Eron islom respublikasi
Download 38.88 Kb.
|
ERON ISLOM RESPUBLIKASI (Xpdjayev S)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ERON ISLOM RESPUBLIKASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETI O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT TARIXI FANIDAN MUSTAQIL ISHI Bajardi: 4-kurs fors ingliz guruhi talabasi Xodjayev Saidakbar Tekshirdi : Javmirov Jahongir ERON ISLOM RESPUBLIKASI Reja: Geografik o‘rni va chegaralari. Tarixi. Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Xo‘jaligiga umumiy ta’rif. Qishloq xo‘jaligi. Eronninng tashqi iqtisodiy aloqalari. O‘zbekiston va Eron munosabatlari. Ichki tafovutlari. Geografik o‘rni va chegaralari. Eron Islom Respublikasi Osiyoning Janubi-G‘arbida joylashgan mamlakat. Eron bilan shimoli-g‘arbdan chegaralanuvchi Turkiyadan, sharqdagi Afg‘oniston va Pokistondan, g‘arbdagi Iroqdan maydon jihatidan ustun turadi. Agar Yevropa davlatlari bilan taqqoslasa, u holda Angliya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Shvesariyani birga qo‘shib olganda Eron xududiga teng bo‘ladi. Osiyo davlatlaridan faqat Xitoy va Hindiston maydondan kichik. G‘arbdan Iroq (1458 km) va Turkiya bilan (499 km), shimolda Turkmaniston (992 km), Ozarbayjon (611 km) va Armaniston bilan (35 km), Sharqda Afg‘oniston (936 km) va Pokiston (909 km) bilan, janubda Fors ko‘rfazi va Ormuz bo‘g‘ozi suvlari bilan, shimolda Kaspiy dengizi suvlari bilan yuvilib turadi. Chegarasining umumiy uzunligi 5440 km, sohilbo‘yining uzunligi 2440 km (Kaspiy dengizi sohillarining uzunligi 740 km). Eron xududining umumiy maydoni 1.648.000 km ², shu jumladan quruqlik maydoni 1.636.000 km ². Mamlakat poytaxti – Tehron. Eron rivojlanishning kapitalistik yo‘lini tanlagan rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Neftdan kelayotgan katta daromadga tayanib mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar o‘tkazildi. So‘nggi yillarda Eron xo‘jaligini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishdi, endilikda qoloq mamlakatdan agrar-industrial mamlakatga aylandi. Neft savdosidan tushayotgan katta miqdordagi chet el valyutasini Eron sanoatini rivojlantirishga sarflamoqda. Sanoatning yangi tarmoqlari tashkil qilindi, jumladan neftkimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik, aviatsiya, harbiy, metallurgiya sanoatlari rivojlandi. Eron rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam beruvchi mamlakatga aylandi. Download 38.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling