Ёшларни оилага тайёрлаш ижтимоий вазифа сифатида


D.Sh,Avazyazova 02.02.2023


Download 1.96 Mb.
bet4/9
Sana18.02.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1209516
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1- maruza

D.Sh,Avazyazova 02.02.2023

Fanning predmetini - odamlarning jamiyatda birgalikdagi ish faoliyatining natijasida hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarni tushuntirib beruvchi fandir deb ta’rif berishimiz mumkin.


Demak, har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning sotsial normalariga rioya qilgan holda o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan o‘rnatadigan murakkab o‘zaro munosabatlari va ularning ta’sirida hosil bo‘ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish sotsial psixologiyaning muhim tomonidir. Bundan kelib chiqadigan umumiy ta’riflarga, sotsial psixologiya, sotsial muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir.


02.02.2023
*Amerikalik olim Gordon Uillard Ollport (1897-1967) sotsial psixologik g‘oyalarning yaratilishi va rivojlanishi falsafa bilan, uning ko‘zga ko‘ringan arboblaridan hisoblangan Platon nomi bilan bog‘liq, deb yozgan edi.
*Platon o‘zining «Davlat» va «Qonunlar» deb atalgan dialoglarida shaxsning jamiyat bilan aloqalari masalasiga to‘xtalib, jamiyat individga nisbatan o‘zgarmas bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga bo‘ysunadi, degan fikrni himoya qilgan. Unga qarama-qarshi fikrni Aristotel bayon etib, individni barcha sotsial o‘zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi psixologik tizimlar bor, deb yozadi
D.Sh.Avazyazova 02.02.2023

*Ya’ni, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabat masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo‘lgan bo‘lsa, Aristotelda bu narsa shaxs foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi yangi davr faylasuflari Tomas Gobbs, Klod Adrian Galvetsiy, Jon Lokk, Jan Jak Russo, Vilgelm Gegel, Nikollo Makiavelli, Sharq 13 faylasuflaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-qarshiliklarini ilmiy asosda sharhlashga urindilar, lekin hech qaysisi bu muammoni sotsial psixologik muammo darajasiga ko‘tara olmadi.


02.02.2023
*XIX asrning o‘rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora o‘sib borishi, turli xalqlarning bir mamlakatdan ikkinchisiga ko‘chishi, ya’ni migratsiya munosabati bilan qator sotsial fanlar rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar paydo bo‘ldi. Ayniqsa, tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, arxeologiya, huquqshunoslik va boshqa fanlar shakllanib, rivojlandi. Masalan, ingliz olimi etnolog Edvard Teylor (1832-1917) ibtidoiy jamoa tuzumidagi madaniyatni to‘liq o‘rganib chiqdi, amerikalik etnogrof Lyuis Genri Morgan (1818-1881) hindular turmush tarzini tahlil qilib chiqdi, fransuz olimi Lyusyen Levi-Bryul’ esa ibtidoiy odam tafakkuri xususiyatlarini o‘rganar ekanlar, ular u yoki bu etnik, milliy guruhning psixologiyasini, ularga madaniy maishiy muhitning ta’sirini o‘rganishga majbur bo‘lishdi. Ya’ni ular alohida individ u yoki bu yillar vakili psixologiyasi sotsial jarayonlar bilan nechog‘li bog‘liq ekanligini nazariy jihatdan isbot qildilar.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling