Ertalabki gigienik gimnastika majmuasini tuzish qoidalari. Gigienik gimnastika
Download 28.07 Kb.
|
Ertalabki gigienik gimnastika
Gimnastik mashqlar jismoniy mashqlarning asosini tashkil etadi. Gimnastik mashqlar o‘z navbatida bo‘linadi :
A.Nafas mashqlariga : a)statik yoki turg‘un nafas mashqlari -ko‘krak nafas mashqlari -diafragmal yoki qorin orqali nafas mashqlari -to‘liq yoki aralash nafas mashqlari -lokal yoki mahalliy nafas mashqlari
-fiziologik nafas mashqlari -Strelnikova bo‘yicha paradoksal nafas mashqlari – o‘pkaning venti-lyasiyasini oshirish va drenajini yaxshilash uchun beriladi, qo‘l va oyoqlar bilan birgalikda harakat qilinib, asosiy e'tibor nafas olishga qaratiladi.
-ritmik yurish – bunda nafas olish yurishga moslashtiriladi, ya'ni 1-nafas olinadi, 2-nafas chiqariladi. -tovushli nafas mashqlari – tovushli nafas mashqlarini bajarish maqsadida unli va undosh harflardan foydalaniladi. Bu mashqlar o‘pka ventilyasiyasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi, masalan : nafas olib, nafas chiqarishda unli harflardan foydalaniladi. Shuningdek nafas yo‘lla-ridan balg‘amni haydash maqsadida nafas chiqarishda undosh harflarni aytish bilan amalga oshiriladi. -drenajlovchi nafas mashqlari – asosiy e'tibor drenajlovchi dastlab-ki holatlarga qaratiladi, ya'ni unga talab shuki, patologik o‘chog‘ bronxlar bifurkatsiyasidan, tananing bosh qismidan yuqori turishi kerak. Quyidagi dastlabki holatlar qo‘llaniladi : a) sog‘ yon boshda yotgan; b) tizza-tirsak; v) qorinda yotib, boshi pastga tushurilgan; g) qorinda yotib, oyoq qismi 15, 30, 45 graduslarga ko‘tarilgan; d) o‘tirgan, bosh qismi pastga engashtirilgan. B.Umumiy rivojlantiruvchi mashqlarga : Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar belgilari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi :
-yuz, ensa mushaklari uchun mashq -bo‘yin, yelka va orqa mushaklari uchun mashq -qo‘l mushaklari uchun mashq -qorin oldi mushaklar pressi va tos tubi mushaklari uchun mashq -oyoq mushaklari uchun mashq -butun tana mushaklari uchun mashq
-passiv mashqlar – tushak tartibotidagi bemorlar uchun tavsiya etiladi, metodist, shifokor, hamshira yoki boshqalar yordamida mashqlar bajariladi -faol mashqlar – bemorlar o‘zi mustaqil mashqlarni bajaradi -ideomotor mashqlar – hayolan bajariladigan mashq, organizmga neyroreflektor ta'sir ko‘rsatadi v) snaryadlarni qo‘llash belgisi bo‘yicha mashqlar -snaryadsiz bajariladigan mashqlar -snaryadlar bilan bajariladigan mashqlar (gimnastik tayoqcha, meditsin-bol, koptok, sakratgich, halqa, espander, gantella va h.z) -snaryadlarda bajariladigan mashqlar (gimnastik skameykalar, sog‘lomlashtiruvchi narvon, sog‘lomlashtiruvchi disk va h.z) -mexanoterapiya – bunda tibbiy asboblar, apparatlar va trenajerlardan foydalaniladi. Tibbiy asboblar – og‘izni va lablarni kengaytiruvchi, apparatlar – ortopedik moslamalar, yordamchi moslamalar va Jom apparati, trenajerlar – veloergometr, velotrenajer, yuguruvchi yo‘lka, “eshkak eshish”, kuch talab qiluvchi trenajerlar, “chigiritka” trenajeri va h.z.
-intizomlashtiruvchi mashqlar -tayyorlovchi mashqlar -tuzatuvchi (korreksiyalovchi) mashqlar -mos harakatli (koordinatsiyaga) mashqlar -ritmoplastik mashqlar -muvozanat uchun mashqlar -tirmashish mashqlari -o‘rmalash mashqlari -osilib turish mashqlari -irg‘itish mashqlari -sakrash mashqlari -qarshilikda bajariladigan mashqlar
Download 28.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling