Ergashev Do’smamat
– 16 - DARS: YANGI YIL MAVZUSIDA DEVORIY GAZETA ESKIZINI ISHLASH
Download 226 Kb.
|
Dars ishlanma tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriq
- O’tilgan dars mavzusini so’rab baholash
- Darsning borishi.
- Uyga vazifa
15 – 16 - DARS: YANGI YIL MAVZUSIDA DEVORIY GAZETA ESKIZINI ISHLASH
Darsning maqsadi: a) Ta’limiy maqsadi: O’quvchilarning ko’zatuvchanligini, diqqatini, obrazli xotirasini o’stirish, qalam va buyoqlarda ishlash gazeta eskizini ishlashga o’rgatish. a) Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilar yangi yilga atab gazeta tayyorlashni o’rganib, uni estetik idrok etish, ahloqiy tushunchalarini boyitish, tasviriy san’atga bo’lgan munosabatini tarbiyalash; v) Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning ijodiy qobiliyati va fantaziyasini rivojlantirish. Darsning jihozlanishi: a) O’qituvchi uchun: devoriy gazeta eskizi, bolalarning ishlaridan namunalar, vatman qog’ozi va fotolar. b) O’quvchilar uchun: Rasm daftar, qalam, akvarel buyoqlar, qil qalam, suv idish, poletra, qaychi, kley va boshqalar. Darsning rejasi: 1.Tashkiliy qism; 2 – 3 daqiqa. 2.O’tilgan dars mavzusini so’rab baholash; 7 – 10 daqiqa. 3.Darsning borishi 25 – 30 daqiqa. 4.Uyga vazifa va darsni mustahkamlash. 3 – 5 daqiqa. Topshiriq: Yangi yilga atab turli ko’rinishlarda devoriy gazeta eskizi chizishni o’rganish. Dekorativ bezak san’ati yuzasidan ma’lum bilimlarni o’zlashtirish. Tashkiliy qism: Hammaning diqqatini tasviriy san’at darsiga qaratiladi va jimlik saqlanadi. Bolalarning sinf xonasida darsga tayyorgarligi ko’rib chiqiladi. Navbatchidan yo’qlama olinadi hamda uy ishlarini hamma partalar ustiga qo’yishi aytiladi. O’tilgan dars mavzusini so’rab baholash: O’quvchilarning ishlarini ko’rib chiqib yaxshi, o’rtacha va yomon bajarilgan bolalar rasmidan terib olinadi yoki hammaning ishini olib doskada tahlil qilib baholanadi. Hayvonlar rasmini chizish mashqini kim yaxshi bajargan bo’lsa rag’batlantiriladi. Savol – javoblar qilish ham mumkin. Darsning borishi. Biz foydalansak bo’ladigan va yozuvlar o’rnini qalam bilan eskizda chizib quya qolinadigan suratlar dekorativ bezak san’atiga kiradi. Albatta gazeta chiroyli buyalishi kerak. Bir darsda biz eskiz chizib olamiz va ikkinchi darsda butun sinf bo’yicha katta formatda devoriy gazetaning o’zini ishlaymiz. Buning uchun sinf o’quvchilarini hammasi gazetaning biron bir elementini tayyorlashlari lozim bo’ladi. Darsda gazetaning asl kurinishini vatman qog’ozida bajaramiz. Devoriy gazetani sinf o’quvchilari tayyorlagan eskizning eng yaxshilaridan tanlanganda foydali bo’ladi. Chunki bolalar o’ziga ma’lum bir elementni yaxshiroq ishlaydi, shunga asoslanish kerak. Bir o’quvchi archani chizib beradi, biri uyinchoqlarni tayyorlab qog’ozdan yopishtiradi. Mana shu usul applikasiya usulidan foydalanish bo’ladi. Shuningdek, biri maqola yozadi, biri she’r yozadi, tabriknoma qiladi, yozuv ishini bajaradi. Agar sinf o’quvchilari ko’pchilikni tashkil etsa ularni ikki guruhga bo’lib sinf va maktab uchun yangi yil gazetasini tayyorlash mumkin. Hamma o’quvchilar albatta band bo’lishlari lozim. Baholash uchun o’quvchilarda eskizlar ham bor va yakuniy vatmanga guruh ishi ham bor. Ishtirokiga va chizmasiga qarab ballari belgilanaveradi. Gazetani tahlil qilib ham baholash mumkin. O’quvchilarning asosiy qismi rag’batlantiriladi. Uyga vazifa: yangi yilga atab dekorativ kompozisiya eskizini bajarib kelish va turli otkretkalardan yig’ish. Download 226 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling