Eng qadimgi asrlarda pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy qarashlar. Eng qadimgi asrlarda


Bo‘lajak o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida


Download 93.5 Kb.
bet5/7
Sana28.01.2023
Hajmi93.5 Kb.
#1136781
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
pedagogika 1-15 1-10

Bo‘lajak o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talablar haqida.

O’qituvchi o’z fanini mukammal egallab olgan bo’lishi hamda o’z kasbini va bolalarni sevishi kerak.O’qituvchi g’ayrat bilan dars berib,o’quvchilarning aqliy kuchini uyg’otishi,ularning irodasini mustahkamlashi lozim.O’qituvchi o’z ustida muttasil ishlashi shart.Shundagina u o’quvchilarni bilim egallashda matonatli bo’lishga o’rgatadi va ularni o’z yo’llarida uchraydigan qiyinchiliklarni yenga oladigan qilib tarbiyalaydi.O’qituvchi qattiqqo’l va talabchan bo’lishi bilan birga,adolatli bo’lishi ham kerak,shundagina u o’quvchilar orasida obro’ qozonishi mumkin. Distervegning fikricha, o’qitish chog’ida bolalarning tashabbuskorligini o’stirish, ularni bilimlar bilan qurollantirish o’qituvchi rahbarlik rolini o’ynaganidagina mumkin bo’ladigan ishdir. Komenskiy singari o’qitish ishida puxta ishlangan o’quv rejasi va yaxshi darslikning bo’lishiga katta ahamiyat beradi. YAxshi o’qituvchi — o’zining tarbiya prinsiplarini qat’iyat bilan og’ishmay o’tkazib boradi, bu prinsiplardan hech qaytmaydi. O’qituvchi muttasil o’z ustida ishlashi lozim. SHundagina u o’quvchilarni bilimlarni egallashda matonatli bo’lishga o’rgatadi va ularni o’z yo’llarida uchraydigan qiyinchiliklarni yenga oladigan qilib tarbiyalaydi.


7. O‘qituvchining shaxsiy xusuiyatlari va mutaxassislikka doir bilimlari
O‘qituvchi odobida adolatlilik fazilati pedagogik faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi odobida adolatlilik muallimning xolisligida, axloqiy tarbiyalanganlik darajasida, o‘quvchilar xulqini, jamoat ishlariga munosabatini, bilimini baholashda ko‘rinadi. Pedagog kasbi unga mansub bo‘lgan shaxsga shunday talab va vazifalarni qo‘yadiki   ular, birinchi navbatda, faoliyat ob‘ekti bo`lgan bola shaxsiga bo`lgan munosabatda  o`z aksini topishi lozim. Buyuk polyak pedagogini Yamush Karchak  buni ‗bolalarni sevmoq  kerak‘ deb e‘tirof etgan. Buning uchun esa pedagogning o`zi haqiqiy inson bo`lmog`i lozim. Haqiqiy inson esa, birinchi galda, insonparvar, ya‘ni kim bo`lishidan qat‘iy nazar uni sevmog`i, bola shaxsini esa insoniyatning kelajagi sifatida hurmat qilmog`i lozim. Muallim hamma vaqt o‘z-o‘zini, o‘z xatti harakatlarini o‘quvchilar va ota-onalar ko‘zi bilan nazorat qilib borishi darkor. Muallim bolaning ko‘z oldida kelajakning timsoli sifatida namoyon bo‘lmog‘i lozim.Chunki bugun undan saboq olayotgan o‘quvchilar o‘n besh - yigirma yildan so‘ng jamiyat hayotida, ijtimoiy mehnatda faol qatnashadi.



Download 93.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling