Eng qadimgi asrlarda pedagogik faoliyat borasidagi ijtimoiy qarashlar. Eng qadimgi asrlarda
Pedagogik mahorat fanining predmet, maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Download 93.5 Kb.
|
pedagogika 1-15 1-10
Pedagogik mahorat fanining predmet, maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Zamonaviy, ilg’or o’qituvchilarning ta’lim-tarbiya sohasida erishgan umumpedagogik tajribalari - qobiliyat va mahoratlari “Pedagogik mahorat” kursining predmeti hisoblanadi. Mazkur qobiliyat, mahoratning mazmun - mohiyati, tarkibini sistema sifatida o’rganishda, oliy o’quv yurtlarida kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirishda “Pedagogik mahorat” kursini o’rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. . “Pedagogik mahorat” kursi o’qituvchilar, jumladan, bo’lajak o’qituvchilarni ta’lim-tarbiyaviy ishlarga ilmiy metodik va amaliy jihatdan tayyorlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Uning asosiy vazifalari: bo’lajak tarbiyachi, o’qituvchida pedagogik ijodkorlik, topqirlik, pedagogik muloqot, o’qituvchi nutqi, o’quvchiga har tomonlama ijobiy ta’sir etish usullari, pedagogik texnika hamda tarbiyachining tarbiyachilik mahoratini shakllantirishdan iboratdir.Amaliy-seminar darslarida esa, o’qituvchi nutqi va fikrlash madaniyati, pedagogik ta’sirning rang-barang usullari, tarbiyachi o’qituvchining tashkilotchilik mahorati kabi masalalar o’rganiladi. Amaliy darslarda diqqat va xayolni to’plash mashqlari bajariladi. Labaratoriya va mustaqil ishlarga ajratilgan soatlarda pedagogik vaziyatlar hosil qilinib, talabalar hamkorligida yechiladi Pedagogik mahorat bu – fahm-farosat va chinakkam ilmiy bilimlarning, tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo’lgan obro’li rahbarlikning, o’quvchilar qalbining qandayligini his qilish mahorati (empatiya), ichki dunyosi, nozik va zaif bo’lgan bola shaxsiga mohirona, avaylab yondashish, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziyaga boy bo’lgan qobiliyat majmuasidir. Pedagogik mahorat quyidagi tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi: O’qituvchi faoliyatida insonparvarlikning ustunligi. 2. Pedagogik iste’dod, qobiliyat. 3. Pedagogik texnika (san’at). 4.O’qituvchining shaxsiy intilishi. Download 93.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling