Eron haqida qisqacha tushuncha Eron davlatining aholisi Eron davlatining shaharlari haqida


Oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtlari, muzeylar


Download 149.84 Kb.
bet7/12
Sana31.01.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1142622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MAVZU1

Oliy taʼlim va oliy oʻquv yurtlari, muzeylar


Oliy maʼlumotli kadrlar Tehron universiteti, Tehrondagi Eron milliy universiteti, Farobiy universiteti, Sheroz, Mashhad, Isfahon, Tabriz, Karaj, Ahvozdagi universitetlarda, Tehron politexnika instituti, Obodon neft instituti va boshqalarda tayyorlanadi. 2004-yil oliy oʻquv yurtlarida 1 million 673 ming 753 talaba oʻqidi va ushbu koʻrsatkichlar ham keskin oʻsmoqda. Institutlar Tehrondagi fan va maorif taraqqiyotini tadqiq etish va rivojlantirish instituti, Eron madaniyati tadqiqot markazi, Sanʼat va arxeologiya tarixi milliy markazida, shuningdek, Tehron, Mashhad, Tabriz, Sheroz, Isfahon, Ahvoz universitetlari va boshqa oliy oʻquv yurtlarida ham olib boriladi. Mamlakat yirik kutubxonalari: Tehrondagi Eron Milliy kutubxonasi (1935), Parlament kutubxonasi (1924), har bir universitet qoshidagi kutubxonalar. Madaniyat vazirligi tizimida 1500dan oshiq kutubxona mavjud. Eronda arxeologiya va etnografiya muzeyi, Guliston saroyi muzeyi, Milliy badiiy muzey, Gilamlar muzeyi va boshqa yirik va boy muzeylar mavjud.

Matbuot va OAV


Eronda matbuot va OAV yaxshi rivojlangan. Mamlakatdagi matbuot, televideniye, radio va boshqa OAV vositalari davlat nazoratida. Eronda besh yuzdan oshiq gazeta va jurnallar nashr etiladi. Asosiy va yirik gazetalari: «Abror» (1985-yildan chop etiladi), «Keyhon» (1942-yildan chop etiladi), «Risolat» (1985-yildan chop etiladi), «Egʻtelot» (1925-yildan chop etiladi), «Ettelote haftagi» (1941-yildan chop etiladi). Islom Respublikasi axborot agentligi (IRNA), 1934-yil tashkil etilgan. „Eron Islom Respublikasi ovozi“ milliy radiosi 1971-yil tuzilgan. Eron televideniyesiga 1971-yil asos solingan.

Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]


Eron adabiyotini shartli ravishda 3 bosqichga boʻlish mumkin: qadimiy, oʻrta asr va zamonaviy. Eron adabiyotining ilk namunalari qadimiy fors tilida yaratilgan. Qahramonlik eposining dastlabki koʻrinishlari Ahamoniylar davriga mansub mixxat bitiklarida oʻz aksini topgan. Eron arablar tomonidan zabt etilib (7-asr), uning hududi xalifalik tarkibiga kirgandan soʻng Eron adabiyoti arab tili va islom taʼsirida shakllandi. 9-asrga kelib adabiyotda fors tilining mavqei kuchaydi. 10-asrning 2-yarmidan boshlab fors tili Sharqda sheʼriyat tili darajasiga koʻtarildi. 10—15-asrlar Eron nazmining yuksalish davri hisoblanadi. Bu davrda Firdavsiy, Umar Xayyom, Saʼdiy, Rumiy, Hofiz kabi dunyo adabiyotining yorqin yulduzlari oʻzlarining oʻlmas asarlarini yaratdilar. Ularning sheʼriyatida gumanizm, insonning ulugʻ mavjudot ekanligi, maʼnaviy barkamollik sari intilish gʻoyalari tarannum etildi. Fors adabiyotining durdonasi boʻlmish Firdavsiyning „Shohnoma“ dostoni maydonga keldi. Bu davrda Eron adabiyotining mumtoz janrlari boʻlgan ruboiy, qasida, gʻazal va qitʼa yanada takomillashdi. Shu bilan birga Abdullo Ansoriy, Farididdin Attor va boshqalarning asarlarida sufiylik tariqati gʻoyalari oʻz aksini topdi. Moʻgʻullar tomonidan Eronning ishgʻol etilishi (1220—56) natijasida madaniy hayot inqirozga yuz tutdi. 13-asrning 2-yarmiga kelib Eron adabiyotida madhiya va qahramonlik eposlari rivoj topdi. 16-asr oxiri Eron adabiyotida shia mazhabiga xos marsiya sheʼriy janri shakllandi. Bu davrga kelib Eron mumtoz adabiyoti saroy sheʼriyati doirasida taraqqiy etdi. 17-asr Eron adabiyotida hind uslubi (sabke hindi) ustunlik qila boshladi. Bu hol 18-asrda Eron shoirlari Mushtogʻ Isfahoniy, Sabohiy Bikdeliy Koshoniy, Hotif Isfahoniy va boshqalarning eʼtiroziga uchrab, Eron adabiyotida „bozgasht“ (qaytish) deb atalmish yangi yoʻnalishning paydo boʻlishiga olib keldi. Bu yoʻnalish ilk Eron mumtoz sheʼriyatiga xos uslubni qayta jonlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar bilan ifodalanadi. 19-asrda Eron adabiyotida yodnoma va safarnomalar paydo boʻlib, yangi fors nasriy janriga asos solindi. Eronda keng quloch yozgan milliy ozodlik harakati (1905—1921) publitsistika va satirik sheʼriyatning shakllanishiga turtki boʻldi. M. Bahor, A. Lohutiy ijodida adolatsizlikka qarshi kurash gʻoyalari namoyon boʻldi. 20-asrda Eron adabiyotida roman va realistik hikoya janri rivoj topdi. Bu davrda Murtazo Mushfiq Kozimiyning „Qoʻrqinchli Tehron“ (1924), Abbos Kozimiyning „Mashaqqatli hayot“ (1931), Yahyo Davlatobodiyning „Shahrnoz“ (1926), Said Nafisiyning „Farangis“ (1931) nomli asarlari chop etildi. 20-asrning 30-yillarida Eron sheʼriyatiga yangi sheʼriy janr „sheʼri nou“ kirib keldi. Anʼanaviy aruz vaznidan voz kechib, erkin uslubda sheʼr yaratish bu yoʻnalishning xarakterli jihatidir. Eron sheʼriyatidagi yangi yoʻnalishning asoschisi Nimo Yushij (1895—1961) hisoblanadi. 1940—50 yillar nasrda ijtimoiy hayotni aks ettiruvchi bir qator realistik asarlar yaratildi. Sodiq Hidoyat (1903—51)ning „Daydi it“ (1943), „Hoji ogʻo“ (1945), Boʻzoʻrg Alaviyning „Ellik uch“ (1942), „Uning koʻzlari“ (1952) hikoyalari jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Islom inqilobidan soʻng Eron adabiyotida ozodlik va inqilobni tarannum etuvchi sheʼrlar, Eron-Iroq urushida qatnashgan jangchilarning mardligi va vatanparvarligini aks ettiruvchi asarlar, diniy yoʻnalishda yozilgan sheʼriy toʻplamlar keng oʻrin oldi.

Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling