“erasmus+ халқаро кредит мобиллик: таълим ва илмий


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/67
Sana17.07.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1660800
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67
Bog'liq
ICM publication 2018 2

 
 
 
ERASMUS+ LOYIHASI – TALABALAR BILIMINI OSHIRISH VA 
DUNYOQARASHINI KENGAYTIRISHNING ENG SAMARALI VOSITASI 
 
Baxriddinova Munavvar Farxod qizi 
Samarqand veterinariya meditsina instituti 
Germaniya, Giessen shahri Justus-Liebig unuversiteti, Erasmus+ 
1.03.2018-31.07.2018, 5 oy 
Iqtisodiyot 
Tel: +998933321604, e-mail: baxriddinova.munavvar1604@gmail.com 
 
Annotatsiya: Mobillik davridagi yutuqlar haqida qisqacha xulosa, uning talabalar 
hayotidagi samarasi to‘g’risida fikr va mulohazalar. Erishilgan bilim va 
ko‘nikmalarning kelajakdagi ilmiy izlanishlarga ta’siri haqida shaxsiy yondashuvlar. 
Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda oliy ta’lim 
muassasalaridagi ta’lim sifatini oshirish, malakali kadrlar yetishib chiqarish ham asosiy 
maqsadlardan biriga aylanib bo‘lgan. 
Shu qatorda, Samarqand veterinariya meditsina institutida ham qator loyihalar 
amalga oshirilib kelayotgan bo‘lib, ular orasida talabalarni xorijiy mamlakatlarda 
almashinuv sifatida talaba tahsil olishini ta’minlash hamda xorijiy universitetlarda tajriba 
almashish, yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, mavоud imkoniyatlardan to‘la 
foydalanishga erishishni o‘rgatish uchun Erasmus+ dasturi asosida ko‘plab bilimli
talabalar qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. 
Shu jumladan, joriy yilning mart-iyul oylarida Germaniyaning Justus-Leibig 
universitetida tahsil olib qaytgan ekanman, ko‘plab bilim va ko‘nikmalarga, tajriba 
hamda imkoniyatlarga ega bo‘la oldim deyishim mumkin. Misol qilib aytadigan bo‘lsam, 
tanlagan fanlarimning malakali professorlar tomonidan o‘qitilishi, dars jarayoni 
davomida aynan mahalliy talabalar bilan birga bo‘lish, har bir mavzuni turli hil usullar 
bilan tushuntirgan holda talabaning bilimini tekshirilib borilishi ham maqsadga muvofiq 
bo‘ldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, mahalliy professorlar tomonidan almashinuvchi 
talaba hamda mahalliy talabalarni do‘stlashtirish uchun dars jarayonining o‘zida turli 
davlatlardan bo‘lgan talabalarning birgalikda ishlashi, fikr almashini, moslashishi uchun 
ham kichik guruhlarga ajratib ishlashi barcha uchun ijobiy ta’sir qildi. Bu jarayonda turli 
xil dunyoqarashlarning birlashishi bilan bir qatorda, o‘z mulohazalarini yoritish uchun 
sog‘lom raqobat vujudga kelganining guvohi bo‘ldim. 
Albatta, Markaziy Osiyo hamda Yevropa Ittifoqi universitetlari ta’lim tizimi 
orasida, madaniyati orasida sezilarli tafovutlar mavjud. Masalan, respublikamizdagi oliy 


57 
ta’lim muassasalarida har bir talaba oldindan belgilangan dastur asosida o‘qitiladi ya’ni 
talabaning o‘quv jarayonida fanlarni tanlashi cheklangandir. Justus-Leibeg universitetida 
esa biz doimiy talaba emasligimizga qaramay barcha fanlarimizni o‘z ixtiyorimizga ko‘ra 
tanlashimiz bilan bir qatorda, mutaxassisligimiz bo‘lmagan boshqa fakultetlardan ham 
bizga qiziqish uyg‘otgan fanlarni tanlashimizga ham imkoniyat berildi. Nafaqat fanlar, 
balki sport bilan shug‘ullanish uchun ham sharoitlar yaratilgan edi. 
Shuni qayd etib o‘tishim kerakki, mobillik davrida har bir talabaning o‘z
mutaxassisligi bo‘yicha tanlagan va mutahassislikdan tashqari tanlagan fanlari ham 
kelajakda o‘z ilmiy izlanishlari hamda kasbiy mahoratini oshirishga katta hissa qo‘shadi. 
Dunyoning turli chekkalaridan o‘ziga orttirgan do‘stlari kelajakda ular uchun muhim 
hamkor, tajriba almashuvchi do‘st bo‘lib qoladi. Turli xil innovatsiyalarning 
mamlakatlararo tarqalishiga turtki bo‘ladi deb aytishimiz mumkin. Almashinuvchi talaba 
bo‘lib ta’lim olishning aynan bakalavrlik davridanoq boshlanishi ham ushbu jarayonni 
tezlashtirishning hamda muhim ko‘nikmalarni olishining muhim davri hisoblanadi. 
Negaki, unda talaba ta’lim jarayoning ilk davridanoq o‘z maqsadlarini yanada to‘g‘ri 
yo‘naltirgan holda bilim olishni boshlaydi. Shunday ekan, men bir semestr davomida 
o‘tagan mobillik davrimni o‘qish jarayonimdagi eng mas’uliyatli, samarali, tajriba va 
izlanishlarga boy davr bo‘ldi deb hisoblayman.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling