Eng qadimgi asrlarda pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy qarashlar. Eng qadimgi asrlarda
Pedagogik qobiliyat turlari haqida
Download 93.5 Kb.
|
pedagogika 1-15 1-10
Pedagogik qobiliyat turlari haqida
Pedagogika va psixologiya sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, bizningcha, o‘qituvchining pedagogik qobiliyatlarini quyidagicha klassifikatsiya qilish mumkin. Didaktikqobiliyat bu oson yo‘l bilan murakkab bilimlarni o‘quvchilarga tushuntira olishdir. Bunda o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, mavzu yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berishi, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg`ota olishi ko‘zda tutiladi. Akademik qobiliyat – barcha fanlar yuzasidan muayyan bilimlarga ega bo‘lishlik. Bunday qobiliyatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z fanini o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi yangiliklarni kuzatib boradi. Idrok qila olish qobiliyati. qisqa daqiqalarda o‘quvchilar holatini idrok qila olish fazilati, bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna olish bilan bog`liq bo‘lgan psixologik kuzatuvchanlikdir Nutqiy qobiliyat – ixcham, ma’noli, ohangdor, muayyan ritm, temp, chastotaga ega bo‘lgan nutq, shuningdek, o‘qituvchi nutqining jarangdorligi, uning pauza, mantiqiy urg`uga rioya qilishi, qobiliyatli o‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. Tashkilotchilik qobiliyati – sinf-guruh yoki jamoani uyushtirish va uni boshqarish iste’dodi. Obro‘ga ega bo‘lishlik qobiliyati - o‘zining shaxsiy xususiyati, bilimdonligi, aql-farosatliligi, mustahkam irodasi bilan obro‘ orttirish uquvchanligi. Kommunikativ qobiliyatlar – muomala va muloqot o‘rnata olish, bolalarga aralashish qobiliyati, o‘quvchilarga to‘g`ri yondashish yo‘lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi. Psixologik tashxis (diagnoz)ga doir qobiliyatlar – insonning kelajagini oqilona tasavvur qilishdan iborat Diqqatni taqsimlash qobiliyati – bir necha ob’ektlarga bir davrning o‘zida o‘z munosabatini bildirish. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling