Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- ESHning asosiy funksiyalari
Savdo hududlari erkin savdo hududi, erkin bojxona hududi, omborxona
hududlari, erkin portlar va bojsiz savdo do„konlari shaklida faoliyat yuritadi. Erkin savdo hududlari (ESH) erkin bojxona hududlari kabi birinchi avlod 81 hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan beri mavjud. ESH umummilliy bojxona hududidan nisbatan mustaqil bo„lgan hududiy bo„linmalar bo„lib ularning faoliyati tovar almashinuvini tezlatishga va tashqi savdoni rag„batlantirishga qaratilgan. Buni amalga oshirish uchun ESHlariga keyinchalik reeksport qilish uchun mo„ljallangan tovarlar bojxona to„lovlari, import soliqlari, kvota va boshqa turdagi moliyaviy nazoratlardan ozod qilingan holda kiritiladi. ESHga kiritilayotgan tovar- mahsulot dekloratsiya qilinmaydi, ammo, bojxona ma‟muriyati hudud ichida kontrobanda va taqiqlangan tovarlar kirib kelishining oldina olish maqsadida nazorat tashkil etish huquqiga ega. Hudud ichida iste‟mol qilinadigan va foydalanadigan chet elda ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti import deb hisoblanadi va bojxona to„lovlari to„lanishi kerak. Hududga kiritilgandan so„ng bu tovarlarga shu hududda qabul qilingan barcha eksport imtiyozlari (soliq chegirmalari, soliq mukofatlari, avvalgi amalga oshirilgan to„lovlarni qaytarish va boshqalar) qo„llaniladi. Hududdan qabul qiluvchi davlatga junatilayotgan tovar ham bojxona to„lovlar va import soliqlariga tortiladi. Lekin, ko„pchilik rivojlangan mamlakatlarda tarkibida mahalliy ishlab chiqarishning ulushi qo„shilgan tovarlar importi uchun bojxona tariflarini kamaytirish ko„zda tutilgan. ESHning asosiy funksiyalari tovarlarni olib kelish, saqlash sartirovkalash va qayta ishlamasdan jo„natishdan iborat. Bazi bir hollarda eksport qilinadigan tovarlarni juziy qayta ishlashga ruxsat beriladi. ESHda, shuningdek, tovarlarni ko„rgazma markazlarida ularni kelgusida sotish maqsadida namoyish etish ham mumkin. Bunda tovarlar faqatgina ulgurji savdo qilinishi mumkin. Chakana savdo faqatgina dengiz va havo kemalarining ekipajlari va pasajirlari uchun ruxsat beriladi, xolos. Bunday hududlar unchalik katta investitsiyalarni talab qilmaydi va sarflangan mablag„larni tezda qoplaydi. ESH AQSh va G„arbiy Yevropa mamlakatlarida eng ko„p tarqalgan. ESHning bir ko„rinishi bu erkin bojxona hududi (EBH)dir. Ular tashqi savdo faoliyatini faollashtirish maqsadida tuziladi. EBH maxsus tadbirkorlik faoliyati tartibi o„rnatilgan mamlakatning chegaralangan bojxona hududidir. Turli mamlakatlarning bojxona kodeksiga binoan erkin bojxona hududida chet el tovarlari bojxona to„lovlari va soliqlarsiz, milliy tovarlar esa bojxona-eksport tartibiga ko„ra joylashtiriladi. Bunday hududlar ko„pinchalik erkin bojxona hududi yoki bond ombori deb ataladi. Ular, odatda, dengiz va daryo portlarida, havo yo„llari portlarida va transport magistrallarida hamda alohida sanoat tumanlarida import tovarlarini juz‟iy qayta ishlash, tamg„alash va navlarga ajratish, tushurish, ortish va bojxona ko„rigidan o„tmagan tovarlarni imtimyozli saqlash, zarur holatlarda butlash va sotish hamda xorijiy valyutada daromad olish maqsadida maqsadida tashkil etiladi. Bundan tashqari, EBH kema va boshqa transport vositalarini ta‟minlash bilan ham shug„ullanadi. Ba‟zi-bir G„arbiy Yevropa mamlakatlarida EBHlarida ayrim turdagi ishlab chiqarish faoliyatiga ham ruxsat berilgan. Bojxona to„lovlarini kamaytirishdan, import tovarlarini saqlashni uzoq muddatlaridan, ustama harjatlarini kamaytirishdan keladigan daromadlarga qaramasdan bunday hududlarning eksport ishlab chiqarishini rivojlantirish va unga milliy moddiy va mehnat resurslarini jalb etish imkoniyati anchayin chegaralangan. 82 Erkin bojxona hududlari asosan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling