«Ёш эколог» тўгараги учун ўқув режа ва дастури
Orol boʻyi hududining ekologik muammolari
Download 117 Kb.
|
Yosh ekolog va tabiatshunos dastur
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulot
8.Orol boʻyi hududining ekologik muammolari.
Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi. Amaliy mashg‘ulot: Orol dengizining qurib borish sabablari nimadan kelib chiqqan. Suvdan oqilona foydalanish yo‘llarini o‘rganish. Xarita yordamida Orol dengizining oldinga va hozirgi holatini taqqoslash. 9.Havo gigiyenasi, uning ximiyaviy va fizikaviy holati Havo eng muhim omil bo’lib, usiz inson organizmi o’z hayotiy funksiyalarni uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin bo’lgan elektrik kuchlar va har-xil radiatsiyalar harakati maydoni bo’lib xizmat qiladi. Havoning tarkibini o‘rganish. Havo qatlamlarini o‘rganish. Havoning insonga ta’siri. Amaliy mashg‘ulot: Havo va odam nafas olish organlarining unga ta’siri. 10.Atmosfera havosini ifloslovchi manbalar. Atmosfera ifloslanishi kelib chiqishiga ko‘ra, tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Atmosfera tabiiy ifloslanishida kosmik changlar, vulqonlarning otilishidan vujudga kelgan moddalar, o‘simlik va hayvonlarning qoldiqlari dengiz suvining mavjlanishidan havoga chiqqan tuz zarrachalari ishtirok etadi. XX asr oxirlariga kelib, atmosfera ifloslanishining 75%ini tabiiy ifloslanish tashkil etdi. Qolgan 25%i inson faoliyati natijasida ro‘y berdi. Yashil o‘simliklar va atmosfera. Ularning bir-biriga bo‘lgan ta’siri. Yashil o‘simliklarning tutgan o‘rni va ahamiyati. Amaliy mashg‘ulot: O‘simliklarning chang yutish hususiyatlari va o‘zidan kislorod chiqarishi. O‘quv maydoncha va bino atrofidagi o‘simliklarni kuzatish. Ularning tabiatga bo‘lgan ta’sirini o‘rganish. Download 117 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling