Eng qadimgi asrlarda pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy qarashlar. Eng qadimgi asrlarda
Download 93.5 Kb.
|
pedagogika 1-15 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Feodal tuzum
- Pedagogik mahorat haqida tushuncha.
Eng qadimgi asrlarda pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy qarashlar. Eng qadimgi asrlarda odamlarning guruh-guruh bo’lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o’tkazish yo’lidagi faoliyat (o’simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o’rgatish guruh a’zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o’yin jarayonlarida o’zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo’lganligi bois o’g’il va qiz bolalarni tarbiyalashda o’ziga xos jihatlar ko’zga tashlangan. Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo’lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o’zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo’lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo’lga qo’yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o’rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang’ich asoslar qo’yildi. Feodal tuzumda pedagogik g’oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g’oyalar yetakchi o’rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G’arbda cherkov, SHarqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o’qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Pedagogik mahorat haqida tushuncha. Jiozirgi zamon pedagogikasi va psixologivasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya"da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O 'z kasbining mohir ustasi bo'lgan, yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, .tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan muta xassis”. Ushbu ta’rifhing mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin: 1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi. 2. O 'z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi. 3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi. 4. O'quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi. ^Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o ‘zaro bir-biri bilan bog'liq bo‘lgan asosiy komponentlardan iborat: 1. Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi. 2. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. 3. Pedagogik qobiliyatga ega bo'lish. 4. Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash] Pedagogik mahorat o'qituvchilar va tarbiyachilarga pedagogik ijodkorlik, pedagogik texnika, ta’lim - tarbiya jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi, muloqot olib borish taktikasi, nutq madaniyati, tafakkuri, tarbiyachining ma’naviy - m a’rifiy va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, bu jarayonda xulq-atvomi va hissiyotni jilovlay olish xususiyatlarini o'rgatadi va o'z kasbini rivoj lantirib boruvchi pedagogik faoliyatlar tizimi to'g'risida m a’lumotlar beradi. Pedagogik mahorat o'qituvchilarning pedagogik faoliyati zamirida takomillashib boradi Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling