Energetika fakulteti "Elektr energetikasi" kafedrasi
PEDAGOGIK MAHORAT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR BO‘YICHA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Download 0.79 Mb.
|
1Shuhratova sojida 3 ipi hisoboti
PEDAGOGIK MAHORAT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR BO‘YICHA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
Pedagogik kasbning xususiyatlari. Pedagoglik faoliyati jamiyatdagi funksiyalari bo‘yicha va kasbiy sifat xususiyatlariga qarab hamda psihologik tomonlar bo‘yicha yozuvchi, artist va olimlarga tomoniga yakin. Pedagog mehnatining xususiyatlari tabiatning eng buyuk in’omi bo‘lgan insonni o‘qitish va tarbiyalash uchun mo‘ljallangan: 1.Pedagogning mehnat faoliyati o‘sib kelayotgan yoshlarning insoniy xususiyatlarini shakllantirishdan iborat. 2.Pedagog faoliyatidagi mehnatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda mehnat predmeti bo‘lib xazrati inson hisoblanadi. 3.Pedagogik mehnat unga xar tomonlama ta’sir etuvchi omillarni boshqaruvchi shaxsga bo‘lgan ta’siridan iborat. Bu mehnatda talabaga ta’sir etuvchi qurol bo‘lib o‘qituvchining shaxsi-uning bilimlari, mahorati, sezgirligi va erkinligidir. Pedagogik jarayonning maqsadi, nafaqat talabani tarbiyalash, o‘qitishni tashkil qilishdan iborat bo‘lmay, uning o‘qitish uslublarini va ulardagi barcha munosabatlar tizimini aniqlashdan iborat. Pedagogik mehnatning buyuk xususiyati shundan iboratki, unda mehnat boshdan-oyok insonlar orasidagi o‘zaro ta’sir jarayonidan iborat. Unda predmet inson, mehnat quroli inson, mehnat maxsuli ham inson ya’ni pedagogik mehnatning maqsadi, masalasi, o‘qitish va tarbiya uslublari shaxsiy munosabatlar shaklida amalga oshiriladi. Pedagogik mehnatning bu xususiyati odob, axlok, xulk kabi tomonlarning yuqoriligini ta’minlaydi. Pedagogning faoliyati xar doim yuqori baholangan. Qadimiy grek filosofi Aflotun agar kosib yomon usta bo‘lsa, bundan davlat juda katta narsa yuqotmaydi- faqat xalq yomonroq kiyinadi, holos, ammo agar yoshlar tarbiyachisi o‘z vazifalarini yomon bajarsa, u holda mamlakatda nodon, joxil, bilimsiz va axmoklar toifasi vujudga keladi. 17 asrda yashagan ilmiy pedagogikaning asoschilaridan biri- Yan Amos Komenskiy «o‘qituvchilarga quyosh ostidagi eng yuqori vazifa yuklatilgan», degan edi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling