Eron islom respublikasi


Download 38.88 Kb.
bet6/10
Sana05.05.2023
Hajmi38.88 Kb.
#1431143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ERON ISLOM RESPUBLIKASI (Xpdjayev S)

Transporti. Bir necha 100 yil davomida Eron yo‘llariga ega bo‘lmagan mamlakat edi.
Bu yerda tuyadan transport sifatida foydalanishgan. Shosse yo‘llar qurilishi faqat XX asr boshlarida shimolda Chor Rossiyasi va janubda Angliya tomonidan qurilishi boshlangan edi. Shosse yo‘li II Jahon urishi davrida o‘zgartirildi. O‘shanda antigitler kaolitsiyasi Eron orqali Sovet Ittifoqiga tovarlarni olib o‘tar edi. Eron SENTO ga a’zo bo‘lib kirganda, harbiy-strategik ahamiyati oshgan. 50-yillarda yo‘l qurilishiga katta e’tibor berilgan. Mamlakatning hamma qismida kesishuvchi yirik magistrallar Tehron orqali o‘tadi. Eronda avtomobillar transporti birinchi darajali rol o‘ynaydi. Yuk va passajirlar tashishda avtomobil transporti xissasi katta. Avtomobil yo‘llari uzunligi 178.152 km.ni, tez yurar avtomagistrlar taxminan 470 km., qattiq qoplamli yo‘llar 49440 km.ni va qoplamasiz yo‘llari 90,760 km.ni tashkil qiladi.
Temir yo‘llar Tebriz – Julfa 1916-yil Chor Rossiyasi tomonidan qurilgan edi. Asosiy Temiryo‘l magistrali trans Eron yo‘li Kaspiy dengizi porti Bandar-Shoxni Fors ko‘rfazi porti Bandar-Shoxpur bilan bog‘laydi. U Texron orqali o‘tib uzunligi 1394 km. ga yetadi. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi 7203 km. ni tashkil etadi.
Eronni tranzit yo‘lga aylantirish maqsadida turli magistrallar quriladi. Bu yo‘l Markaziy Osiyo davlatlarinig Xind okeaniga chiqishlari uchun xizmat qilishi kerak.
Qum-Zaxedan temiryo‘li bitkazilgandan so‘ng transkontenental magistral Yevropa va Turkiyani Hindiston bilan birlashtiradi. Shunday qilib Zaxedon-Kvetta temiryo‘li Eronni Pokiston bilan bog‘laydi. Ichki suv yo‘li Urmiya ko‘lida va Qorun daryosini Shatta-al-Arab orqali Fors ko‘rfazi bilan bog‘laydi. Ichki suv yo‘llari 904 km. ni tashkil qiladi.
Fors ko‘rfazidagi portlar, Arabiston dengizidagi Chaxbexar porti va Xark orolida.
Neft quvurlarining uzunligi 5900 km. ni tashkil etadi. Gaz quvurlarining uzunligi 4850 km. ni tashkil etadi.
Mamlakatda jami 317ta aeraportlari bor. Qattiq qoplamli uchish-qo‘nish polasasiga ega bo‘lganlari 117ta. Qoplamsizi 200 tani tashkil etadi.

Download 38.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling