Energetika fakulteti "Elektr energetikasi" kafedrasi
Tizim deb, tartiblangan, o‘zaro o‘zviy bog‘langan va birgalikda umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar tuplamiga aytiladi
Download 0.79 Mb.
|
1Shuhratova sojida 3 ipi hisoboti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil o‘qishga yakun yasab
- Tanqidiy fikrlashni
Tizim deb, tartiblangan, o‘zaro o‘zviy bog‘langan va birgalikda umumiy funksiyani bajaruvchi elementlar tuplamiga aytiladi.
Demak, ta’lim jarayonini bir tizim deb qarasak, uning tashkil etuvchilari (elementlari)ga quyidagilar kiradi: ta’lim maqsadi, o‘quv maqsadlari (kutilayotgan natijalar), ta’lim beruvchi, taxsil oluvchi, ta’lim mazmuni, ta’lim metodi, ta’lim shakli, ta’lim vositalari, nazorat va baholash. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda sanab o‘tilgan elementlardan birortasi e’tibordan chetda kolsa, noto‘gri tanlangan bo‘lsa, tizim ishlamaydi, demakki, ta’lim jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadga erishilmaydi. Masalan, avtomobil dvigatelining moylash tizimini ko‘rib chikadigan bo‘lsak, uni tashkil etuvchi elementlaridan birortasi ishlamay kolsa yoki yomon ishlasa, dvigatelning ishkalanuvchi qismlarga moy yetib bermaydi va natijada dvigatel ishdan chikadi. Demak, tizimning faoliyati uni tashkil etuvchi xar bir elementiga va, o‘z navbatida, xar bir element bir–biriga chambarchas bog‘lik. Ko‘rgazmali mashg‘ulotning maqsadi–o‘qitishning yangicha yondashuv va uslublari doirasida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini namoyish qilish, uning ishtirokchilariga faol bilim modelini taklif qiladi. Shunday qilib, o‘quvchilar axborotni o‘zlashtirishga ongli ravishda yondashishlari uchun ular matnni tushunish jarayonini kuzatib berish hisobiga matn mazmunini uzoq muddat ongda shakllantirishga bu esa o‘zlashtirishning ortib borishiga olib keladi. Mustaqil o‘qishga yakun yasab, o‘qituvchi talabalarga o‘qiganlari to‘grisida o‘ylash va o‘zlarining qo‘ygan belgilari bo‘yicha matn to‘g‘risidagi fikrlarni juftlikda Muhokama qilishni taklif qiladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi «Oldindan aytilgan qaysi fikrlar tasdiklanadi» «Qanday yangi axborotlarni ukidingiz» «Belgilab qo‘ygan o‘qishning oddiy o‘qishdan qanday farqi bor», «Nima uchun qo‘yilgan belgilar yangi axborotni puxtarok egalashga imkon beradi»-kabi savollar bilan murojaat qiladi Muhokama natijasida xulosalar yasaladi. Bu xulosalar natijasi o‘qituvchiga ishonch bildirsa, u o‘qituvchiga ishonchning mujizasi bo‘ladi. Hozirgi paytda Tanqidiy fikrlashni kullash va bunga o‘rgatishga fanlararo dastur sifatida katta e’tibor berilmokda. UYoTF (o‘qitish, yozish va Tanqidiy fikrlash) o‘qitishning universal asoslari tizimi sifatida unda o‘qitishning interaktiv usullarining keng mikyosda kullanishi va Tanqidiy fikrlashning samarali rivojlanishiga imkon beradi. Tanqidiy fikrlashga o‘rgatish kadrlar tayyorlash milliy dasturini bayon etilgan yuqori umumiy va kasbiy madaniyatli, ijodiy va ijtimoiy faol, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustakil ravishda o‘z o‘rnini topa olish malakasiga ega bo‘lgan, istiqboliy vazifalarni qo‘yish va xal qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlarning yangi avlodini shakllantirish vazifasini xal qilishga ham to‘la-to‘kis mos keladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling