Erkaklar Nega "yomon"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/92
Sana16.07.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1660591
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92
Bog'liq
11 labaratoriya

Maftunkorlik omili №14 
Agar siz haddan ziyod g`amxo`rlik qilaversangiz, erkak mudofaa pozitsiyasini oladi 
va o`z erkini saqlab qolish uchun qochish yo`lini qidiradi.
Xohlagan ishini qilishi uchun sizdan ruxsat so`rab yurishiga majbur qilmang. Unga 
ortiqcha g`amxo`rlik qilavermang. Ortiqcha e`tibor va g`amxo`rlik erkaklarning asabiga 
tegadi. U o`zini xuddi mikroskop ostidadek his qilishiga olib kelmang. Uni nazorat 
qilishga urinayorganingizni sezishi bilanoq, sizdan tezroq qutulishni istab qoladi. 
Ertalab erkak soqol olish bilan ovora bo`lib ishga kechikayapti, siz bunig xabarini 
berish uchun vannaga yugurmang. Mashinasining g`aladonini biror shubhali narsa 
topib olish ilinjida kavlashtirmang. U telefonda suhbatlashayotganda gap poylamang.
Hamma bo`sh vaqtini siz bilan o`tkazishini so`ramang. Agar erkakni 2 soatgina 
ko`rmagan bo`lsangiz, unga: “Seni juda sog`indim”, - demang. Agar mening 
maslahatlarimga quloq osmasangiz, erkakni beixtiyor ta`qib qila boshlaysiz. 
Hech qahon erkakka “Tugmalaringni taqib ol”, “Qo`lingni yuv”, “Sochingni tara” 
degan gaplarni aytmang. Qorni och yoki to`qligini 5 martalab so`ramang. Shamollab 
qolmasligi uchun issiqroq kiyim kiyishni taklif etmang (aytgancha, ozroq g`amxo`rlik 
halal bermaydi, erkaklar oddiy tumovni ham vabodek qabul qilishadi). 
Baliq oviga sizdan ruxsat so`rab yurmasligi uchun barcha dam olish kunlarini birga 
o`tkazishni rejalamang. Uning bir juft baliq tutishiga imkon bering. Yo`qsa, u siz bilan
uchrashuvlarni bekor qilishni boshlaydi. Nega? Chunki u o`zini onasining oldida o`z 
menini qo`yib isyon qilayotgan o`smirdek tuta boshlaydi. Buni u atay qiladi. Xullas, 
sizga erkakka bo`sh vaqtini qanday o`tkazishini buyurmaslikni maslahat beraman. 


34 
Siz bilan birga vaqt o`tkazishni erkak o`zining burchi deb hisoblaydi, unga ham 
maroqli bo`ladigan biror narsa o`ylab toping. Siz mehribon va yaxshi bo`lsangiz-u, 
erkak o`zini sizni oldingizda qarzdor deb hisoblasa, sizning talabchanligingiz 
munosabatlarni qiyinlashtiradi. Agar erkakni siz bilan uchrashishga majbur deb his 
qilishiga olib kelsangiz, sevgi unga bir yumushdek ko`rina boshlaydi. Agar u siz bilan 
ko`rishishga majbur bo`lmasa, aynan shu harakatlar unga maroq bag`ishlaydi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling