Eron haqida qisqacha tushuncha Eron davlatining aholisi Eron davlatining shaharlari haqida
Download 149.84 Kb.
|
MAVZU1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixi
Diniy tarkibiEron aholisi dindorlarining asosiy qismi musulmonlardir, yaʼni aholining 98 % ni musulmonlar tashkil etadi. Ulardan 89 % islomning shia mazhabiga, 9 % islomning sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Eronda davlat dini — islom dinining shia mazhabidir. Bahrayn, Iroq va Ozarbayjondagi kabi, Eronda mamlakat dindorlarining yarmidan koʻpi shialik mazhabiga eʼtiqod qiluvchilardir. Eronda ushbu mazhab uchun muqaddas sanaladigan ikki shahar joylashgan. Bular: Mashhad va Qum shaharlaridir. TarixiEron hududida odamzod ilk paleolit davridan yashaydi. Eronliklar toʻgʻrisidagi dastlabki maʼlumotlar Ossuriya yozma yodgorliklarida keltirilgan. Miloddan avvalgi 834-yilda shoh Salmanasar IIIning sharqqa qilgan yurishini tavsiflovchi mixxat yozuvlarida qadimiy fors tilida soʻzlashuvchi xalqlar istiqomat qilgan Parsua mamlakati qayd etilgan. Miloddan avvalgi 3-ming yillik boshida Eronning janubi-gʻarbida dastlab shahardavlatlar, keyinroq Elam davlati paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 2-ming yillik davomida Eron hududiga hind-eron tillarida soʻzlashuvchi hind-yevropa qabilalari kirib kela boshlagan. Eronning hozirgi nomi oʻsha xalqlar — oriylar nomi (qadimiy eroncha aguapa — „oriylar mamlakati“) dan olingan. Bu davrda Eron hududining bir qismi Ossuriya hukmronligi ostida boʻlgan. Miloddan avvalgi taxminan 673—672-yillarda Ossuriyaga qarshi koʻtarilgan gʻalayon natijasida Eron togʻligining shimoli-gʻarbiy qismida Midiya davlati paydo boʻldi. Miloddan avvalgi 550-yil Midiya va Forsiya qirolligi oʻrtasida boʻlib oʻtgan urush (553— 550)dan soʻng hokimiyat Ahamoniylar sulolasi qoʻliga oʻtdi. Yunonlar, keyinchalik Yevropaning boshqa xalqlari Forsiya nomini mamlakatning barcha qismiga taalluqli deb bilib, uni Forsiya (Persiya) deb atay boshlaganlar (Yevropa adabiyotida bu nom 1935-yilgacha saqlanib kelgan). Gʻarb bilan Sharq oʻrtasidagi savdo yoʻllarida oʻz hukmronligini oʻrnatish maqsadida Ahamoniylar Yunoniston bilan urush olib bordilar. Miloddan avvalgi 330 yil Ahamoniylar davlati Aleksandr Maqduniy qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchradi. Uning oʻlimidan soʻng Eron Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. Miloddan avvalgi 3-asr hozirgi Eron va Turkmaniston chegaralarida Parfiya qirolligi vujudga kelib, miloddan avvalgi 2-asr oʻrtalarida Eronning barcha hududi uning tarkibida boʻlgan. Miloddan avvalgi 1-asrdan Parfiya Rim bilan uzoq muddatli urushga kirdi. Milodiy 224-yil Parfiya qaramogʻidagi Forsiya hukmdori Ardasher I Parfiyaning soʻnggi qiroli Artaban V ni urushda yenggach, Sosoniylar davlatini tuzdi. Sosoniylar hukmronligi davrida 3-asr oʻrtalarida moniylik, 5-asr oxirlarida mazdakiylik paydo boʻddi. 7-asrda Eronni arablar bosib oldi va u Arab xalifaligi tarkibiga kirdi. Eronda islom dini tarqalib, 10-asrda aholining koʻp qismi unga eʼtiqod qila boshladi. 9—10-asrlarda Eron hududida noibliklar vujudga keldi. 900 yilda Xuroson va butun Sharqiy Eron Somoniylar qoʻl ostiga oʻtdi, soʻng Sharqiy Eron Oʻrta Osiyoning bir qismi va hozirgi Afgʻoniston hududi bilan birgalikda Gʻaznaviylar davlati tarkibiga kirdi. 11-asrda Eronga turkiy qabila (oʻgʻuz)lar kirib keldi. Ulardan biri — saljuqiylar gʻaynaviylar qoʻshinini tormor qilib, Eronni va unga qoʻshni mamlakatlarni bosib oldi va Saljuqiylar davlatini tuzdi. 12-asr boshlarida Saljuqiylar davlati parchalanib, qator sultonliklar paydo boʻldi. 12-asr oxirida Eron Xorazmshohlar davlatiga qoʻshib olindi. 1220—56 yillarda Eronni moʻgʻullar bosib oldi va 14-asrning oʻrtalarigacha Hulokuiylar davlati tarkibida boʻldi. 14-asrning 30—80-yillarida Xurosonda moʻgʻul va mahalliy zodagonlar zulmiga qarshi Sarbadorlar qoʻzgʻolonlari, 1350-yil Mozandaron va Gilonda Saidlar harakati boʻlib oʻtdi, natijada sarbadorlar va saidlar davlati paydo boʻldi. 16-asr boshida Eronning barcha qismi Safaviylar qoʻliga oʻtdi. 1502-yil shia mazhabi davlat dini deb eʼlon qilindi. 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida mamlakatning turli qismlarida zodagonlarga qarshi gʻalayonlar, shuningdek, asoratga solingan afgʻon, turkman, kurd, ozarbayjon va boshqa xalqlarning ozodlik harakatlari boshlanib ketdi. Afgʻon qabilalarining 1709—22 yillardagi qoʻzgʻolonlari natijasida 1722-yil ular Safaviylar poytaxti boʻlmish Isfahonni egalladilar. Afgʻon xonlarining hukmronligiga qarshi xalq harakati boshlanib ketdi. 1723-yil Eronning shimoli-gʻarbiy va markaziy viloyatlariga bostirib kirgan turklar quvib chiqarildi. Eron davlati Nodirshoh rahbarligida juda katta imperiyaga aylandi. 1747-yil fitna natijasida shoh oʻldirildi va Eron davlati parchalanib ketdi. 18-asr oxirida zand va qojar xonlari oʻrtasida uzoq davom etgan kurashdan keyin Eronda Qojarlar sulolasi oʻrnatildi. 18-asr oxiridan Eron Yevropa mamlakatlarining mustamlakachilik obʼyektiga aylandi. 19-asrdagi Rossiya-Eron urushlari natijasida muqaddam Eron bosib olgan Kavkazorti hududlari Rossiyaga oʻtdi. 19-asrning 50-yillari oʻrtalarida mamlakatda ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi Bobiylar qoʻzgʻolonlarida oʻz aksini topdi. 19-asrning. 60-yillari — 20-asr boshlarida Eron asosan, Buyuk Britaniya va Rossiyaning yarim mustamlakasiga aylandi. 19-asr oxiridan zulm va ijtimoiy ziddiyatlarning kuchayishi 1905—11 yillardagi Eron inqilobining boshlanishiga zamin yaratdi. Natijada konstitutsiya eʼlon qilindi, parlament (majlis) chaqirildi. 1911-yil oxirida Eron inqilobi Angliya va Rossiya tomonidan bostirildi. Birinchi jahon urushi yillari (1914— 18)da Eron urushga kirgan davlatlarning harbiy harakatlari maydoniga aylandi. 1919-yil Eron Buyuk Britaniya tomonidan bosib olindi. Mamlakatda milliy ozodlik kurashi avj oldi. Eron Ozarbayjoni (1920), Gilon va Mozandaron (192021), Xuroson (1921)da kuchli milliy ozodlik harakatlari boʻlib oʻtdi. 1921-yil 21-fevralda oʻng kuchlar Rizoxon qoʻmondonligi ostida davlat toʻntarishini amalga oshirdilar. Said Ziyovuddin rahbarligidagi yangi hukumat (ushbu hukumat tarkibida Rizoxon harbiy vazir boʻlgan) demokratik harakat yoyilib ketmaslik choralarini koʻrdi va jamoat tazyiqi ostida 1919-yilgi Angliya—Eron bitimini bekor qildi. 1925-yil 12-dekabrda Taʼsis majlisi Rizoxonni Rizoshoh Pahlaviy nomi bilan Eron shohi deb eʼlon qildi. 1930-yillarning oʻrtalaridan Eron Germaniya bilan aloqalarini kuchaytira boshladi. Ikkinchi jahon urushi yillari (1941-yil avgustda) Eron hududiga sovet va ingliz qoʻshinlari kiritildi (1945-yil oxiri — 1946-yil mayda olib chiqib ketildi). 1941-yil 16-sentabrda Rizoshoh taxtdan voz kechdi va uning oʻrniga oʻgʻli Muhammad Rizo Pahlaviy oʻtirdi. 1943-yil 9-sentabrda Eron Germaniyaga qarshi urush eʼlon qildi, lekin harbiy harakatlarda qatnashmadi. 1945—46 yillar Eronda kuchli antiimperialistik va demokratik harakatlar avj oldi. Hukumat AQSH va Buyuk Britaniya yordamiga tayanib, bu harakatlarga chek qoʻydi. 1960-yillarning boshlarida mamlakatda ijtimoiy va ichki siyosiy vaziyat keskinlashdi. Shoh hukumati monarxiya tuzumi va harbiy qudratini mustahkamlash maqsadida islohotlar oʻtkazishga kirishdi (agrar islohotlar oʻtkazildi, maorif va sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilashga oid ayrim tadbirlar amalga oshirildi). Ammo shoh tuzumining reaksion ichki siyosati, gʻarbparastligi Eronda islom dinining fundamental qadriyatlarini tiklashga intiluvchi ruhoniylarning keskin qarshiligiga uchradi. 1979-yil fevralda monarxiyaga qarshi inqilob natijasida shoh tuzumi agʻdarildi. Inqilobga surgundan qaytgan shialar yetakchisi Oyatullo Humayniy (1964-yil mamlakatdan surgun qilingan) rahbarlik qildi. Muhammad Rizo Pahlaviy mamlakatdan chiqib ketishga majbur boʻldi. 1979-yil 1-apreldan mamlakat rasmiy ravishda Eron Islom Respublikasi deb nomlandi. 1979-yil oxirida Eron bilan Iroq oʻrtasidagi munosabatlar keskinlashdi. Eron bilan Iroq oʻrtasida Shatt ul-Arab daryosi boʻylab oʻtgan chegara xususidagi janjal qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi. 8 yil davom etgan bu mojaro ikki tomonni ham holdan toydirdi. Humayniy vafotidan soʻng (1989) hokimiyat tepasiga kelgan yangi hukumat bir qancha ijobiy islohotlarni amalga oshira boshladi, tashqi siyosatda Eronni xalqaro miqyosda yakkalanib qolish holatidan chiqarish yoʻlini belgiladi. Eron 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991-yil 25-dekabrda tan olgan va 1992-yil 10-mayda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 11-fevral — Islom inqilobi kuni (1979). Download 149.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling