Elyektrolit eritmalarining xossalari
Download 40.47 Kb.
|
Elyektrolit eritmalarining xossalari
Elyektrolit eritmalarining xossalari Suyultirilgan eritmalarning barcha umumiy xossalari, ya'ni kolligativ xossalari (to‘yingan bug‘ bosimining nisbiy pasayishi, qaynash haroratining ortishi, muzlash haroratining pasayishi, osmotik bosim) erigan moddaning molyar qismiga chiziqli bog‘langan (erigan modda zarrachalarining soniga proporsional ravishda o‘zga- radi) va uning tabiatiga bog‘liq emas. Ushbu ta'rif suyultirilgan eritmalar uchun Raul va Vant-Goffning umumlashgan qonunini ifodalaydi. Bunday umumiy qonuniyat organik moddalarning suv- dagi va organik erituvchilardagi eritmalari uchun adolatli bo‘lib chiqdi. Ammo tuzlar, kislotalar va ishqorlarni suvdagi eritma- larining kolligativ xossalari yuqoridagi qonuniyatga bo‘ysunmas- ligi aniqlandi. Masalan, NaCl molyar eritmasi muzlash harorati- ning pasayishi suvning krioskopik doimiysidan (1,860) dyeyarli ikki baravar yuqori (3,360). Dyemak kislota, ishqor va tuzlarning suvli eritmalaridagi zarrachalarning soni eritmaning molyar kon- syentrasiyasiga mos kyelmaydi. Bundan tashqari, suyultirilgan eritmalar qonunlaridan chyetlanuvchi eritmalar organik moddalar- ning suvdagi eritmalariga nisbatan ancha yuqori elyektr o‘tkazuv- chanlikka ega, bu esa eritmada zaryadlangan zarrachalar mavjudli- gidan darak byeradi. Eritmalari elyektr tokini o‘tkazuvchi bunday moddalar elyektrolitlar dyeb ataladi. Elyektrolitlarning xossalari elyektrolitik dissosilanish nazariyasining asoschisi Arryenius (1887) tomonidan ko‘rib chiqilgan va umumlashtirilgan. Erituvchining qutbli molyekulalari bilan erigan modda zarrachalari orasidagi ta'sir natijasida elyektrolitik dissosi- lanish sodir bo‘ladi. Bunday ta'sir hattoki kovalyent bog‘larni ham, masalan, vodorod xloridni qutblantiradi. Ushbu gazni suvda eritayotganda dielyektrik doimiysi katta bo‘lgan muhitda N-Sl bog‘ining kuchsizlanishi hisobiga vodorod va xlor ionlari hosil bo‘ladi. Gidratlanish natijasida ionlar eritmaga o‘tadi. Ion kristallarini (masalan, NaCl) suvda eritayotganda ham xuddi 340 shunday jarayon kuzatiladi. NaCl ning kristall panjarasida Na+ va Sl- ionlari bo‘lmasa ham, erituvchining qutbli molyekulalari bilan ta'sirlashishi kristalldagi bog‘larning qutblanishiga, ularning kusizlanishiga va zarrachalarning gidratlangan ionlar hosil qilib eritmaga o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Gidratlanish jarayoni kuchli ekzotyermik bo‘lib, entalpiyaning kamayishi bilan o‘z-o‘zidan bora- di. Odatda, gidratlanish darajasi (har bir ionni o‘rab olgan eri- tuvchi molyekulalarining miqdori) juda katta bo‘ladi. Faqat kislo- taning ionlanishida gidratlanish darajasi 1 ga tyeng, bu esa vodo- rod ionining kichik o‘lchami bilan bog‘liqdir. Gidratlanish jarayo- nida proton N2O molyekulasi sfyerasiga kirib, giroksoniy N3O+ ionini hosil qiladi. Yangi kovalyent bog‘ kislorodning erkin elyektron jufti hisobiga donor-aksyeptor myexanizmi bo‘yicha hosil bo‘lib, to‘yingan bo‘ladi. Elyektrolitlarning ushbu qonunlardan chyetlanishini baholash uchun Vant-Goff osmotik koeffisiyent i tushunchasini kiritishni taklif qildi: . .
. . naz
taj . . T T
taj muz naz muz taj naz taj R R T T R i P (IX.1) (IX.1) tyenglama elyektrolit eritmalarining tyermodinamik xossalari haqidagi tajribaviy ma'lumotlar asosida osmotik koeffisiyentni hisoblash uchun ishlatilishi mumkin. Eng sodda elyektrolitlar uchun osmotik koeffisiyent 2>i >1, murakkabroq elyektrolitlar uchun 3>i >2 ekanligi tajribada aniqlangan. Bunday chyetlanishlar ko‘proq yoki kamroq darajada, istisnosiz, barcha elyektrolitlar uchun tyegishlidir. Dyemak elyektrolit eritmalarining noelyektrolitlar uchun o‘rnatilgan qonunlardan chyetlanishi qan- daydir umumiy sabablardan kyelib chiqadi. Yuqorida aytganimizdyek, noelyektrolitlar elyektr tokini o‘tkazmaydi, elyektrolit eritma- lariga esa, elyektr o‘tkazuvchanlik xosdir. Elyektrolitlarga tuzlar, minyeral va organik kislotalar va asoslar kiradi. Ushbu modda- larning hammasi katta amaliy ahamiyatga ega va shuning uchun, ular- ning xossalari batafsil o‘rganilgan, xususan, ushbu eritmalarning elyektr xossalari har tomonlama ko‘rib chiqilgan. Ma'lumki, elyektr tokini o‘tkazuvchilar birinchi va ikkinchi tur o‘tkazgichlarga bo‘linadi. Birinchi tur o‘tkazgichlarda, ya'ni myetallarda, elyektr tokini elyektronlar tashib o‘tadi. Bunday o‘tkaz- gichlardan tok o‘tishining o‘ziga xos tomoni kimyoviy o‘zgarish- larning kuzatilmasligidadir (faqat issiqlik ajralib chiqadi). Ikkinchi tur o‘tkazgichlarda, ya'ni elyektrolit eritmalarda, elyektr tokini ionlar tashib o‘tadi. Ikkinchi tur o‘tkazgichlardan o‘zgarmas tokning o‘tishi faqat issiqlik ajralishini emas, balki kimyoviy o‘zgarishlarni ham kyeltirib chiqaradi (elyektroliz hodi- sasi). O‘tkazgichlarning faqat birinchi va ikkinchi turlarga bo‘li- nishi to‘liq sinflanish emasligini eslatib o‘tish lozim, chunki ulardan tashqari tabiatda yarim o‘tkazgichlar (elyektron yoki tyeshikli o‘tkazuvchanlik) va aralash (elyektron va ion) o‘tkazuvchanliklarga ega eritmalar va turli moddalarning suyuqlanmalari mavjuddir. Elyektrolit eritmalaridan o‘zgarmas elyektr tokining o‘tishi ionlarning elyektr maydonning qutblariga yo‘nalgan harakati bi- lan, ya'ni musbat zaryadlangan zarrachalar – kationlarning manfiy qutbga – katodga va manfiy zaryadlangan zarrachalar – anionlarning musbat qutbga – anodga harakati bilan byelgilanadi. XIX asrning oxirigacha elyektrolit eritmalarda tashqi elyektr maydonning ta'siridagina elyektrolit molyekulalarining parchala- nishi natijasida ionlar paydo bo‘ladi, dyeb hisoblangan. Ammo elyektrolit eritmalarining tyermodinamik xossalarini o‘rganish natijalari ushbu qarashlarni o‘zgartirishga olib kyeldi. Download 40.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling