Garchi ul ravzai Rizvon sari raftor etti,
Hajridin umrni ahbobqa dushvor etti.
Garchi xuro yuzi shami bila yorutti kozin,
Motami bizga yorug dahr yuzin tor etti.
Garchi uchmoq sari azm etti, bale olamni
Vahki, tomug otidin elga namudor etti.
Garchi ul bordi baqo mulkiga, lekin yuz alam
Sogidin charxi fano ahliga izhor etti.
Faqr xurshidi fano shomi uyoqti ne ajab,
Ki quyoshini falak dogi nigunsor etti.
Ochti ul shami valoyatki, falak motamida
Qora kiydi-yu duri ashkini iysor etti.
Garchi faqr ahliga bu nav azo kam tushti,
Meni savdozodaga ozgacha motam tushti.
Tarkibbanddagi yuqorida keltirilgan baytlarni batafsilroq tahlil qiladigan bolsak: Navoiy Sayyid Hasanni ravzai jannat sari raftor etib , dostlarining hayotini qiyin qildi, yani uning hajrida dost-u birodarlari azob chekganini, motami ular uchun yorug dunyo yuzini tor qilgani yozilgan. U dostini jannat sari azm etib, elni dozax otida yondirganini chuqur iztirob ila qalamga oladi. Sayyid Hasanning olimidan song valiylik shami ochib , butun falak qora kiyinib motam tutdi, garchi oddiy odamlarga bu motam kamroq tushdi, lekin Navoiy uchun bu yoqotish uni chuqur qayguga solganini sezish qiyin emas.
Navoy bilan Sayyid Hasan orasidagi yaqinlik, insoniy mehr-oqibat shunchalik kuchli bolganki, ular bir - birlarini qiyomatli ota ogil hisoblaganlar. Bu faqirga ota masobasida ( martabasida) erdi , - deyiladi Majolis un- nafois da. Soqiynoma da esa Sayyid Hasanni ota martabasidagi motabar kishi bolishi bilan birga, tariqat piri ekanini ham qayd etadi.
3. Tarkibband janrinig bir qancha murakkabliklari bolganligi sababli har qanday shoir ham bu janrda qalam tebrata olmagan. Xususan, Navoiy ham ozining dost-u birodari, ustozi deb bilgan insonlarning xotirasiga bagishlab yozgan marsiyasida tarkibband janriga murojaat qilgan.
Tarkibbandlar boshqa lirik janrlarga qaraganda hajm jihatidan katta hisoblanadi. Shuning uchun ham marsiya uchun Navoiy aynan shu janrni tanlagan. Chunki ayni shu janrda lirik kechinmalar keng kolamda, tolaqonli aks ettirish imkoniyati mavjud. Marsiyada ham keltirilayotgan mavzu banddan bandga kochgan sari tobora yaqinroq ochila boradi, gazal korinishidagi bandlarning har qaysisi ifodalanayotgan qaygu, dardni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Bandlarning qofiya tuzilishi ulardan har birining tasirchan va serjiloligini, ifodalanayotgan alamli ayriliqning dardi nechoglik zalvorli va azobli ekanligini taminlab, korsatib turadi.
Alisher Navoiy ilk bor bu janrni Sayyid Hasan Ardasher vafoti munosabati bilan bitgan sherida qollaydi. Ayni shu tarkibband Navodir ush- shabob ga kiritilgan bolib 56 baytdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |