Eron islom respublikasi
Download 38.88 Kb.
|
ERON ISLOM RESPUBLIKASI (Xpdjayev S)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaziy rayon
Ichki tafovutlari. Eronning hududi juda katta. Mamlakat hududlari bir-biridan keskin farq qiladi. Tabiiy-geografik, tarixiy-iqtisodiy, etnik, madaniy va boshqa xususiyatlariga ko‘ra bu yerda beshta yirik iqtisodiy tumanlarni ajratish mumkin: Markaziy, Janubi-G‘arbiy, Shimoli-G‘arbiy, Shimoliy va Sharqiy.
Markaziy rayonda - mamlakat ishlab chiqarish sanoatining asosiy qismi to‘plangan. Bu yerda asosiy shosse yo‘llari, temir yo‘llari va havo trassalari kesishadi. Geografik jihatdan bu rayon Eron tog‘ligini egallab, shimoldan, g‘arbdan va janubdan tog‘ tizmalari bilan, sharqdan esa cho‘llar bilan o‘ralgan. Bu yer mamlakatning bir muncha qurg‘oqchil qismidir. Yoz juda issiq va quruq, havo namligi 5%dan oshmaydi. Yog‘in bir yilda 150mm atrofida tushadi. daryolar yozda deyarli qurib qoladi, lekin kuz va bahorda halokatli toshqinlar sodir bo‘ladi. Markaziy Eron landshafi- cho‘l ko‘rinishida. Molar tartibsiz holda boqilishi va butalardan yoqilg‘i sifatida foydalanish natijasida qumlar ko‘pincha harakatlanib, ba’zan aholi punktlarini va sug‘oriladigan yerlarni qum bilan to‘ldiradi. Tog‘lar o‘rmonsiz, ularda ignabargli butalar o‘sadi. Markaziy Eron foydali qazilmalariga juda boy. Temir ruda va toshko‘mir zahiralarning borligi Isfaxonda yirik metallurgiya zavodini qurishga turtiki bo‘lgan. Bafk va Saxend tumanlarida sifatli temir ruda konlarning 4/5 qismi to‘plangan. Tosh ko‘mir qatlamlari Kuxrud tizmasida va Kashfon, Isfaxondan to sharqdagi Anarek tumanigacha cho‘zilgan. Metallurgiya zavodiga temir rudasidan tashqari har kuni Eron sharqidagi Zirab rayonidan ko‘mir shaxtasidan oily navli, kokislanuvchi ko‘mir jo‘natiladi. Shuningdek ko‘mir Karmana yaqinidan Shohruddan ham qazib olinadi. Misning yirik konlari Sarchashmadan topilgan. Bu yerdan uran rudasi koni ham topilgan. Markaziy rayon mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qismi. Foydali qazilmalar va qishloq xo‘jalik xom ashyosining xilma-xilligi yengil va og‘ir sanoatlarni rivojlanishiga katta imkon yaratgan. Bu tumanning eng yirik sanoat markazi – Texron. Bu shahar va uning atroflarida mamlakat sanoat korxonalarining yarmidan ko‘pi joylashgan. Poytaxtning yo‘ldosh shaxri – Keroj atofida yangi zamonaviy zavodlar (Eronnational avtomobil, elektrokabel, kimyo, shina, to‘qimachilik, oziq-ovqat, poyafzal va boshqa zavodlar) qurilib ishga tushirilgan. Texron Elbursning janubi etagida keng tog‘oldi tekisligida joylashgan. Texronda iyulda havo harorati tez-tez +42ºC gacha ko‘tarilib turadi. Qishda sovuq, ba’zan -14-16ºC ga tushadi. Texron atrofidan Jajirud va Keroj daryolari oqib o‘tadi. Kerojdagi sun’iy suv omboridan Texron suv, Keroj to‘g‘onidagi GESidan esa elektroenergiya oladi. Texron yildan-yilga tez o‘zgarmoqda. Ko‘p qavatli binolar, kottejlar, mehmonxonalar, kinoteatrlar, kasalxonalar paydo bo‘lyapti. Texron mamlakatning madaniy markazi. Bu yerda xalaqaro kongress, konferensiya, syezdlar o‘tkaziladi. Uchta universitet va bir nechta institutlar bor. Texron shosse va temir yo‘llarning muhim tuguni. Temir yo‘llari Texronni mamlakatning janubi (Xurremshahar), g‘arbi (Tabriz va Julfa), sharqi (Mashxad) va janubi-sharqi (Karbon), shimoli (Bandar-shox va Gorgon) bilan bog‘laydi. Isfaxon Markaziy rayonning yirik sanoat va madaniy markazi. Isfaxon XVI asr oxiri XVII asr boshida shoh Abbos I tomonidan qurilgan. Isfaxonda Shoh masjid, Lutfulla shayx masjidi, Ali-Gapu saroyi, Chexol-satun saroyi tarixiy yodgorliklari bor. Shaharda hozirga qadar o‘rta asrlar arxitekturasi mo‘jizasi bo‘lmish tebranuvchi minora saqlanib qolgan. Isfaxon tog‘lararo vodiyda dengiz sathidan 1600m balandda joylashgan. Yozda harorat tez-tez +40ºС ga yetadi, qishda +7ºC dan pastga tushmaydi. Isfaxon atrofida qandlavlagi, tamaki, mak, bodom, pista yetishtiriladi. Bog‘dorchilik va poliz ekinlari yetishtirish rivojlangan. Isfaxon ip-gazlama va movut ishlab chiqarishning markazi edi («Eron Manchesteri»), keyinchalik yirik og‘ir sanoat markaziga aylandi. Metallurgiya korxonasining tashkil etilishi bilan shahar og‘ir sanoatining yirik markaziga aylandi. Milliy metallurgiya bazasining tashkil etilishi qo‘shni tumanlarda iqtisodiy yuksalishga turtki bo‘ldi. Zavod yaqinida zamonaviy shahar Aria-Shahr qad ko‘tardi. Isfaxon qadimdan hunarmandchilik buyumlari bilan mashhur (sopol, kumush va misni zarb qilish). Markaziy rayonning boshqa shaharlari katta emas. Kazvin Safoviylar dastlabki hukmronligi davrida Eron poytaxti – yo‘llar chorraxasida muhim o‘rinni egallaydi. Kazvindan Texronni, Tabriz va Julfa bilan bog‘laydigan temir yo‘l o‘tadi. Kazvinda to‘qimachilik va poyafzal sanoatlari, qo‘l hunarmandchilik ustaxonalari rivojlangan. Keroj—Texrondan 40km g‘arbda joylashgan. Kerojdagi elektrstansiya Texronni elektrenergiya bilan ta’minlaydi. Qum—Erondagi shialarning e’tiqod qiladigan markazidan biri. To‘qimachilik, oziq-ovqat, keramika sanoatlarining markazi. Shuningdek gilamdo‘zlik hunarmandchiligining markazi hamdir. Download 38.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling