Eron islom respublikasi
Download 38.88 Kb.
|
ERON ISLOM RESPUBLIKASI (Xpdjayev S)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shimoliy-G‘arbiy rayon
Janubi – G‘arbiy rayon. Bu rayonning tarkibiga Xuziston, Luriston, Baxtiyor va Fors pravinsiyalari kiradi. Eronga tegishli Ummon va Fors ko‘rfazlarining sohilbo‘ylaridagi ancha katta hududni egallaydi. Bu yerda neft qazib olish va neftni qayta ishlashning asosiy markazi joylashgan. Iqlimi subtropik ekinlarni yetishtirish uchun qulay(xurmo, sitruslar, anjir, anor, banan) Dehqonchilik rivojlangan (don, paxta, tamaki, mak). Bu rayon aholisining asosiy qismini ko‘chmanchi-chorvadorlar tashkil etadi. Janubi-G‘arbiy rayon shaharlarining orasida eng yiriklari Obadan, Sheroz, Kermon, Axvaz, Bandar-Abbos, Bushir, Xurramshaxr.
Obadan—muhim sanoat markazi. Osiyodagi neft tozalaydigan yirik zavodlaridan biri shu yerda joylashgan. Bu yerda neftkimyo kompleksida, ammiak, suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Obadanga neft quvur orqali Xuziston konlaridan keladi. shuningdek Xuziston nefti Fors ko‘rfazidagi Xark orolida neft ortuvchi stansiyalarga jo‘natiladi. Sheroz—qadimdan shoirlar shahari bo‘lib kelgan. Bu yerda yashagan Sa’diy va Xofiz Sheroziylarning maqbaralari joylashgan. Shahar 1500 m balandalikda joylashgan, juda chiroyli bog‘ va atirgul plantatsiyalari bor. Sheroz yaqin orada sanoat shahriga aylanib, bu yerda neftni qayta ishlash, kimyoviy o‘g‘it zavodlari ishlab turibdi. Gilamdo‘zlik, kumushga zarb berish hunarmandchiligi rivoljlangan. Shaharda universitet bor. Bandar-Abbos,Bandar-Shaxpur,Xurramshaxr Eronni Arabiston dengizi va Hind okeani orqali Afrika va Yevropa, Janubi-G‘arbiy Osiyo va Uzoq Sharq bilan bog‘laydigan asosiy janubiy potlari hisoblanadi. Bushir sanoat shahriga aylanib bormoqda. Kemasozlik,metallurgiya va neft haydovchi zavodlari bor. Shimoliy-G‘arbiy rayon Eron Ozarbayjoni va Kurdistonni o‘z ichiga oladi. Bu yerda don xo‘jaligi, chorvachilik rivojlangan.. Asosiy shaharlari Tabriz, Ardebil Rezoye, Zanjon, Karmanshox, Xamadon, Mexobod. Oxirgi yillarda Tabriz va boshqa shaharlarda an’anaviy to‘kimachilik sanoatidan va gilamdo‘zlikdan tashqari mashinasozlik sanoati rivojlana boshladi. Tabriz—Eron Ozarbayjonning tarixiy, siyosiy va madaniy markazi. Bir vaqtlarda u Eronning poytaxti bo‘lgan. Tabrizda XIII asrda qurilgan qadimgi yodgorliklar Moviy va Ali-Shox masjdtlari saqlanib qolgan. An’anaviy to‘qimachilik, charm, shisha, gugurt va oziq-ovqat sanoatlar qatorida yangi mashinasozlik va metallga ishlov berish (avtomobil, traktor, motor, vagon ishlab chiqaradigan, sharikopodshipnik zavodlari) hamda neftni haydaydigan zavodlar paydo bo‘ldi.Tabriz shosse va temir yo‘llarining muhim tuguni hisoblanadi. Mexobod – Eron Kurdisstonning siyosiy va savdo markazi. Aholi asosan gilamdo‘zlik, bo‘yoq ishi va bog‘dorchilik bilan band. Karmonshox—yirik savdo punkti, charmndan ishlangan hunarmandchilik buyumlarining markazi. Oxirgi yillarda neftni qayta ishlash va to‘qimachilik sanoatlarining katta markaziga aylandi. Muhim shosse yo‘llarning chorraxasida joylashgan Xamadon – bu rayonning yirik savdo va sanoat shahridir. U o‘z charm va gilamdo‘zlik sanoatlari bilan mashhur. Download 38.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling