Ergasheva xursanoy
Pedagogik tajriba-sinov natijalari tahlili
Download 0.58 Mb.
|
Ergasheva X BMI
3.3. Pedagogik tajriba-sinov natijalari tahlili.
Umumiy o‘rta ta’limning DTS larida belgilangan talablarning barcha o‘quvchilar tomonidan to‘la- to‘kis bajarilishiga ta’lim samaradorligini oshirishga erishish uchun ilg‘or yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, yangilarini yaratish va amaliyotga joriy etish lozim [26]. Darhaqiqat, mamlakatimizda yangi moxiyat va mazmunga ega ta’lim tizimi joriy etilishi tufayli umumiy o‘rta ta’lim maktablari kimyo kursining nazariy saviyasini oshirish, kimyo darsliklariga hozirgi zamon fanining bir qator tushuncha va xulosalarini izchil kiritib borish, predmetlararo aloqalarni kuchaytirish , har bir sinfda beriladigan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar xajmini o‘zaro nisbatini aniq belgilash , moddalar va ularning xossalari to‘g‘risidagi faktik o‘quv materiallarini mazmunli chuqurlashtirish , kimyoviy tushunchalar , nazariyalarni va o‘qitishning ilmiy g‘oyaviy tamoyillarini orttirish, kimyo asoslarini o‘rganishning metodologik , didaktik hamda tarbiyaviy jixatlarini xamda ularning ahamiyatlarini chuqur anglab yetish , kimyo o‘qitish metodikasini pedagogik texnologiyaning zamonaviy tavsiyalari bilan boyitish kabi masalalarni dolzarb qilib qo‘ydi. Pedagogik eksperiment o‘tkazishda eksperimental va nazorat sinflarini tanlashda ayrim qoidalarga rioya qilish zarur. Sinflar o‘zlashtirish darajalari bo‘yicha o‘zaro teng bo‘lishi kerak. Yaxshi o‘zlashtiradigan, o‘rtacha o‘zlashtiradigan va qiyin o‘zlashtiradiganlar soni deyarli baravar bo‘lishi kerak. Eksperiment natijasi ishonchliroq bo‘lishi uchun bilimi kuchsizroq o‘quvchilar eksperiment uchun tanlab olinadi [27]. Bitiruv malakaviy ishimni olganimdan so‘ng ilmiy rahbarim S. O‘rmonov bilan maslahat qilgan, holda ushbu mavzuni 9- sinfda qanday qilib o‘qitish ustida ko‘p o‘yladim va ilmiy rahbarim tavsiyasi asosida yangi pedagogik texnologiyalar asosida , ko‘proq mavzuni mohiyatidan kelib chiqqan holda kimyoviy tajribalar o‘tkazish orqali , dars mazmunini ochib berish yo‘llarini izladim. Kimyodan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni sistemali o‘tkazish , xar bir darsda dars mavzusiga muvofiq tajribalar o‘tkazish, o‘quvchilarni kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga, ularni ijodiy qobilyatlarini rivojlantirishga nazariy bilimlarni mustahkamlashga ma’lum darajada yordam berishini tajriba sinov asosida isbotlashga harakat qildim. Men pedagogik amaliyot davrida Farg‘ona tumanidagi 52- o‘rta maktabda ushbu bitiruv malakaviy ishim mavzusi bo‘yicha tajriba sinov o‘tkazishga harakat qildim. Tajriba – sinov natijalari asosida ma’lum xulosalar va tavsiyalar yaratishga harakat qildim. Tajriba-sinovning asosiy maqsadi , yangi pedogogik texnologiyalar va kimyoviy tajribalarni ko‘proq o‘tkazish orqali kimyoviy bilimlarni o‘zlashtirishni asosiy omili ekanligini sinovdan o‘tkazish edi. Shu maqsadda men o‘zim dars olib borgan 9-sinflarni “A” va “B” guruhlarini tanlab oldim. 9A sinfni nazorat sinfi, 9B sinfni esa tajriba sinov sinfi deb belgilab oldim. 9A sinfida elektroliz va elektroliz qonunlari mavzusini reja asosida 6 soatlik dastur asosida o‘tishga harakat qildim . Nazariy bilimlarni ko‘proq suhbat, ma’ruza sifatida olib bordim. 9B-sinfida esa mavzuni mohiyatidan kelib chiqqan xolda ko‘proq yangi pedogogik texnologiyalar kimyoviy tajribalardan to‘liq foydalangan holda o‘tishga harakat qildim. Elektroliz va elektroliz qonunlariga ajratilgan soatni o‘tib bo‘lganimdan so‘ng har ikki sinfda mavzuga oid 20 ta test savollarini tuzib nazorat o‘tkazdim. Sinov tajriba natijalari 1-2-jadvallarda berilgan. Nazorat sinfida 20 ta savoldan o‘rtacha 11.76 tasiga to‘g‘ri javob berilgan. O‘zlashtirish o‘rtacha 75.2% ga teng bo‘lib o‘rtacha baho 4.12 teng bo‘lmoqada. O‘zlashtirish tajriba sinov sinfida 90.4 % ga ortgani holda, o‘rtacha baho ham 4.88 ga ortganligini kuzatish mumkin. 9B sinfida tajriba sinov davrida quyidagilarni sezdim. O‘quvchilarni darsga qatnashishlari ortdi. O‘quvchilarni ko‘proq kimyoviy tajribalar o‘tkazish orqali olib borilgan darsga qiziqishlari ortganligini sezdim. Fanlararo bog‘lanishga erishdim. Bunda o‘quvchilar kimyoviy bilimlarni fizik, biologik jarayonlardagi ahamiyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini aniqladim. Mavzuni mohiyatni ko‘proq tajribalar o‘tkazish orqali, yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkillab, o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil ishlashga o‘rgatish orqali oson o‘zlashtirishlarni tajriba sinov natijalari asosida aniqladim. Tajriba sinov guruhida o‘zlashtirish tog‘ri hal etilgan savollar soni ortganligini ko‘rish mumkin. Mavzuni moxiyatini to‘liq ochib berishda, o‘quvchilarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlarini ortishida o‘qitishning noan’anaviy shakllari doirasida, laboratoriya amaliy mashg‘ulotlar alohida o‘rin tutadi. Shuning uchum maktablarda kimyo o‘qitishning amaldagi o‘quv dasturida kimyoviy tajribalarga katta o‘rin berilgan. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling