Eng qadimgi asrlarda pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy qarashlar. Eng qadimgi asrlarda
O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish haqida tushuncha
Download 93.5 Kb.
|
pedagogika 1-15 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyatni tashkil etish prinsipi
O‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish haqida tushuncha
Mehnatni ilmiy tashkil etish - bu faoliyatni ichki va tashqi tomondan tartibga keltirish va yo‘naltirish demakdir. U o‘z navbatida quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi: -vaqtdan unumli foydalanish va uni maqsadli tejash; -mehnat va dam olishni unumli tashkil etish va foydalanish; -mehnat jarayonida ishtirokchilarning sog‘ligi va kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilish; Shuningdek mehnatni ilmiy tashkil etish prinsiplarga egaki, ularni quyidagicha guruhlashtirish mumkin: Faoliyatni tashkil etish prinsipi: -faoliyat maqsadi va vazifalarini aniqlash, belgilash; -faoliyatning maqsadga muvofiq shakl va usullarini tanlash; -rejalashtirish; -normalash(me’yorlash). Uyushtirish o‘lchovlari prinsipi: -hisob- kitob; -nazorat; -istiqbolni ko‘zlash; Umum tashkiliy belgilash prinsipi: -natija; -umumlashtirish -rag‘batlantirish; Mehnatni ilmiy tashkil etishning mazkur qonuniyat va prinsiplari o‘z navbatida pedagogik faoliyatga ham ta’luqlidir. Pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etish fan va texnika taraqqiyotining obyektiv ehtiyojlari bilan bog‘liqdir. Chunki, pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ijtimoiy voqelik bilan hamnafas bo‘lib, har bir yangilik, o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishib borishlari, amaliyotga ularni tadbiq etib boradilar. Pedagogik mehnat o‘z navbatida ikki tomonlama, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari mehnatning bu turi aniq vaqt birligi bilan chegaralanmaydi ham. Demak, o‘qituvchi faqatgina dars davomidagina mehnat qilib qolmasdan, balki darsdan tashqari vaqtlarda, dam olish daqiqalarida faoliyatini davom ettiradilar. Hozirgi zamon maktablarida o‘qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish o‘ta muhimdir. Chunki, undan ko‘zlanadigan maqsad maktablardagi o‘quv – tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishdan iborat. U o‘z navbatida quyidagi omillarga egadir: -o‘qituvchining ijodkorligi, taraqqiyot darajasi -pedagogik mahoratni takomillashtiri; -o‘z stida ishlash va malakasini oshirish; -maktabning moddiy – texnik ta’minoti; -pedagogik mehnatni rag‘batlantirilishi; -mehnatni va dam olishni to‘g‘ri uyushtirish (rejalashtirish, tartiblash). Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling