Pinbord (inglizchadan: pin-mustaxkamlash; board-doska). Bu o‘qitish uslubining mohiyati shundan iboratki, unda munozara yoki o‘quv suxbati amaliy usul bilan bog‘lanib ketadi. Uning afzallik funksiyalari-rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi vazifadir: o‘quvchilarda muloqot yuritish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi, o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish kunikmasi rivojlanadi.
Kichik guruhlarda ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot.
Mashg‘ulot maqsadi:
Seminar qatnashchilariga Guruhlarda ishlash tamoyillarini tushuntirish va amalda ko‘rsatish.
Mashg‘ulot natijasi:
Seminar qatnashchilari guruhlarda ishlashni tashkil qila oladilar. Guruhda ishlash qoidalarini biladilar.
Ta’limning guruhli shakli, eng avvalo, ta’limning guruhli shakli «ta’lim beruvchi-ta’lim oluvchi» dialogidan voz kechishni va «ta’lim beruvchi-Guruh-ta’lim oluvchi» ko‘rinishidagi uch tomonlama o‘zaro munosabatga o‘tishni nazarda tutadi. O‘quv guruhi, tarkibi bo‘yicha harakatchan kichik Guruhlarga bo‘linadi va ularning xar biri o‘zicha o‘quv materialini o‘zlashtiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, shu tufayli siz bilan ta’lim oluvchilar o‘rtasida ancha mustaxkam kontakt o‘rnatiladi, shaxsiy va bir vaktning o‘zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi.
Ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati tashkillashadi, bu esa, o‘quv-bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani, kommunikativlikni shakllantirishga kumaklashadi:
-vazifani birlikda bajarish jarayonida, ta’lim oluvchilarda, o‘rtoqlari tomonidan bildirilgan fikrlarni Muhokama qilishga motivasiya paydo bo‘ladi;
-ta’lim oluvchilar bir-biriga savollar beradilar, shuning uchun, ular savollarni aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni-argumentlashtirishni, tushunishga erishish uchun esa ular bir- birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak;
-Guruhlarda ishlash paytida, zarurati bo‘lganda, ta’lim oluvchilar yordam berishlarini so‘raydilar va boshqalarga yordam berishni o‘rganadilar.
Ta’limning ushbu shakli, to‘gri tashkil qilingan pedagogik rahbarlik va boshqaruv paytida, jamoatchilikning asosiy shartlarini amalga oshirishda, ya’ni umumiy maqsadni anglashda, vazifalarni maqsadli taqsimlashda, o‘zaro bog‘lik va nazoratda kumaklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |