Aqliy hujum-g‘oyalarni generasiya qilish usuli, fikrlar hujumi.
Bunda katnashuvchilar birlashgan holda kiyin muammoni yechishga harakat qiladilar: uni yechish uchun shaxsiy g‘oyalarni ilgari suradilar(generasiya qiladilar).
Aqliy hujum usulida u kichik Guruhlar bilan o‘tkaziladi. Uning maqsadi mumkin kadar katta mikdordagi g‘oyalarni yechish, talabalarni aynan bir xil fikrlash ipersiyasidan holi qilish. Bu usulning prinsipi shundan iboratki, unda g‘oyalar qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik g‘oyalar ichidan bittasining muvaffakiyatli bo‘lish imkoniyati yakindir.
Aqliy hujumda:
-Aytilgan gap xech qanday chegaralanmagan holda baland ovozda gapirilishi lozim.
-Xar qanday fikrni aytish mumkin, fikrlar xech qanday motivlarsiz vazifaga qarab aytiladi.
-g‘oyalar tankid qilinganda, ularni muhokama qilish fikrlar va mulohazalar tugatilguncha davom etadi. Hamma fikrlar kayd kilib boriladi.
Konseptual jadval
Bu metod klaster konseptual jadval grafik tashkilotchilar qatoriga kiradi. U taqqoslash, solishtirish va boshqalarga bog‘lik bo‘lgan fikrlash jarayonlarini yaqqol namoyish etadi. Konseptual jadvalning vertikali bo‘yicha taqqoslanuvchi, gorizontali bo‘yicha esa taqqoslanadigan turli tavsiflar joylashtiriladi. Misol tarikasida I.P. Podlasiy (1999)dan olingan quyidagi konseptual jadvalni ko‘rib chikamiz (1-jadval).
Konseptual jadvalda taxliliy axborotning anchagina qismi ixcham joylashtirilgan. Bunday jadval mashg‘ulotning metodik ta’minoti (slayd, o‘quv plakati va x.k.)ga juda qo‘l keladi. Muayyan muammo bo‘yicha konseptual jadvallarni kichik Guruhlarda aqliy hujumdan foydalanib tuzish va uni guruh bo‘yicha muhokama qilib, eng maqbul variantni qabul qilish-amaliy mashg‘ulotlarning «anglash» fazasida yaxshi natija beradi.
T-sxema.
Bu qiyosiy kattaliklar (xa yo‘q, roziman qarshiman) universal grafik tashkilotchisi bo‘lib, u biri-biridan keskin farq qiluvchi o‘zaro qarama-qarshi va ba’zi mezonlar bilan farq qiluvchi tasvirlashga qulaylik yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |