Ergashev Do’smamat


Download 226 Kb.
bet17/34
Sana09.03.2023
Hajmi226 Kb.
#1256295
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
Dars ishlanma tas san

v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning natyurmort janriga oid bilimlarini, go’zallikni ko’ra olishi qobiliyatlarini rivojlantirish.
Darsning jihozi:
a) O’qituvchi uchun: O’zbekiston xalq rassomlari Yu.Yelizarov «So’zanali natyurmort», L.Salimjonova «Gullar», «Qora kofe», N.Kashina, Z.Kavalevskaya, M.To’xtayevlarning asarlari reproduksiyasi, o’qituvchining o’zi tayyorlagan, o’quvchilarning ishlaridan kurgazmali suratlar, foto rasmlar, slayd va b.
b) O’quvchilar uchun: rasm daftar, qalam, akvarel, suv, qil qalam, toza latta va b.
Darsning rejasi:
Tashkiliy qism. 2-3 daqiqa.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. 7-10 daqiqa.
Yangi mavzuning bayoni. 10-13 daqiqa.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. 15-20 daqiqa.
Uyga vazifa va darsni yakunlash. 2-3 daqiqa.
Darsning borishi: Darsning tashkiliy qismida o’quvchilarning darsga tayyorgarligi, yo’qlama qilish, va sinf xonasining toza-ozodaligi, navbatchilardan o’tilgan mavzuni so’rab belgilanadi.
O’tilgan mazuni baholash va mustaxkamlash. Natyurmort tug’risida o’quvchilarning bilimi qanchalik ekanligini sinab ko’riladi. Uyda bajarib kelgan rasmlari va yig’ilgan suratlari o’rganiladi. O’zlarining tahlillaridan foydalanib darsni jonlantirib yuboriladi. Har bir o’quvchi natyurmort ishlashni o’rganib olishi kerakliga aytiladi. O’quvchilarga turli ko’rsatmali materiallarni eslatib o’tiladi va baholanadi.
Yangi mavzuning bayoni. Milliy idish-tovoqlardan tuzilgan mavzuli natyurmort. (ikki – uchta buyum) ni rangtasvirda ishlash. Mavzusini doskaga yozib quyiladi.
Natyurmort janrida ko’plab rassomlar ijod qilganligini qayta eslatib o’tiladi. Asosan natyurmort jonsiz narsalarning guruppaviy tasviri ekanligini hamma biladi. Lekin har bir xalqning milliy urf-odatlari, milliy buyumlari, kiyimlari, odatlari bor bo’lganidek milliy idish – tavoqlari ham mavjud.. Chinni buyumlar, sopol idishlar, yog’och qoshiqlar bo’lgan va xali ham baezi joylarda undan foydalanamiz. Bularning ta’siri ham turlicha, chunki issiq ovqatlarni solib istimol qilinganda yog’och idishlarning shifobahshligi bor. Ular to’g’risida ota-bobolaringizdan so’rasangiz aytib beradi. Shunday asarlarnin rassomlardan Yusuf Yelizarov, Laylo Salimjonova, Zinaida Kavalevskaya, Nadejda Kashina, Maxmud To’xtayev va boshqalar ham bu janrda ijod qilganlar. Shunday rassomlardan birining asarlaridan birini tahlili bo’lsa yanada yaxshi bo’ladi.
Shularning natyurmortlariga uxshagan idish – tovoqlarning rasmini chizishimiz lozim yoki boshqa bo’lishi ham mumkin. Rasm chizganda ham uning o’ziga qarab ishlashimiz lozim. Uchta buyumdan tashkil topgan idish – tovoqlarni chizimiz. Ularning kompozision joylashishi, bosqichlari, mazmuni to’g’risida doskada chizib va ko’rsatmali qo’rollarni tariflab o’qituvchi gapirib, tushuntirib beradi.
Birinchi bosqichda naturaning qog’oz varag’ida joylashishi va o’q chiziqlarning olinishi ko’rsatiladi.
Ikkinchi bosg’qichda narsaning tuzilishi, geometrik xolatlari tushuntirilib uning qanday shakllardan iborat ekanligi ko’rsatiladi. Chizish tartibi ko’rgazmadan va naturani o’zini solishtirib o’rgatiladi. Bunda o’fq chizig’i, narsalar tekisligi, surat tekisligi, perspektivasi, sof va yorug’liklar ham aytiladi.
Uchunchi bosqich ko’rinishida narsalarning ranglanishiga oid ma’lumotlar beriladi. O’qituvchining o’zi ham ranglarni aralashtirib ko’rsmatganda uning ta’siri kuchli bo’ladi. Shuningdek narsalarning rangidagi farqlarni, fonni, katta – katta joylarni olidin ranglab olish kerakligi o’rgatiladi.
Turtinchi bosqich chizmada ranglarning kurinishlari asl xolatiga uxshashi kerakligani uning rangi, soya va yorug’lik qismlari, blik, tushuvchi soya, shaxsiy soyalar haqida ma’lumotlar beriladi. Reflekisni ajrata olish haqida ham aytib o’tish lozim.

Beshinchi yakuniy bosg’qichda natyurmortni to’liq bajarib bo’lish kerak. Bunda ranglarning naturaga mos bo’lganligi, joylashuv o’rni, ranglarning tuslari bir-biriga mosligi ifoda etilishi lozim. Bunda narsalarning materiallagi, og’irligi, xavollili ko’rsatiladi. Bolalarga aytish lozimki bironta ham o’quvchi tayyor rasm ko’rgazmasidan ko’chirib ishlamasligi kerak. Faqat narsalarning o’ziga qarab ishlashlari lozim. Mayli bir oz xato bilan bajarilsin ammo ko’p narsani o’rganish uchun o’ziga qarab natura ishlanadi.


Mustaqil ishlarni boshlashdan oldin ko’rsatmali qo’rollarni olib qo’yiladi, doskada chizib ko’rsatilganlari ham yopiladi yoki o’chirib tashlanadi.
O’quvchilarning mustaqil ishlari. O’quvchilar mustaqil ish davomida o’qituvchining tushuntirgani bo’yicha chizishni boshlaydi. O’qituvchi 5 daqiqacha ularning o’zlarini mustaqil quyib ishlarini bajarib oladi. Jurnal to’ldiradi, rasmlar ajratadi va x.
O’quvchilarning daftar varaqlarida chizmalar paydo bo’la boshlagandan keyin ularni ko’rib chiqiladi. Kimning yutug’i bo’lsa rag’batlantirib boradi. Hatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa to’g’rilash yo’llarini o’rgatadi. Shuning bilan birga agar ko’pchilik xato qilayotgan bo’lishsa qaytadan doskada hammani unga qaratib tushuntirib beradi. Shundan keyin hammaga yana ishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Download 226 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling