Ergashev Do’smamat


-DARS: RANGTASVIR XUSUSIYATLARI (KARTINANI BADIIY IDROK ETISH)


Download 226 Kb.
bet8/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

9-DARS: RANGTASVIR XUSUSIYATLARI (KARTINANI BADIIY IDROK ETISH)
Darsning turi: San’atni idrok etish.
Darsning maqsadi:
a) Rangtasvir haqida tushunchalar. Rangtasvirda kartinalar, asarlar yaratilishi. Ranglar va ularning xossalari. ba’zilarini idrok ettirish, tushunchalarini xosil qilish;
b) O’quvchilarning qalbiga nafosat, ekologik, ahloqiy va mehnat tarbiyasini singdirish;
v) Tasviriy san’at asarlarini o’rganish, tushunish, o’qishga oid bilimlarini rivojlantirish.
Darsning jihozlanishi:
a) O’qituvchi uchun. O’rol Tansiqboyev, Javlon Umarbekov, Bahodir Jalolov, Van Gog, Rakuyel Kent, Sarayan asarlaridan namunalar.
b) O’quvchilar uchun. Yozuv daftari, ruchka, qalam, rangli suratlardan namunalar.
Darsning borishi. Yangi mavzu: rangtasvir xususiyatlari.
Rangtasvir asarlarini yaratishda bilasizlarki rassomlar turli ranglarni ishlatadilar va ularning sifatli bo’lishligi yaxshi deb hisoblanadi. Ranglar o’z tarkibiga ko’ra uch xil ya’ni, qizil, sariq, ko’kga bo’linadi. Qolgan ranglar qo’shimcha ranglar deyiladi. Bular yana issiq va sovuq ranglarga ham bo’linadi. Quyosh haroratini eslatuvchi ranglar issiq ranglar deb ataladi. Sovuq va qor, muzlarni eslatuvchi ranglar sovuq ranglar deb ataladi. Bundan tashqari spektir – kamalak ranglar ham bor. Bunga yetti xil ranglar kiradi. Shuningdek, xramatik va axramatik ranglarga ham bo’linadi. Mana shu kabi ranglar aralashmasidan nozik va chiroyli ko’rinishlar, rassom asarlari paydo bo’ladi. Issiq kolorit ko’proq berilsa u isiydi, sovuq koloritli bo’lsa u soviq ko’rinishli bo’ladi. Umuman ranglar o’yini bilan asarlar yaratiladi. Hatto uy jihozlari, dizayn ko’rinishlari hammasi ranglar orqali ko’rinishli bo’ladi.
Buyoqlar turli tuman mana shu akvarel, guash, moy buyoq, tempera kabilar bo’lib, ularning ishlanish xususiyati ham turlichadir. Biz maktabda asosan suv buyoqdan biri akvareldan foydalanamiz. Chunki, bu tez suvda eriydi va quriydi hamda toza ko’rinadi.
O’rol Tansiqboyevning “Tog’ oqshomi” asari tahlilini ko’rib chiqamiz. Asar sovuq ranglarda, oqshom ko’rinishi tasvirlangan, kechki payt, chiroqlar yoqilgan. Uzoq qishloq, tog’ oqshomi ko’rinib to’ribdi. Asar koloriti ko’k, jigarrang, qoramtir yashil buyoqlar asosida tasvirlangan. O’zbekiston manzarasining oqshomlarda ham qanchalik go’zal ko’rinishi rassom tomonidan juda o’stalik bilan aks ettirilgan. Hali xayot qaynoq holda ekanligi shunday ko’rinib to’ribdi. O’zoq orqa planida osmon o’par tog’ qorong’uliqqa chumayotgan qishloqni o’rab to’rgani juda ishonarli tasvirlangan.
O’quvchilarga savollar berish mumkin ya’ni, qo’yidagicha:
“Tog’ oqshomi” asari qaysi rassom tomonidan ishlangan?
Asarning mazmuni qanday?
Rassom qanday ranglardan ko’proq foydalangan?
Oldingi planda nimalarni ko’rib turibsiz?
O’rta planda nimalar bor?
Orqadagi tog’larning ko’rinishi qanday?
Asar sizga yoqadimi, nima uchun? Va hokaozo bo’lishi mumkin.
Bu savollarga o’quvchilar javob topadilar va ular rag’batlantiriladi. Shunga o’xshagan oldingi o’quv yillarida chizgan o’quvchilarning ishlaridan namunalar ko’rsatiladi.
Uyga vazifa qilib turli rassomlarning asarlaridan to’plash, mazmunini o’rganishga harakat qilish, chizib kurish topshiriladi.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling