Eron islom respublikasi


Xo‘jaligiga umumiy ta’rif


Download 38.88 Kb.
bet3/10
Sana05.05.2023
Hajmi38.88 Kb.
#1431143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ERON ISLOM RESPUBLIKASI (Xpdjayev S)

Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Ikkinchi jahon urushiga qadar qishloq xo‘jaligida feodal va yarimfeodal munosabatlar hukmron bo‘lgan edi. Eron agrar mamlakat edi. Og‘ir sanoatda faqat neft qazib olish rivojlangan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin kapitalistik munosabatlar tez rivojlandi. 60-yillarning birinchi yarmida Eron hukumati agrar islohot o‘tkazishga kirishdi va mamlakatning industriallashtirish yo‘lini tutdi. Sanoatda davlat sektori kengaytirildi (yirik metallurgiya va mashinasozlik korxonalari barpo qilindi). Eron iqtisodida neft sanoati muhim rol o‘ynaydi. Investisiya va ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijasida iqtisodiy rivojlanish sur’ati tezlashib Eron rivojlanayotgan mamlakatlar orasida oldingi o‘rinlarga chiqib oldi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga uning sobiq Sovet Ittifoqi va boshqa sotsialistik mamlakatlar bilan iqtsodiy va texnikaviy hamokorligi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Eronda sanoatning o‘sishi natijasida qishloq xo‘jaligining xissasi ancha kamaydi.
Sanoati. 1960-yillardan boshlab Eron hukumati mamlakatni sanoat­lashtirish siyosatini olib bormoqda, uning sanoati rivojlangan mamlakatlar qatoriga o‘zgartirish kiritish harakatini olib bormoqda. Neftdan kelayotgan daromadlariga tayanib Eron diversifikatsiya o‘tkazmoqda, ya’ni o‘z iqti­sodiyotining turli-tuman strukturalarining (tuzilishlarining) kuchaytirishga intilmoqda. Bu mamlakat uchun yangi bo‘lgan metallurgiya, mashi­na­sozlik, avtomobilsozlik, kimyo, elektrotexnika, neftni va boshqa foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sanoat tarmoqlari tuzildi.
Og‘ir sanoat. So‘nggi 30 yil ichida Eronda eronliklar orzu qilgan og‘ir sanoat tashkil etildi, ya’ni sanoat mamlakatda eng yangi zamonaviy texnika bilan jihozlanmoqda. 1973-yilda Isfaxonda birinchi metallurgiya zavodi ishga tushdi. 1972-yil Erak va Tabrizda mashinasozlik zavodlari ishga tushdi. Faqat 70-chi yillarning boshida 115 ta sanoat ob’ektlari ishga tushirildi, shu jumladan Bander-Shoxnurdagi transeron (eron orasidagi aloqaga oid) gazoprovodi, Xavftepadagi sellyuloz-qog‘oz kombinati va h.k. qurildi.
Bandar-Abbosda, Axvazda, Bushirda, Seraxs va Mashxadda po‘lat eritish zavodlari ishga tushirildi. Fors ko‘rfazi sohillaridagi Axvaz va Bushirda Xindistondan keltirilayotgan temir rudasi va yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanayotgan metallurgiya zavodi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mamlakatda sarflnayotgan mablag‘ning 45%i davlat sektoriga tegishli.
Eronga xorijiy va xususiy sarmoya aralash xolda kirib kelmoqda (Eron sarmoyasi bilan birgalikda). 1974-yil Eronda yiliga 10 ming. avtomobil chiqaradigan katta eron-amerika «Jeneral Motors-Eron» zavodi o‘z ishini boshladi (keyinchalik bu son 50 minggacha yetdi).
Fransiya bilan Eron o‘rtasida sun’iy o‘git ishlab chiqarish zavodi, gazni suyultiruvchi zavod va AESlar qurish to‘g‘risida bitimlar tuzildi.
Eronning an’anaviy ishlov beradigan sanoat tarmoqlari ham rivojlan­moqda, masalan: to‘qimachilik sanoati. Eron o‘ziga kerakli iste’mol tovar­larning 92%ini ishlab chiqaradi. Akril, polisteror va neylon gazlamalarni ishlab chiqaradigan uchta fabrika qurilgan.
Yoqilg‘i sanoati. Eron dunyoda eng yirik neft qazib chiqaruvchi davlatlardan biridir. Eron neft qazib chiqaruvchi davlatlar orasida 4-o‘rinda turadi.
Neft sanoati XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Angliya fuqarosi Uiliyam d’Arsi 1901-yil eron shoxidan Eron hududining 70%ida neft quvurlarini 60 yillik monopol ekspluatatsiya qilish uchun konsessiya oldi. 1908-yilda Fors Ko‘rfazida neft konlarini ochdi. Aksiyalarning asosiy qismi Buyuk Britaniyaga qarashli bo‘lgan Angliya-Eron neft kompaniyasi Massodiq hukumati neft kompaniyalarini davlat mulkiga aylantirgunga qadar, 1951-yilgacha neft qazib olish ishlarini olib bordi. Bu tarmoqni boshqarish uchun “Eron milliy neft kompaniyasi” (INNA) tashkil qilindi, ammo bu kompaniya ishlarni yo‘lga qo‘ya olmadi. Chunki dunyoda yirik neft qazib chiqarish transmilliy neft kompaniyalari Erondagi milliy­lashtirish siyosatiga qarshi chiqib, INNAning eksport qilayotgan neftiga baykot e’lon qilishdi. 1954-yil Massodiq hukumati ag‘darilgandan so‘ng Eron shoxi neft tashkiloti bilan yangi shartnomalar tuzdi. Bu shartnomada 40% AQSH, 40% Buyuk Britaniya, 14% aralash Anglo-Niderlandiya va 6% fransuz kompaniyalari o‘z sarmoyalari bilan ishtirok etishdi. INNA esa neft konlariga mulkdorlik huquqini saqlab qoldi.
So‘nggi yillarda Eron neft konlarini o‘zlashtirish uchun yangi xorij firmalarini jalb etishga harakat qilmoqda. “Total” neft kompaniyasi Sirri neft konlarini o‘zlashtirmoqda, bundan tashqari Eronda Malayziyaning “Petronas” kompaniyasi, Italiyaning “Adjin” kompaniyasi va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Eron Janubi-G‘arbiy Osiyoda neftni qayta ishlash sanoati rivoj­langanlik darajasi bo‘yicha eng yetakchi davlatlardan hisoblanadi. Neftni qayta ishlovchi korxonalar – Obodon, Isfaxon, Sheroz, Erak, Bandar-Abbos, Bandar-Tohirda barpo qilingan.
Eron gaz qazib chiqarish va eksport bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinni egallaydi. Xuroson va mamlakatning janubiy hududlardagi aniqlangan gaz zahiralari 17,010 trl.m³. Transeron gazoprovodi ishga tushirilgandan so‘ng gaz sanoatda va hayotda keng ishlatila boshlandi, Saraxs-Mashxad yangi gazoprovodi qurildi.
Texron yaqinidagi Keroj, shimoldagi Sefidrud, janubdagi Diz va boshqa daryolarda bir nechta elektrstansiyalar qurilganidan so‘ng mamla­katda elektroenergiya ishlab chiqarish oshdi.

Download 38.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling