تهران
Tehron
8 846 782
مشهد
Mashhad
2 749 374
اصفهان
Isfahon
1 756 126
تبریز
Tabriz
1 549 453
شیراز
Sheroz
1 460 665
قم
Qum
1 374 036
اهواز
Ahvoz
1 112 021
کرمانشاه
Karmonshoh
851 405
کرمان
Karmon
734 441
Asosiy maqola: Eronda transport
Transport yoʻlining uz. 7,3 ming km. Ichki yuklarning asosiy qismi avtomobil transportida tashiladi. Avtomobil yoʻllarining uz. 167 ming km. Dengiz savdo floti tonnaji 8345 ming t dedveytni tashkil etadi. Fors qoʻltigʻidagi asosiy portlari: BandarAbbos, BandarHumayniy, Bushir, Xark, Obodon, BandarMohshahr; Kaspiy dengizida — Enzeli, Novshahr, Amirobod. Tehron, Sheroz, Isfahon, BandarAbbos, Obodon, Tabrizda xalqaro aeroportlar bor.
Eron chetga neft va neft mahsulotlari, gilam, gaz, paxta, meva, teri, metall buyumlar chiqaradi; chetdan oziq-ovqat, mashina va jihozlar, sanoat xomashyosi oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Kuvayt, BAA va boshqalar mamlakatlar bilan hamkorlik qiladi. Eronda xorijiy sayyohlik rivojlangan.
Tibbiy xizmat
Eronda oʻrtacha umr 69 yoshni tashkil etadi. 2003-yil 110797 oʻrinli 730 kasalxona (120 tasi xususiy), 307169 vrach, hamshira va farmatsevt ishladi. Vrachlar universitet va oʻrta maxsus tibbiyot bilim yurtlarida tayyorlanadi. Hozirgi paytda Eronda sogʻliqni sugʻurta qilish yoʻlga qoʻyilmoqda.
Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari Boshlangʻich va oʻrta taʼlim
Eronda 5 yillik bepul majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilingan. Ikki bosqichdan iborat 7 yillik oʻrta maktab taʼlimi mavjud. Mamlakatda savodxonlik koʻrsatkichi 85,0 % dan ziyodroq va ushbu koʻrsatkich yildan-yilga yaxshi tomonga oʻzgarmoqda. 2004-yil maʼlumotlariga koʻra, oʻsha yilgi oʻquv yilida mamlakatdagi maktablarda 17 million 196 ming 588 oʻquvchi taʼlim olgan va ushbu koʻrsatkich Eron aholisining tez suratlarda oʻsishi natijasida keskin oshmoqda. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari pedagogik bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari Tehron universiteti qoshidagi pedagogika institutida tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |