar o'z qadringni o'zing 
bilmasang, boshqalar sening qadringni qanday 
bilsin? 
Unga bir og'iz so'z ayta olmadim, lekin men 
fahmiga yeta olmagan bir narsaga mahkam 
yopishib olgan edim. Men bilan birga bo'lgan 
erkaklarni eslab ketdim - ularning hidlarini, 


qo'llarini, o'sha vaqt... Qanday baqirishlarini... 
Yuvoshgina yigitchalarning maxluqqa aylanib 
ketishlarini va maxluqqa o'xshaganlarning 
yuvosh bolalarga aylanib qolishlarini 
ko'rganman. Ayollar bilan birga bo'lganida 
unga tuflaydigan bir erkakni ham esladim. 
- Iflos, - degan edi u mening yuzimga tuflab, - 
iflos fohisha. 
Endi mana bu darvish menga bahor jilg'asiday 
musaffoligimni uqtirmoqchi bo'layapti. Bu 
xuddi achchiq hazilga o'xshaydi. Men kulishga 
harakat qildim, lekin xo'ngrab yig'lab 
yuborishimga sal qoldi. 
- O'tmish - bu girdob. Agar uning hozirni o'z 
soyasida qoldirishiga yo'l qo'yib bersang, u 
seni o'z tubiga tortib ketadi, - dedi Shams 
xuddi mening fikrlarimni o'qiganday. - Vaqt - 
bor-yo'g'i sarob. Sen hozirgi damda yashashni 
o'rganishing kerak. Faqat hozirgi on 
ahamiyatga ega. Shu gaplarni ayta turib u ichki 
cho'ntagidan ipak ro'mol oldi. 
- Buni ol, - dedi u. - Bag'dodda bir yaxshi kishi 


buni menga bergan edi, lekin u mendan ko'ra 
senga ko'proq kerak. U senga yuraging 
tozaligini va qalbingda Xudo borligini eslatib 
turadi. 
Shularni aytgach, darvish hassasini qo'liga oldi 
va ketish uchun o'rnidan turdi. 
- Lekin sen avval fohishaxonadan ketishing 
zarur. 
- Qanday qilib? Qayoqqa boraman. 
- Bu muammo emas, - dedi Shams ko'zlari 
chaqnab. - Men senga ko'rsatgan yo'l bexavotir. 
Sen buning o'rniga eng birinchi qo'yadigan 
qadaming haqida o'yla. Eng qiyini shu. Lekin 
birinchi qadamni qo'ygan zahoting qolgani o'z-
o'zidan bo'ladi. Oqimda suzma, oqimning o'zi 
bo'l. 
Men bosh silkitdim. Shamsdan hech nima 
so'rash kerak emas edi. Bu uning navbatdagi 
qoidasi ekanini tushungan edim. 

Download 1.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling