Energetik sharoitlari
Gaz quduqlari ishining texnologik rejimini belgilash
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
5-bob kitobcha
11.3 Gaz quduqlari ishining texnologik rejimini belgilash
Qatlamdan qancha gaz olish loyiha hujjatlari orqali belgilangan bg’ladi. SHunga qarab har bir quduqdan olinishi lozim bg’lgan mahsulot belgilanadi. Demak, har bir quduqdan olinadigan gaz miqdori qatlamning imkoniyatlariga qarab belgilangan va u loyiha kg’rsatkichlariga mos kelgan bg’lishi lozim. Gaz quduqlari ishining texnologik rejimi har uch oydan to bir yilgacha belgilangan bg’lib (bu qoida vazirlik yoki kompaniya bg’yicha qabul qilingan maxsus qg’llanma asosida belgilanadi), muddati g’tgan quduq maxsus tadqiqot asosida tekshiriladi va uning natijalari har tomonlama tahlil qilingach, yana ma’lum muddatga quduqning ish rejimi belgilab qg’yiladi. Bunda quduqning beradigan mahsulot miqdori, quduq tubidagi va qatlamdagi bosim hamda ular g’rtasidagi farq miqdori, quduq og’zidagi bosim va harorat, quduq mahsulotida suyuqlik (suv va kondensat)ning mavjudligi, undan tashqari quduqdan chiqadigan gaz bilan chiqishi mumkin bg’lgan tog’ jinsi donalarining mavjudligi ularning hammasi juda aniqlik bilan puxta g’rganiladi va texnologik tarzni belgilashda g’sha holatlar albatta inobatga olinadi. Quduqning ish tarzini belgilash muddati ham quduqning qanday joyda joylashganligi-ga (suv - gaz chegarasiga yaqinmi - yg’qmi), quduq tubidagi kollektorlarning mustahkamligiga quduq tubidagi qatlam 159 qanday tog’ jinslaridan tashkil topgan va ularning emirilishiga moyilligi) qarab belgilanadi va bu ham uning ishini boshqarishning muhim omilidir. Gaz quduqlarini ishlatishda muayyan sharoitlarga qarab bir qancha rejimda ishlashni belgilash mumkin. CHunonchi, bosim farqining barqarorligi, quduq tubi zonasidagi filtratsiya tezligining barqarorligi, quduq og’zidagi bosimning barqaror-ligi holatlari shular jumlasidandir. Qatlam g’zgaruvchan xususiyatga ega bg’lgan holda har xil holatga qarab quduqlarning ish rejimi muddati g’zgartirilishi mumkin. Gaz konlarini gaz rejimida ishlatilganda quduqlarning suv bosish xavfi yg’q. Undan tashqari sharoit shuni taqozo etsa, ulardan eng unumli foydalanish yg’llarini (eng kg’p miqdorda gaz olish shuni hisobga oluvchi quduqlar sonini kamaytirish imkoni mavjud, kompressorsiz ishlatish muddatini chg’zish va h. k.) axtarish va ulardan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir. Gaz konlarini ishlatishda esa butun e’tibor iloji boricha kondensatning yg’qolish yg’llarini kamaytirish va shunday qimmatli xomashyoni qg’lga kiritilishiga qaratilishi kerak. Gaz va gaz kondensat quduqlarining samarali ish rejimini belgilash barcha hollarda ham gidrodinamik hisob kitoblar orqali bajariladi, bunda albatta tajriba uchun qilingan ishlatish natijalari asosiy manba bg’lishi lozim. Past bosimda va oz mahsuldorlik holatlarida ishlatilgan quduqlarda gidratlar hosil bg’lishi ishlatishni izdan chiqaradi. Bu hollarning oldini olish choralarini kg’rish asosiy maqsad bg’lmog’i kerak. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling