Ertalabki gigienik gimnastika majmuasini tuzish qoidalari. Gigienik gimnastika
Download 28.07 Kb.
|
Ertalabki gigienik gimnastika
Amaliy sport mashqlari - bu mashqlar yordamida yuklamalarga mos-lashtirish, oshirib borish, qon va limfa aylanishlari, modda almashinuvi-ning yaxshilanishi amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi : yurish, yugurish, o‘tirgan va turgan holatlarda eshkak eshish, suzish, chang‘i va konki uchish, velosiped haydash.
O‘yinlar – ular quyidagilarga bo‘linadi : -kam harakatli o‘yinlar – shaxmat, shashka va h.z. Bunda bemorlarni kasallikdan chalg‘itish, emotsional-ruhiy holatiga ta'sir etish, e'tiborinikuchaytirish amalga oshiriladi; -harakatli o‘yinlar – stol tennisi, badminton, kegelban, kreket va h.z. Ular yordamida bemorlarning emotsional holati yaxshilanadi, harakat kengligi oshiriladi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizm moslashtiriladi; -sportga oid o‘yinlar – voleybol, basketbol, futbol va h.z. Ular ham bemorlarning emotsional holatini yaxshilaydi, o‘sib boruvchi yuklamalarga organizmni moslashtiradi. Tabiatning tabiiy omillari Tabiatning quyidagi tabiiy omillaridan foydalaniladi : -aeroterapiya – havo bilan davolash; -gidroterapiya – suv bilan davolash; -tallasoterapiya – dengiz suvlari bilan davolash; -gelioterapiya – quyosh nurlari bilan davolash. Bu omillardan organizmni chiniqtirish, kasallikning oldini olish va davolash maqsadida qo‘llaniladi.
Massaj qo‘l yoki apparat yordamida amalga oshiriladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagilarga e'tibor beriladi, qo‘l har doim limfa oqimi bilan yaqin yotgan limfatugunlari tomon harakat qiladi. Qo‘l bilan massaj qilinganda quyidagi usullar qo‘llaniladi : -silash; -siqib chiqarish (qon tomirlardagi qon haydaladi); -yumshatish (bo‘yin, orqa, qo‘l, qorin, sonning oldingi yuzasi, dumba mushagi, boldir); -surtish (ko‘krak qafasi, orqa, hamma bo‘g‘imlar); -tebratish. Massaj doim silash bilan boshlanadi va silash bilan tugatiladi, bundan tashqari har bir usuldan so‘ng silash o‘tkaziladi. Qo‘l yordami bilan quyidagi massajlar amalga oshiriladi : klassik, segmentar-reflektor va nuqtali. Klsssik massajda odam tanasi bir necha qismlarga bo‘linib massaj qilinadi, ya'ni qo‘l, oyoq, qorin va h.z(1 birlik 10 minut). Segmentar-reflektor massajda ta'sir ma'lum segmentlarga ko‘rsatiladi, masalan : yoqa sohasi, bo‘yin-ensa sohasi, yuqori ko‘krak sohasi va h.z., ya'ni ichki organlar-ning nerv sistemasi tomonidan inervatsiyasiga bog‘liq holda amalga oshiri-ladi. Nuqtali massajda odam tanasidagi ma'lum nuqtalar massaj qilinadi, ya'ni biologik aktiv nuqtalar. Bunda massaj ko‘rsatkich yoki uchinchi barmoq bilan o‘tkaziladi. Apparat bilan massajga taalluqli : -gidromassaj; -vibriomassaj; -pnevmomassaj; -baromassaj; -vakuum massaj. Vakuum massaj asosan o‘pka, nafas yo‘llari kasalliklarida, osteoxon-drozda qo‘llaniladi. Tananing tuzilishiga va teri osti yog‘ qatlamining rivojlanishiga qarab yoki unga bog‘liq holda vakuum massaj tibbiy bankalar yoki 200 ml, 500 mlli bankalar yordamida o‘tkaziladi. Bunda bemor kushetkaga shunday yotishi kerakki, uning orqasi tekis bo‘lishi shart. Shundan so‘ng orqa maz bilan surtiladi va banka orqaga vakuum hosil qilgan holda qo‘yiladi. Vakuum massaj o‘tkazilganda quyidagilarga amal qilinishi kerak, ya'ni banka aylanma holida sekin harakat qildiriladi yoki ilon izi holida harakat qildiriladi, masalan : zotiljamda, bronxial astmada, bronxitda va h.z. Osteoxondrozda bankalar paravertebral soha bo‘yicha to‘g‘ri chiziqli harakat qildiriladi. Massaj organizmga trofik, mexanik, neyroendokrin, reflektor va neyrogumoral ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir mexanizmlari natijfsida fizio-logik ta'sirlar yuzaga keladi, ya'ni terining funksiyasini yaxshilaydi, qon va limfa aylanishini, modda almashinuvini, asab sistemasining qo‘zg‘atuv-chanligining pasayishini oshiradi, tashqi nafas funksiyasini yaxshilaydi, mushak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi va h.z. Massajga qarshi ko‘rsatmalar : teri butunligining buzilishi, piodermiya, dermatitlar, ekzema, angiomalar, haroratli holat va h.z. Shifobaxsh jismoniy tarbiya shakllari ShJT shakllari ikki guruhga bo‘linib o‘rganiladi : 1.Shifoxonada qo‘llaniladigan ShJT shakllari : -ertalabki badan tarbiya 15 – 20 minut davomida bajariladi, qo‘llashdan maqsad organizmning umumiy tonusini ko‘tarish, tetiklashtirish. Shakl yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi; -shifobaxsh gimnastika muolajasi shifoxonada o‘tkziladigan shakllarning asosiysi bo‘lib hisoblanadi. Muolaja 3 qismdan iboratdir, ya'ni - kirish qismi, bunda organizm asosiy yuklamani bajarishga tayyorlanadi. Birinchi qismda yengil mashqlar berilib, umumiy vaqtning 15-25 %ni tashkil etadi; - asosiy qismi, bunda organizmga aso-siy mashqlar beriladi va uning jismoniy yuklamaga moslashishi amalga oshiriladi. Mashqlar, yuklamalar asta-sekin o‘sib boradi, avvaliga umumiy vaqtning 50 %, keyinchalik 70 % ajratiladi; - tugallanish qismi – bunda organizm-ga yengil, bo‘shashtiruvchi mashqlar beriladi, organizmning dastlabki holati-ga qaytishi ta'minlanadi. Avvaliga umumiy vaqtning 25 %, keyinchalik 15 % ajratiladi. Shifobaxsh gimnastika muolajasini amalga oshirish uchun har bir sistema kasalligiga, har bir kasallikka alohida gimnastik mashqlar kompleksi tuziladi va yakka, kichik guruh, guruh holida o‘tkaziladi; -bemorlarga beriladigan individual topshiriqlar bemorlarga kasalligini bilgan holda shifokor yoki metodist tomonidan individul bajarishi uchun mashqlar beriladi. Masalan : nafas organlari kasalligida – drenajlovchi dastlabki holatlarda mashqlar baja-rish, maxsus tovushli nafas mashqlari va h.z.; -me'yorli yurish bu shakl yurak-qon tomir sistemasi, nafas organlari, tayanch-harakat apparati kasalliklarida, modda almashinuvi buzilishlarida qo‘llaniladi. Shakl davolovchi shifokor yoki metodist tomonidan nazorat qilinadi. Masalan : miokardning o‘tkir infarkti – bemorlar me'yorli yurishni palata-da, so‘ngra koridorda ma'lum masofalarni o‘tish bilan amalga oshiradilar. 2.Shifoxonadan tashqarida qo‘llaniladigan ShJT shakllari : -terrenkur Har xil ko‘tarilib tushish burchagiga, masofa uzunligiga ega bo‘lgan maxsus tayyorlangan yo‘lka. Bu shakl asosan sanatoriya-kurortlarda, dispan-serlarda qo‘llaniladi. Yurak-qon tomir kasalliklarida, nafas organlari, oshqozon-ichak yo‘li, tayanch-harakat apparati kasalliklari va modda almashinuvi buzilishi bor bemorlarga tavsiya etiladi. Davolash maqsadida buyurilishi uchun terrenkurning 4 ta mashruti tavsiya etiladi, ular : -1-marshrut – ko‘tarilish burchagi 4 gradusdan oshmaydi, masofa uzun-ligi 500 metr; -2-marshrut – ko‘tarilish burchagi 5-10 gradus, masofa 1000 metrgacha; -3-marshrut – ko‘tarilish burchagi 11-15 gradus, masofa 2000 metrgacha; -4-marshrut – ko‘tarilish burchagi 16-20 gradus, masofa 3000-5000 metrgacha. -sog‘lomlashtiruvchi yugurish me'yorli sur'atda yugurish uchun oyoqlar ma'lum balandlikka ko‘trilib yuguriladi; -sayr qilish, ekskursiya sog‘lomlashtirish, organizmni mustahkamlash, chiniqtirish, emotsional tonusni tiklash maqsadida foydalaniladi; -yaqin turizm asosan sanatoriya-kurortlarda, tog‘li sharoitda qo‘llanilib, bemorlarga kuniga ko‘p emas, kam emas o‘rta hisobda 15 kmgacha yayov yurish tavsiya etiladi; -o‘yinli darslar shifoxonadan tashqarida o‘yin vositalaridan foydalangan holda o‘yinli darslar amalga oshiriladi. Bu bilan bemorlar organizmini o‘sib boruvchi jismoniy yuklamalarga moslashtirib boriladi. -ommaviy jismoniy tarbiyaviy chiqishlar. Download 28.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling