Eron haqida qisqacha tushuncha Eron davlatining aholisi Eron davlatining shaharlari haqida


Download 149.84 Kb.
bet5/12
Sana31.01.2023
Hajmi149.84 Kb.
#1142622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MAVZU1

Siyosiy partiya va tashkilotlari


Eron Islom Respublikasi konstitutsiyasiga binoan, Eronda islomga aloqasi boʻlmagan siyosiy partiya va tashkilotlar faoliyati man qilingan. Hozirgi kunda mamlakatning ichki siyosiy hayotida bir qator islom partiya va uyushmalari mavjud boʻlib, ular orasida eʼtiborga loyiq boʻlganlari Kurashayotgan ruhoniylar jamiyati, Islomiy Eron birdamlik partiyasi, Islomiy Eron hamjihatlik partiyasi, Taraqqiyotga xizmat qiluvchilar uyushmasi, Imom Humayniy siyosati tarafdorlari uyushmasidir.

Iqtisodiyoti


Eron — neft sanoati rivojlangan agrar industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi 21,3 %, sanoat 32,7 % (jumladan, neft va gaz qazib olish 18,7 %)ni tashkil etadi.
Sanoatida neft, gaz, koʻmir, xrom, qoʻrgʻoshin, rux, mis, marganets va temir rudalari qazib olish katta ahamiyatga ega. Yiliga oʻrtacha 85 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi korxonalari bor. Qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallsozlik, oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Hunarmandchilik (gilam toʻqish, metall buyumlar tayyorlash) bilan ham shugʻullaniladi.
Qishloq xoʻjaligi mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmogʻi hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Asosiy oziq-ovqat ekini — bugʻdoy; shuningdek, arpa, sholi, dukkakli don ekinlar ekiladi. Bogʻdorchilik (oʻrik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, behi, anor, sitrus mevalar, yongʻoq va boshqalar), tokchilik, sabzavotchilik va polizchilik bilan mamlakatning hamma qismida shugʻullaniladi. Paxta ekiladi, qand lavlagi, shakarqamish, tamaki yetishtiriladi, choy oʻstiriladi. Chorvachiligida qoʻy, echki, qoramol, eshak, tuya, ot, xachir boqiladi. Parrandachilik rivojlangan. Pillachilik bilan shugʻullaniladi. Fors qoʻltigʻi va Kaspiy dengizida baliq ovlanadi.


Yirik shaharlari


Eron aholisining 70 % dan koʻprogʻi shaharlarda istiqomat qiladi. Baʼzi hisob-kitoblarga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2030-yilga kelib 80 % dan oshib ketishi mumkin. Mamlakatda 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 1331 ta turli hajmdagi shaharlar mavjud. 1951-yilda, mamlakatda 201 ta shahar mavjud edi. Eronning sakkiz shahri millioner-shahar maqomiga ega, yaʼni ushbu 8 shaharda 1 milliondan oshiq kishi yashaydi[. Eronning poytaxti va eng yirik shahri — Tehron. Ushbu shaharning aholisi 2015-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 8 846 782 kishini tashkil etadi[6]. Tehron aglomeratsiyasida esa 15 200 000 dan oshiq kishi istiqomat qiladi[. Aynan Tehronda mamlakat sanoatining yarmidan koʻpi joylashgan.
Kattaligi va aholisi soni boʻyicha mamlakatdagi ikkinchi shahar — Mashhad. Ushbu shahar shia mazhabi topinuvchilari uchun muqaddas shahar hisoblanadi va Mashhad aholisi 2011-yilgi maʼlumotlarga koʻra 2 749 374 kishini tashkil etadi. Eronning boshqa millioner shaharlari: Karaj, Isfahon, Tabriz, Sheroz, Qum, Ahvoz.




Download 149.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling