Ergashev Do’smamat


Download 226 Kb.
bet11/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

Uyga vazifa: Rangli tabiat manzarasini ishlab kelish va suratlar yig’ish, ularni tahlilini o’rganib kelish..
12-DARS: “SHARQONA SHAHAR” IJODIY ISH
Darsning maqsadi:
a) Sharq me’morchiligiga oid bo’lgan ma’lumotlar bilan tanishish, turli rangda me’morchilikga oid kompozisiya ishlash, rang, badiiy bezak, tabiat uyg’unligini hosil qilish.
b) O’quvchilarni vatanparvarlik, milliy boyliklarimizga bo’lgan ijobiy munosabatini tarbiyalash.
v) Tasviriy san’atga oid bilimlarini, sharq me’morchiligiga nisbatan qiziqishini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: Rassom Rashid Temurovning “Bibixonim hovlisida bahor”, Asliddin Isayevning “Buyuk ipak yo’li” asarlarining reproduksiyasi, o’quvchilar chizgan suratlaridan namunalar, foto suratlar va boshqalar.
b) O’quvchilar uchun: Rasm daftar, qalamlar, akvarel yoki guash buyoq, qil qalam, toza suv, latta va b.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 2 – 3 daqiqa.
O’tilgan darsni so’rab baholash. 7 – 10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 8 – 15 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlashlari. 15 – 25 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni mustahkamlash. 3 – 4 daqiqa.
Darsning borishi: Darsning tashkiliy qismi tugagandan sung, uy vazifalarni baholab bo’lgach qo’yidagicha darsni davom ettiriladi.
Biz bilamizki har bir xalqning o’z milliy uylari, shaharlari bor. Xuddi o’z geraldikasi kabi sharq xalqlarining shaharlari ham boshqalardan o’zining tuzilishi, qurilishi bilan farq qiladi. O’rta Osiyo xalqlari shaharlari ochiq ranglarda, issiq ko’rinishli, mahobatli qilib qo’rilgan gumbazli, minorali imoratlardan iboratdir. Mana bu suratlarni ko’ring “Samarqand” seriyasidagi asarlar, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz shaharlaridagi imoratlarning ko’rinishlari Xitoy, Yaponiya, Koriya, Hindiston me’moriy binolari ko’rinishlaridan tubdan farq qiladi. Lekin, shularning hammasi sharqona shahardir. Me’morchilik ham tasviriy san’atning alohida turi bo’lib rassomlar ijodida katta rol o’ynaydi. Manzarachi rassomlar shaharlarni tabiatga qo’shib kelajak avlod tarixdan xabardor bo’ladilar. Bular millatning davomiyligini ham taminlaydi. Rassom Rashid Temurovning “Bibixonim havlisida bahor”, “Samarqand”, “Registon ansambili” kabi asarlari xuddi shunday vatanparvarlik bilan yaratilgandir.
Asliddin Isayevning “Buyuk ipak yo’li” asari katta devoriy surat bo’lib u ham sharq xalqlari tarijidan olib yaratilgan. Unda o’tmish xalqlarimizning xayot tarzi aks ettirilgan. Sizga ham “Sharqona shahar” mavzusida surat ishlash topshirilmoqda. Bunda siz o’zingiz yana qanday sharqona shaharni tasovvur etasiz kompozisiya yaratasiz.
Mana bu siz ko’rib turgan suratlar sizga uxshagan o’quvchilarning chizgan shu mavzudagi suratlari. Siz ham shular kabi yangi sharqona shaharlarni ijod qilishingiz kerak bo’ladi. Buning uchun avvalo qog’oz varag’iga tula joylashtirib olishni bajarish lozim.
Qog’ozning hyech qayeri ochiq, buyoqsiz qoldirilmaydi. Qog’ozda ufq chizig’i, oldindagi narsalarning o’z o’rnida berilishi, shahar mehmonlari, zamonoviy texnika va qurilishlar bilan uyg’unlashib borishi ham mumkin. Daraxtlar, uylar, kuchadagi gullarning ham barchasi.
Suratni men turt bosqichda ishlab kursataman, lekin bularning hammasi bir joyda qilib siz uzingiz kompozisiya yaratasiz. Mana bu suratda sizga kursatish uchun turt bosqichli kurgazma qilingan. Qarang! Birinchi bosqich – faqatgina formatga joylashtirish, har bir katta detallarning o’z o’rnini topib quyish bilan tugaydi.
Ikkinchi bosqichda- barcha chizilishi lozim bo’lgan narsalarni aniq qilib ranglashga tayyorlanadi. Bunda uzoqdagi tog’lar, daraxtlar, imoratlar, odamlar, gullar va boshqalarning yorug’-soya joylari ham aniqlanadi.
Uchunchi bosqich – kompozisiyani ranglashga o’tamiz ya’ni, eng birinchi umumiy buyoqlarni berib olamiz. Bunda osmon, tog’lar, yer, imoratlar, daraxtlar va narsalar ketma-ketligida ranglanadi. Unutmangki ranglar yuqoridan pastga katta yuzalarni ranglashdan boshlanadi. Bunda ham bizga yaqin turgan joylar rangi tuqroq, o’zoqlashgan sayin och tusli bo’lib boradi. Shuni rang perspektivasi deb ataymiz.
Turtinchi bosqich – har bir detalning aniqlashtirilishiga e’tibor qaratamiz. Ranglar jilosi, tabiat bilan uyg’unlashib boradi. Vaqtning aniqligi soya, yorug’ bilan, osmonning rangi, daraxtlarning rangi va xakozalar aniq ishlanishi bilan surat go’zal ko’rinishni ola boshlaydi. Buyoqni kirlashtirib yubormaslik uchun suvni tez-tez almashtirib turish ham kerak. Politrani doimo esdan chiqarmang, chunki rang topishda u katta yordam beradi.
Beshinchi bosqich – suratning eng mayda, soya, oldinda ko’rinib turgan detallarini aniqlashtiramiz, gullar, toshlar, ut-ulanlar, yaqindagi daraxt shohlari, binolarning naqshlari, osmonda uchib yurgan qushlar, odamlar va xakozalar ranglanadi.
Buyoqlarda ranglab tugatgach o’quvchilarning ishi quritilib hammaga ko’rinarli qilib doskaga qo’yiladi va tahlil qilinadi. Yutuqlar va kamchiliklar to’g’risida o’quvchilar bilan suhbat olib boriladi.
Uyga vazifa qilib qo’shimcha shu kabi suratlar ishlash va rasmlardan yig’ib kelish topshiriladi.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling