Ergashev Do’smamat


– DARS: RANGTASVIR VA GRAFIKADA MANZARA


Download 226 Kb.
bet9/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

10 – DARS: RANGTASVIR VA GRAFIKADA MANZARA
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarni rangtasvir va grafikada chizilgan manzara janridagi asarlar hamda manzarachi rassomlarning hayoti va ijodi bilan tanishtirish, shu mavzuga oid turli rasmlarni ishlab ko’rish..
b) O’quvchilarni vatanga muhabbat, estetik, ahloqiy, ekologik ruhda tarbiyalash.
v) o’quvchilarning manzara janridagi bilimlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun. Rangtasvir va grafikada chizilgan manzara asarlaridan namunalar. M: O’zbekiston xalq rassomi O’rol Tansiqboyevning «Jonajon o’lka», «O’zbekistonda mart», rassom N.Kashinaning «Tog’da bahor» asarlaridan foydalanish.
b) O’quvchilar uchun. Rasm daftar, akvarel buyoq, suvga idish, toza latta, qil qalam va boshqalar.


Darsning bosqichi:
Tashkiliy qism. 2 – 3 daqiqa.
O’quvchilar bilan salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Darsni uslubi: Suhbat, munozara, aralash dars.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: 7 – 10 daqiqa.
O’quvchilar ishlagan rasmlarni ko’rib-kuzatish, xato va kamchiliklarini tushuntirib o’quvchilarni vaholash.
Darsning borishi:
Tasviriy san’at turlarining biri rangtasvir, biri esa grafika hisoblanadi. Tasviriy san’at asarlarida borliqdagi narsa va xodisalar, ijodkorlarning maqsadi va istaklari, xis-tuyg’lari aks etadi.
O’quvchilarga O’zbekiston xalq rassomi O’rol Tansiqboyevning «Jonajon o’lka», N.Kashinaning «Tog’da bahor», N. Karaxanning «Oltin kuz» asarlari yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
O’qituvchi: - Aytingchi rassom N. Karaxanning «Oltin kuz» asarida qanday joy tasvirlangan?
O’quvchi: - Tog’ manzarasini ko’rib turibmiz.
O’qituvchi: - Suratda qaysi fasl tasvirlangan?
O’quvchi: - Kuz fasli tasvirlangan.
O’qituvchi: - Kuz fasli ekanligini qanday bildingiz?
O’quvchi: - Daraxtlarning barglari sarg’ayganidan, osmonning g’uborli ko’rinishidan bilamiz.
O’qituvchi: - Nega kuzda barglar sarg’ayar ekan?
O’quvchi: - Kunlar soviydi, usimliklar qish fasliga tayyorgarlik ko’radilar.
O’qituvchi: - Bizga yaqin turgan usimliklar, narsalar nimalar?
O’quvchi: - O’t-ulanlar, sarg’aygan daraxtlar, toshlar.
O’qituvchi: - Oldinda nechta daraxt bor?
O’quvchi: - Oldinda 3 ta daraxt bor.
O’qituvchi - Qishda ham yam-yashil turadigan daraxt bormi?
O’quvchi: - Ha, archa doimo yashil bo’lib turadi..
O’quvchilar manzara janrida rasmlar ishlaydilar. 15 – 20 daqiqa.
Savol-javoblardan so’ng o’quvchilarga manzara chizish mavzusida rasm ishlash topshiriladi va o’quvchilar ishlagan rasmlari taxlil qilinadi. O’quvchilar chizayotgan manzarani kuzatab boriladi. Rasmni chizishda qiynalayotganlar bilan o’qituvchi individual shug’ullaniladi.
O’quvchilar rasmidan namunalar.
Darsni mustahkamlash. 5 – 7 daqiqa. O’quvchilarning ishlari taxlil qilinadi va baholanadi. O’quvchilar ishlagan rasmlarni savol-javob orqali mustahkamlab borilsa yanada dars samarali bo’ladi.
O’quvchilarning o’zlari chizgan rasm uchun quyidagicha savol berish mumkin.
Bu rasmda qanday manzara tasvirlangan?
manzarasi ekanligi nimada seziladi?
Ko’proq qanday ranglardan foydalangansiz?
Nima uchun barglar daraxtlardan tushib ketadi? Va xakoza.
Savollarga berilgan javoblarni o’qituvchining o’zi kengaytirib aytib beradi va barcha mavzuga aloqador bo’lgan fikrlarni umumlashtiriladi va baholar kundaliklarga quyiladi.
Uyga vazifa: Darsdagi mavzuga oid suratlardan yig’ish va ularning mazmunini o’rganishga harakat qilish, suratlar ishlab mashq qilish.



Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling