Elyektrolit eritmalarining xossalari
IX.5. Elyektrolitik dissosilanish nazariyasini
Download 40.47 Kb.
|
Elyektrolit eritmalarining xossalari
IX.5. Elyektrolitik dissosilanish nazariyasini
tajribaviy asoslash Dissosilanishda bir xil ionlar hosil qiluvchi barcha elyektrolit eritmalari (kislota va ishqorlarning eritmalari) o‘x- shash xossalarni namoyon qiladi. Tarkibida bir xil rangli ion- larni tutuvchi elyektrolit eritmalari bir xil yutilish spyektr- lariga ega. Eritmalarning ko‘pgina xossalari elyektrolitning umu- miy konsyentrasiyasiga emas, balki ozod ionlarning konsyentra-siyasiga proporsionaldir, masalan, kislotalarning katalitik ta'siri.
Arryeniusning tasavvurlari adolatli ekanligini elyektrolit eritmalarining tyermokimyosi ham isbotlaydi. Masalan, barcha kuchli kislotalarning xohlagan kuchli asos bilan nyeytrallanish issiqligi bir xil va 13,7 kkal/g-ekv ga tyeng. Agar dissosilanmagan turli molyekulalar o‘zaro ta'sirlashadi, dyeb hisoblasak, ushbu natijani hyech qanday tushuntirib bo‘lmaydi. Arryenius bo‘yicha, barcha hollarda birdan-bir ryeaksiya N++ON-=N2O+13,7 kkal/g-ekv borayapti dyesak, hammasi oydin bo‘ladi. Elyektrolit eritmalarida ionlar va dissosilanmagan molyeku- lalar o‘rtasida muvozanat holatining mavjudligi haqidagi tax- minni tyekshirish natijasida Arryenius nazariyasining yana bir isboti olindi. Gomogyen sistyemalarda haqiqiy muvozanat uchun kyel- tirib chiqarilgan barcha qonunlarni, birinchi navbatda, massalar ta'siri qonunini, ushbu holatga qo‘llashimiz mumkin. Massalar ta'siri qonunini elyektrolit eritmalaridagi muvozanatga qo‘llab, Arryenius nazariyasini tyekshirish uchun natijalar olindi. Misol uchun sirka kislotasining elyektrolitik dissosilanish jarayonini ko‘rib chiqamiz: SN3SOONSN3SOO-+N+ Massalar ta'siri qonuni bo‘yicha, ushbu jarayon uchun D CH COOH CH COO H K C C C 3 3 (IX.2)
dyeb yozishimiz mumkin, bu yerda: KD – dissosilanish doimiysi bo‘lib, eritmaning konsyentrasiyasiga bog‘liq emas. Agar Arryenius naza- riyasi adolatli bo‘lsa, eritma suyultirilganda KD ning qiymati o‘zgarmasligi kyerak (T=const). Bu esa elyektrolitik dissosilanish nazariyasini yana bir bor tyekshirish imkoniyatini byeradi. (IX.2) tyenglamani ushbu ko‘rinishda tyekshirib bo‘lmaydi, chunki unga ionlar va dissosilanmagan molyekulalarning konsyentra- siyalari kiradi, ularni tajribada aniqlab bo‘lmaydi. Ammo ushbu tyenglamani tajribaviy tyekshirish mumkin bo‘lgan ko‘rinishga kyeltirish oson. 1 l eritmada S g-mol SN3SOON bo‘lsin va uning 348 dissosilanish darajasi α ga tyeng dyeylik. Unda αS g-mol dissosilangan va shuning uchun (1 ) 3
C C CH COOH ; C C C H CH COO 3 (IX.3)
Olingan qiymatlarni (IX.2) tyenglamaga qo‘ysak D c K 1 2 (IX.4)
ifodani olamiz. Ushbu ko‘rinishda massalar ta'siri qonunining elyektrolit eritmalariga qo‘llanishi tajribada tyekshirilishi mum- kin, buning uchun turli konsyentrasiyalarda α aniqlanadi va KD hisoblab tyekshiriladi. (IX.4) tyenglamani Ostvaldning suyultirish qonuni dyeyiladi. Ushbu ko‘rinishda u faqat binar elyektrolitlarga qo‘llanishi mumkin, ammmo uni xohlagan elyektrolitga oson umum- lashtirsa bo‘ladi. Kuchsiz elyektrolitlar uchun Ostvaldning suyultirish qonuni tajriba bilan kyelishadi. Yuqoriroq konsyentra- siyalardagina chyetlanishlar kuzatiladi, ammo ushbu chyetlanishni, konsyentrasiya o‘rniga aktivlik qo‘yib, yo‘qotish mumkin. Kuchli elyektrolit eritmalari uchun Ostvald qonuni o‘zini oqlamaydi va kichik konsyentrasiyalarda ham KD o‘zgaradi. Dyemak, Arryeniusning kuchli elyektrolit molyekulalarining qisman disso- silanishi haqidagi nuqtai nazari noto‘g‘ri ekan. Elyektrolitik dissosilanish nazariyasi amalda kyeng qo‘lla- niladi, xususan, analitik kimyoning ko‘pgina qismlari batamom Arryenius nazariyasiga asoslangandir. Ammo ushbu nazariya bo‘yicha miqdoriy hisoblarni faqat kuchsiz elyektrolitlar uchun qilish mumkinligini yana bir bor ta'kidlamoq lozimdir.
Download 40.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling