Energetika fakulteti "Elektr energetikasi" kafedrasi


Download 0.79 Mb.
bet3/11
Sana24.08.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1669770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1Shuhratova sojida 3 ipi hisoboti

Pedagog mahorati.

Agarda pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qaralsa, u holda birinchi o‘ringa uning integral sifati-o‘qituvchining mahoratidan iborat bo‘ladi. Pedagogik mahoratga berilgan ta’riflar shuncha ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir tomonlari albatta ifodalanadi.


Mahorat-bu yuqori va doimo yuksalib boruvchi tarbiya va o‘qitish san’atidan iborat. Pedagog- o‘z ishining ustasi, o‘z fanini chuqur biluvchi, fan va san’atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psihologiyasini yaxshi tushunuvchi, o‘qitish va tarbiyalash metodikasini xar tomonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo‘lgan mutaxassis.
Pedagogik nazariyada o‘qituvchi mahoratini ikki xil tushunish mavjud. Birinchisi, pedagogik mehnatni tushunish bilan bog‘lik bo‘lsa, ikkinchisi tarbiyada pedagog shaxsi asosiy o‘rin tutadi.
Mahoratni egallash uchun ko‘p narsani bilish va qila bilish zarur. Tarbiya prinsiplari va qonunlarini hamda uning tashkil etuvchilarini bilishi zarur. O‘quv-tarbiyaviy jarayon va uning tashkil etuvchilarni samarador texnologiyalardan foydalanish uchun xar bir konkret holat uchun ularni to‘gri tanlab olishni, diagnostikalashni, oldindan bilishni va berilgan daraja va sifat jarayonini loyihalashni juda yaxshi bilishi zarur.
«Bizning pedagogikaviy ishda hamma narsani oxir oqibat mahorat hal etadi»,- deydi Azarov. Aniq irsiy xususiyat sohibi bo‘lgan talantli insongina haqiqiy usta-o‘qituvchi bo‘lishi mumkin, degan fikrlar mavjud. O‘qituvchi bo‘lib tug‘ilmok zarur. Deyarlik barcha insonlar (ba’zilaridan qat’i nazar) tabiat tomonidan tabiiy tarbiyachi sifatlarga ega bo‘lib tug‘iladi. Asosiy masala shundan iboratki, ularni pedagogik mahoratga o‘rgatish zarur.
Muallimlik san’ati, ayniksa, darslarda o‘qitishni bilishdan iborat. Tajribali pedagog tinglovchilarning dasturiy materialni dars paytida o‘zlashtirishlariga erishadi. Uning uchun uy ishi bilimlarni mustaxkamlash, chuqurlashtirish va kengaytirish usulidan iborat.
Mahoratning yana bir asosiy ko‘rsatgichi o‘quvchilarni faollashtirish, ularning qobiliyatlarini, mustakilligini va talabchanligini o‘stirishdan iborat. Pedagogik mahoratning keyingi tashkil etuvchisi-bu tarbiyaviy ishni o‘qitish jarayonida samarador o‘tkaza olishi, o‘quvchilarda yuqori ma’naviyat vatanparvarlik, mehnatsevarlik, mustakillikni shakllan-tirishdan iborat.
O‘qituvchining vazifasi-o‘quvchilarda o‘qitish jarayonida, musbat xis-tuyg‘ularni ishlab chikishga yo‘l topa bilish. Bular oddiy usullar bo‘lib: unga ish metodini o‘zlashtirish, xissiy holatni yaratish, o‘qituvchining faolligi, qizik misollar keltirish, kuchli ma’noli tanbexlar va shu kabilardir. Bu kabi usullar nafaqat vaqtinchali muvaffakkiyatni hosil qilmasdan ular o‘qituvchiga xurmatni oshiradi, fanga turgun va doimiy intilishni yo‘zaga keltiradi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling