IV asr boshida Aleksandriyada antik matematikaning ajoyib bilimdoni Papp ishlar edi, u «Matematika saylanmalar» muallifi bo’lib, unda elementar va proyektiv geometriyaning qator muhim teoremalari bayon qilingan va isbotlangan. O’sha davrda eramiz boshida vujudga kelgan xristian dini tobora kuch olayotgan edi. Din va fan o’rtasida qizg’in kurash ketgan edi. 415 yilda Aleksandriyada mashhur olim, faylasuf va matematik Gipatiy Aleksandriyskiy xristian dinini qabul qilmaganligi uchun qatl qilindi. 529 yilda imperator Yustinian Afina akademiyasini yopdi va ko’p olimlar Afinani tark etdilar, ularning ko’pchiligi Eronga ketib qoldi. Antik dunyoning ilmiy markazlari barbod bo’ldi.
Qadimgi Yunonistonda matematika turli falsafa maktablarida rivojlandi: I o n maktabi (miloddan avvalgi VII-VI asrlar), Pifagor maktabi (miloddan avvalgi VI-V asrlar), Platon akademiyasi (miloddan avvalgi V-V asrlar). Ayniqsa, matematikaning yangi bo’limi - logistika taraqqiy etdi. Bu fan asosan butun sonlar ustida amallar, ildiz chiqarish, kasrlar ustida amallar, birinchi va ikkinchi darajali tenglamalarni yechishga keltiriladigan amaliy masalalar va hisoblashlar, me’morchilik va yer o’lchash ishlariga oid hisoblashlarni o’z ichiga olgan edi. Matematikaning nazariy tomonlariga Pifagor maktabida alohida e’tibor
berilgan edi. Ular natural sonlarning ba’zi xossalarini umumlashtirganlar hamda, n ta toq son yig’indisini hisoblay olganlar.
E’tiboringiz uchun raxmat! 201-guruh Matematika ta’lim yo’nalishi talabasi Sharipova Nafosat
Do'stlaringiz bilan baham: |