Eron islom respublikasi
Download 38.88 Kb.
|
ERON ISLOM RESPUBLIKASI (Xpdjayev S)
Qishloq xo‘jaligi. Qishloq xo‘jaligi mamlakat iqtisodining muhim tarmog‘i hisoblanadi. 1962-yilda Eron hukumati tomonidan ishlab chiqilib, 1963-yil 26-yanvarda ijtimoiy- iqtisodiy islohatlar referendumi tasdiqlandi. U”oq inqilob” “yoki oltinchi baxman” inqilobi deb nomlanadi. Unda yer islohatlari, o‘rmon va yaylovlarni milliylashtirish, yer islohatlarini moliyalashtirish uchun, davlat korxonalarini xususiylashtirish uchun sotish masalalariga tegishli edi.
Eronda agrar islohatlar hayotga tadbiq qilungunga qadar yirik yarim feodal pomeshchik yirik yer egaligi davlati edi. Shox va uning oilasiga, pomeshchiklarga, qabila boshliqlariga, oliy tabaqalilarga, ya’ni mamlakatning 1% aholisini tashkil etuvchilarga qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning 80%dan ortig‘i tegishli edi. Mayda yer egaligiga esa yerlarning 12%gina to‘g‘ri kelar edi. 70% dehqonlar yerga ega emasdilar. Agrar islohatlarning maqsadi pomeshchik yer egaligini tugatish emas, faqat uni cheklash, aniqrogi yarim feodal asosidagi yirik yer egaligini tugatish edi. Yer islohatlari 2,9 mln dehqon oilalarga (15 mln kishi) kichik yer uchastkalari, o‘rtacha bir oilaga 2-2,4 gadan yer ajratib berdi. Agrar islohatlar Eron qishloqlarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarga olib keldi. Qishloq xo‘jaligida texnika ta’minoti oshdi, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash ko‘paydi. Agrar o‘zgarishlar ozmi-ko‘pmi siljishlarga olib keldi. 1970-yillarga kelib g‘alla importyoridan eksportyoriga aylandi. G‘alla, arpa, sholi, mevalar va sabzovotlar yetishtirish ko‘paydi. Ekin maydonlari kengaytirildi. 12 ta yangi to‘g‘onlarning ishga tushirilishi ishlov beriladigan yerlar maydonining kengayshiga olib keldi. 1975-76 yillarda 2860 qishloq xo‘jalik kooperativlar mavjud edi. Ekin maydonlarining 40%ga yaqini sug‘orma yerlardir. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismi shu yerlarda yetishtiriladi. Sug‘orish uchun suv turli manbaalardan olinadi: chuqur quduqlar, Qorachoy, Sefidrud, Diz va Qorin daryolari, shuningdek an’anaviy yer osti korizlar suvi hisobiga sug‘oriladi. 1968-yil suv manbalarini milliylashtirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Suv ta’minotini yaxshilash uchun hukumat tomonidan bir qancha to‘gon va irrigatsiya inshootlari barpo qilindi. Dehqonchilik. Dehkonchilikka yaroqli yerlar 17 mln.ga, shundan 11 mln.ga lalmi yerlardir. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i - dehqonchilik (qishloq xo‘jalik mahsuloti qiymatining 60%) hisoblanadi. Noqulay tabiiy omillar, jumladan quruq iqlim va tog‘li relyef dehqonchilikda faqat 10% yerlardan foydalanishga imkonini beradi. Asosiy oziq-ovqat ekini bug‘doy (jami ekin maydonining 60%). Shuningdek arpa, sholi, dukkaklilar ham ekiladi. Sholi hosilining 80%i Kaspiy bo‘yi viloyatlari Gilon va Mozandaronda yetishtiriladi. Dukkatli ekinlarning yarmidan ko‘progi mamlakat shimoli va Isfaxon ostonida yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan paxta, qandlavlagi, tamaki, shakarqamish,choy, kanop,kunjut yetishtiriladi. Bog‘dorchilikda o‘rik, shaftoli, anjir, pista, xurmo, bexi, anor, sitrus mevalar, banan, mango, yong‘oq va x.k.lar yetishtiriladi. Uzumchilik, sabzavotchilik va polizchilk bilan mamlakatning hamma qismida shug‘ullaniladi. Chorvachilik. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda milliy daromadining ⅓ qismi ekstensiv chorvadorlikka to‘g‘ri keladi. Chorvachilik bilan asosan ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi qabilalar shug‘ullanadi. Bu ularning asosiy trikchilik manbaasidir. Chorvachilik butun yil davomida oyoq ostidagi ozuqa bilan ta’minlangan: qishda ular vodiy va dasht tekisliklariga, yozda esa tog‘ yonbag‘irlariga haydaladi. Chorvachilikning asosiy rayonlari: mamlakatning shimoli-g‘arbi, markazi va janubi-sharqi. Mamlakatning shimoliy rayonlarida qorabax, tekin, arab, turkman zotli otlar ko‘paytiriladi. Yirik shaharlar atrofida zamonaviy parrandachilik fabrikalari va sut fermalari qurilgan. Baliqchilik bilan Kaspiy dengizi va Fors ko‘rfazi sohilbo‘yida shug‘ullaniladi. Kaspiy dengizidan osyotr baliqlari ko‘plab ovlanadi. Eron qora ikra eksport qiladi. Ummon va Fors ko‘rfazidan dur olib chiqiladi. Davlat mulkiga aylantirilgan o‘rmonlar 18 mln.ga maydonni egallaydi. Uning 10%igina xo‘jalik ahamiyatiga ega. Yiliga Elbursning shimoliy yonbag‘rlarida o‘suvchi qimmatbaho kengbargli o‘rmonlardagi qattiq yog‘ochli taxtalar 1,8 mln m³ atrofida tayyorlanadi. O‘tmishda daraxtlarni tartibsiz kesib tashlanishi natijasida o‘rmon resurslari zahirasini kamayishiga olib keldi. Biroq o‘rmonlarni kesilishi u milliylashtirilgandan keyin ham davom etmoqda. Bu jarayon esa ba’zi markaziy rayonlarda cho‘llashishga olib kelmoqda. Download 38.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling