Esanova shahnoza qabul qildi : nizomov farhod


She’riy san’atlar muayyan badiiy tamoyillarga asoslangan. Bulardan eng muhumi she’riy san’atlarning asar mazmuni bilan uzviy bog’liqligi sanaladi


Download 133 Kb.
bet2/15
Sana09.01.2022
Hajmi133 Kb.
#263223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Esanova Shahnoza adabiyot tarixidan kurs ish

She’riy san’atlar muayyan badiiy tamoyillarga asoslangan. Bulardan eng muhumi she’riy san’atlarning asar mazmuni bilan uzviy bog’liqligi sanaladi.

She’riy san’atlarni qo’llashda me’yor masalasi ham muhimdir. Ya’ni she’rda haddan tashqari san’at qo’llash maqbul bo’lmaganidek, ularga e’tiborsizlik bilan qarab, asardagi g’oyalarni, fikrlarni badiiy bezaklarsiz ifodalash ham she’r qimmatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi shubhasiz. She’riyat, she’riy san’atlar bular haqida qancha gapirsak ham, fikr-mulohaza yuritsak ham ozdir. O’zbek adabiyotini Navoiysiz tasavvur etish qiyin, albatta. Mumtoz adabiyot, nazm deganda ko’z o’ngimizda beixtiyor Alisher Navoiy gavdalanadi. Navoiy o’zining g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuq va muxammaslarida juda ko’p she’riy san’atlardan foydalangan va juda ko’p janrlarda ijod qilgani bizga ma’lum. Shu o’rinda uning ijodida tarkibband ham alohida o’rin egallaydi.

TARKIBBAND ( arabcha- tuzilish, band, biriktirib bog’lamoq, forscha- bog’lash ) g’azal tarzida (taxallussiz) qofiyalangan, har bir bandi oxiridagi bayt juft ( aa tarzida alohida) qofiyalanib
boruvchi , har bir bandining misra soni teng bo’lgan, ammo turli shoirlar yozgan tarkibbandlarning har bir bandining misralar soni o’ziga xos belgilangan, murakkab lirik janr. Tarkibbandlar fors- tojik adabiyotida X-XI asrlardan, o’zbek adabiyotida XV asrdan yozila boshlandi. Uning xillari ko’p ( Hofiz Xorazmiy “Tokim ko’rundi” , Nodira “Arzim senga” , Fuzuliy “Manamki” , “Dun soya soldi” ). Bulardan, ayniqsa, Hofiz Xorazmiy va Navoiy tarkibbandlari alohida mavqega ega.

Tarkibband qofiyalanishi va kompozitsion tuzilishi jihatidan tarji’bandga o’xshaydi. Faqatgina tarkibbandda aynan takrorlanuvchi bayt bo’lmaydi, balki har bir band oxirida yangi va mustaqil qofiyaga ega bo’lgan vosila bayt ishlatiladi , u go’yo har bandga xulosa yasaydi.

2 . Ma’lumki, o’zbek lirik poeziyasining janr jihatidan boyib, mukammal holga kelishi bevosita Navoiy nomi bilan bog’liq. Xuddi shunday tarkibbandning ham Navoiy ijodidagi o’rni alohidadir. Alisher Navoiyning tarkibbandi marsiya yo’nalishida bo’lib, ustozi va do’sti Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bag’ishlangan. Tarkibbandda shoirning aziz insonidan ayrilishi tufayli vujudga kelgan qalb og’riqlari, dardli hissiyotlari , alam-u iztirtoblari bayon qilinadi . Shoir, ayniqsa, Sayyid Hasan Ardasher vafot etgan vaqtda Hirotdan uzoqda bo’lganligi, u bilan vidolasha olmaganligidan cheksiz iztirob chekadi.


Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling