Etish maqsadida institut xodimlarining ish faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini amaliyotga
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
KPI Nizomi
etish maqsadida institut xodimlarining ish faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini amaliyotga tatbiq etish va uni takomillashtirib borish bо„yicha Komissiya tarkibi tuziladi va institut Kengashida tasdiqlash uchun kiritiladi. Tasdiqlangan komissiya mavjud natijalarni kо„rib chiqadi va rag„batlantirishni belgilab beradi. 1.5. Komissiya о„z faoliyati davomida qarorlar qabul qilishda xolislik, ochiqlik, oshkoralik va belgilangan tartiblarga qat‟iy amal qilish tamoyillariga tayangan holda ish olib boradi. II. Komissiyaning asosiy vazifa va vakolatlari 2.1. Institut xodimlarini moddiy rag„batlantirish va oylik maoshiga ustama haq belgilash maqsadida Komissiyaga kelib tushgan dastlabki baholash natijalarini о„rganib chiqqan holda mazkur Nizom bilan tasdiqlangan mezonlarga asosan munosib nomzodlarni aniqlash va tasdiqlash, moddiy rag„batlantirishlarning miqdorini hamda muddatini belgilash; 2.2. Institut xodimlarining (yoki oila a‟zolarining) murojaatiga kо„ra favqulodda hollarda (og„ir jarohat olganda, og„ir kasallikka chalinganda, tabiiy ofatdan zarar kо„rganda, о„zi yoki birinchi darajali qarindoshlari vafot etganda va boshqa hollarda) ularga kо„rsatiladigan moddiy yordam miqdorini belgilash; 2.3. Jamoatchilik kengashlari va Xotin-qizlar masalalari bо„yicha kengash raisiga hamda fakultet xotin-qizlar kengashi raislariga qо„shimcha ustama belgilashi mumkin. 2.4. Institut xodimlarining navbatdagi о„quv yoki (chorak) kalendar yili davomida faoliyatini baholash bо„yicha monitoring ishlarini olib borish hamda xodimlarning mehnat faoliyatida aniqlangan о„zgarishlarni mezon asosida moddiy rag„batlantirish va oylik maoshiga ustama haq belgilash miqdori va muddatlarini qayta kо„rib chiqish yoki bekor qilish bо„yicha qarorlar qabul qilish. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling