Esanova shahnoza qabul qildi : nizomov farhod


Do’stlar, dahr vafosini xayol aylmangiz


Download 133 Kb.
bet13/15
Sana09.01.2022
Hajmi133 Kb.
#263223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Esanova Shahnoza adabiyot tarixidan kurs ish

Do’stlar, dahr vafosini xayol aylmangiz,

Burju kohig’a ta’ma g’ayri zavol aylamangiz.


Turfa mahbubdurur umri vafosi yo’q aning,

Andin istarga vafo fikri mahol aylamangiz.

Har kishi komil erur, bas anga Haq bandaligi,

Mundin o’zga tama’i kasbi kamol aylamangiz.


Yo’q jamol ichra vafo husnig’a dag’i bunyod,

G’arroi husn bo’lub, arzi jamol aylamangiz.

Olami foniy uchun ranju mashaqqat chekmang,

Mol uchun g’am yemangiz, fikri manol aylamangiz.


Ishq dardig’a Navoiy kebi mag’rur o’lmang,

O’zini har mahvash uchun shifta hol aylamangiz.


Turk piri kebi olamdin etakni silking,

Do’stdin g’ayri tamannoi visol aylamangiz.
To salomat bu xatar manzilidin solib kom,

Ma’mani vaslg’a bo’lg’ay tuta olmoq orom.


Yuqoridagi baytlar tarkibbandning yakuniy 7-bandi edi. Navoiy so’nggi baytlarini yozar ekan do’stlarga murojaat qilib, dunyo vafosini xayol qilmang , turfa mahbublar bor lek vafosi yo’qdur, kimki komil inson bo’lsa unga Haqning borligi yetarlidir. Yana olami foniy (ya’ni o’kinchi dunyo) uchun hech mashaqqat chekmang, mol uchun g’am yemang, fikru - xayolingizni boylikka bog’lamang, o’zni har vafosiz yor uchun ado qilmang deb nasihat qiladi.

Turk piri ya’ni bu yerda Navoiy Sayyid Hasanni nazarda tutib, xuddi u kabi olamdan etakni silking, do’stning visolidin o’zga visolga intilmang, mushtoq bo’lmang deb tarkibbandga yakun yasaydi.

4 . Yuqorida biz tanishib chiqganimiz Alisher Navoiyning piri va ustozi bo’lgan Sayyid Hasan Ardasherga vafotidan so’ng yozgan tarkibbandi edi. Tarkibband 7 band 56 baytdan iborat. Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiy va Sayyid Hasan Ardasherga yozgan marsiyalarida tarkibband janriga murojaat qilgan. Alisher Navoiy ustozi va piri Abdurahmon Jomiy vafotiga bir yil to’lganda , uning qabri boshida katta maqbara qurdiradi, shoh ishtirokida ulkan marosim o’tkazadi. Shu marosimda ustozi Jomiy vafotiga bag’ishlab yozgan marsiyasini o’sha davrning mashhur olimi va notiqi Mavlono Husayn Voiz Koshifiy o’qib beradi. Har biri o’n baytdan iborat 7 bandli (140 misra) bu tarkibband “ Xamsat ul- mutahayyirin” asarining xotimasida keltirilgan va ma’lum ma’noda unga yakun yasagan.

Tarkibbandda Jomiyning ilm-u ahloqi va fazilatlari ta’riflanib, vafoti barchani qayg’uga solganligi, dunyonning foniyligi, shuningdek hayot, o’lim, oxirat bilan bog’liq o’y- mushohadalar ilgari suriladi.


Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling