«etnomadaniyat»


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Download 5.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/41
Sana13.07.2017
Hajmi5.23 Kb.
#11133
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: 
 
Tarixiy  ong,    etnik  ong,  ijtimoiy  ong,  tarixiy  xotira,  etnik  xotira,  tarixiy  xotira 
darajalari,  tarixiy  xotiraning  selektiv  xususiyati,  tarixiy  ongni  ilmiy  asosda  shakllantirish, 
tarixiy xotirada san’at, urf-odat, marosimlarning ifoda etilishi va hk. 
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. 
Etnik xotira  deganda nimani  tushunasiz? 
2. 
Tarixiy xotiraga umumiy tarzda ta’orif bering... 
3. 
Tarixiy ong nima? 
4. 
Prezident Islom Karimovning  “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q”   asarlarida bu  
borada qanday fikrlar o‘rtaga tashlangan? 
5. 
Tarixiy  va etnik xotirani qiyoslang... 
 
6. 
Ijtimoiy xotira nima? 
7. 
Ijtimoiy xotirada xususiy etnik voqelikni aks etishini  izohlang... 
8. 
Badiiy adabiyot, san’at asarlarida  tarixiylik va tarixiy xotira qay tarzda 
 
namoyon bо‘ladi?  
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Karimov I. A. XXI asr busagasida. T.:О‘zbekiston, 1997 y. 
2. 
Karimov I. A Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q./ / Biz  kelajamizni о‘z 
 
qо‘limiz bilan quramiz. – T.:О‘zbekiston, 1999. T.7. 
3. 
Arutyuyan Y.V. EtnosotsiologiY. M. 1984 y. 
4. 
Bromley. Y. V. Etnos i etnografiY. M. 1983 y. 
5. 
Alimov X. Milliylik va ijtimoiy ruxiyat. T. 1992y. 
6. 
Rahmonov R., Fayziyev F. T.:  Yoshlar dunyoqarashi shakllanishida 
 
tarixiy  
ong va tarixiy xotira. – О‘zbekiston, 2008 y. 
 
Elektron ta’lim resurslari: 
 
1.www. tdpu. uz  
 
2.www. Ziyonet. uz  
 
3.www. edu. uz  
 
4.www. ma’naviyat. uz  
 
 
5.www.bilim.uz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
288 
 
 
 
19.2. Darsning texnologik kartasi 
 
 
19.1.Darsni olib borish texnologiyasi 
 
 
Talabalar  soni:  50-70 gacha 
Vaqti:2 soat. 
O‘quv mashg‘ulotining  shakli  
Informatsion baxs-munozarali dars 
Ma’ruza rejasi   
 1. Toponomika milliy o‘z-o‘zini anglash, 
etnik xotira va etnik ongning tarkibiy qismi.  
2.  Etnos  ongidan    geografik  nomlar 
yo‘qotilishining 
qatag‘on 
qilingan 
xalq 
madaniyatiga  ta’siri 
O‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi:  Talabalarning  etnos  ongning  tarkibiy  qismi 
bo‘lgan toponomikaning ahamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish. 
Pedagogik vazifa: 
O‘quv faoliyatining natijasi:  
Pedagogik vazifalar: 
 
-  Talabani  qiziqtirish,  bilim  darajasini 
oshirish, yo‘naltirish, 
boshqarish; 
- Talabani faollashtirib, yangi 
mavzuning  bayoni  va  uni 
mustahkamlashda  hamkorlikka 
chorlab, maqsadga erishish; 
- An’anaviylikning noan’anaviylik 
bilan uyg‘unlashuviga  muvaffaq 
bo‘lish 
O‘quv faoliyatining natijalari: 
Talaba: 
-  Bilim darajasi yuksaladi;     
-  Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib 
boradi; 
- Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; 
- Yangi mavzuning bayoni  va uni 
mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; 
- Mavzuni atroflicha  o‘rganishga erishadi; 
- Faol harakat shakllanadi. 
O‘qitish usullari va texnika 
Vtizual ma’ruza, “Tarmoqlash”, “FSMU” 
uslubi 
O‘qitish vositalari 
Kompyuter 
texnologiyasi  
(“Etnomadaniyat”  fanidan  elektron  o‘quv 
uslubiy  majmua) Slaydlar 
O‘qitish  shakli 
Jamoa bo‘lib ishlash 
O‘qitish shart-sharoitlari 
Texnik  vositalar  bilan  ta’minlangan, 
o‘qitish  usullarini  qo‘llash  mumkin  bo‘lgan 
o‘quv xona. 
Monitoring va baholash 
Kuzatish,  og‘zaki  nazorat,  savol-javobli 
so‘rov, o‘quv topshiriq. 
Ish 
jarayonlari 
vaqti 
Faoliyat mazmuni 
O‘qituvchi 
Talaba 
1 bosqich. 
1.1. Ma’ruzaning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, 
Tinglaydi, 
19-mаvzu : TOPONOMIKА – ETNOS ONGNING 
TАRKIBIY QISMI 
 

 
289 
 
 
 
 
1-ilovа: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘quv  mаshg‘ulotining  mаqsаdi:  Tаlаbаlаrning  etnos  ongning  tаrkibiy  qismi 
bo‘lgаn toponomikаning аhаmiyati to‘g‘risidаgi tаsаvvurlаrini kengаytirish. 
 O‘quv  fаoliyatining  nаtijаsi:  Tаlаbа  etnos  ongning  tаrkibiy  qismi  bo‘lgаn 
toponomikаning аhаmiyati to‘g‘risidаgi tushunchаgа egа bo‘lаdi.  
 
                                                                                                     
     
 
 
 
 
Kirish 
(10 daqiqa) 
o‘quv  mashg‘ulotining  maqsadi  va  o‘quv  faoliyat 
natijalarini tushuntiradi (1-ilova) 
mavzu nomini 
yozib oladi 
1.2. Mashg‘ulotni o‘tkazish shaklini e’lon qiladi  
Yozib oladi 
2 bosqich. 
Asosiy 
jarayon 
(60 daqiqa) 
2.1. Mavzu rejalari boyicha ma’ruza qiladi  
(2-ilova)  
2.2. 
Mavzuni 
mustahkamlash 
maqsadida  
talabalarga  “Tarmoqlash”  va  “FSMU”    texnikasidan 
foydalangan  holda  topshiriqlar  beradi,  talabalarni 
topshiriq  savollari  va  javoblarini  qog‘ozga  tushirib, 
javob  tayyorlashlariga  imkon  yaratadi,    sо‘ng 
javoblardan 
namunalar 
tinglab, 
fikrlarni 
umumlashtiradi,  xulosalarga  alohida  e’tibor  beradi. 
(3-ilova) 
Yozadi, savolga 
javob beradi. 
 
3 bosqich. 
Yakuniy 
bosqich 
(10 daqiqa) 
3.1 Mavzu boyicha umumiy xulosa qilinadi.  
Tinglaydi 
3.2.  Talabalarning  baholash  mezonlarini  e’lon 
qilinadi 
Yozib oladi 
3.3.  Mavzu  yuzasidan  savollarni  ekranga 
chiqarib,    ularga  yozma  tarzda  javob  yozib  kelish 
topshgiradi va darsga yakun yasaydi(4-ilova). 
Javob yozadi 
MАVZU: Toponomikа – etnos ongning tаrkibiy qismi 
Rejа 
1. Toponomikа milliy o’z-o’zini аnglаsh, etnik xotirа vа etnik 
ongning tаrkibiy   qismi.  
2.  Etnos  ongidаn    geogrаfik  nomlаr  yo’qotilishining  qаtаg‘on 
qilingаn xаlq mаdаniyatigа  tа’siri 
 

 
290 
 2-ilovа: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toponomika milliy о‘z-о‘zini anglash, etnik xotira va 
etnik ongning tarkibiy qismidir 
Jug‘rofiy nomlar, ya’ni joy nomlari fanda toponimiya deb ataladi. 
Toponimiya  asli  yunoncha  sо‘z  bо‘lib,  “topos”  –  joy  va  “onoma”  – 
nom, ya’ni joy nomi degan ma’noni beradi. 
Joy  nomlari  tarixiy  о‘tmishni  о‘zida  aks  ettirgan  bir  kо‘zgudir. 
YA’ni  ular  bugungi  avlodda    milliy  o’z-o’zini  anglash  tuyg‘uchini 
shakllantiradi,  etnik xotira ni uyg‘otib , etnik ongning tarkibiy qismiga 
aylanadi.  
Ular  bizga  turli  tarixiy  xalqlar,  elatlar,  ularning  urf-odatlari, 
yashash  tarzi,  kasb-korlari  va  boshqa  xususiyatlari  tо‘g‘risida 
ma’lumot beradi.  Biz о‘zimiz  yashayotgan yerdagi joy nomlari orqali 
о‘tmishda  bu  yerlarda  kimlar  yashaganligi,  ular  qaysi  tilda 
gaplashganligi,  qanday  urf-odatlarga  va  diniy  e’tiqodlarga  amal 
qilganliklari,  qaysi  urug‘  va  qabilaga  mansubligini  bilib  olishimiz 
mumkin.  Shuning  uchun  ham  tarixchilar,  arxeologlar,  etnograflar  va 
tilshunoslar  tez-tez  joy  nomlariga  murojaat  qilishib,  ulardan  о‘zlariga 
zarur bо‘lgan ma’lumotlarni olishadi.           
 
Etnos ongidan  geografik nomlar yo’qotilishining 
qatag‘on qilingan xalq  madaniyatiga  ta’siri 
Sobiq sovet tuzumi davrida qatag‘on  qilingan xalqlarning ijtimoiy 
ongida    toponomik  nomlar    unutilgandi.    Bu    qatag‘on  qilingan 
xalqlarda etnohududning yо‘qligi bilan bog‘liq edi. 
Qatag‘on  qilingan  xalqlarning  etnik  ongidan  ular  yashagan 
hududning  geografik  nomi  yо‘qotilib,  etnos  ongidan    geografik 
nomlarning yо‘qotilishi qatag‘on qilingan xalq madaniyatiga  о‘zining 
salbiy  ta’sirini  kо‘rsatmay  qolmadi.    О‘z-о‘zidan  ayonki  etnos 
xotirasidan  milliy  toponomlarning  yо‘qotilishi  ma’naviy  tiklanishning  
buzilishiga yо‘naltirilgan harakat edi. 

 
291 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-ilovа: 
1-O‘quv topshiriq: 
“Tаrmoqlаsh” usulidаn foydаlаnib, jаvob toping 
 
Muhim  muаmmoning  yechimini  topishgа  yordаm  berаdi  vа  “Tаrmoqlаsh” 
usuli orqаli muаmmo hаl qilinаdi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                    
 
 
                      
 
 
            
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
            
 
          
 
 
 
 
 
     
Joy nomlarining 
yoshlarda milliy о‘z-о‘zini 
anglash tuyg‘usini 
shakllantirishga ijobiy 
ta’siri 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Joy nomlari guruhlari: 
-
 
Joyning xolati, xosiyati, yer yuzasi va iqlimiga bog‘liq nomlar. 
-
 
Suv obyektlariga bog‘liq nomlar 
-
 
О‘simlik va xayvonlarga bog‘liq nomlar 
-
 
 Foydali qazilmalarga bog‘liq nomlar 
-
 
Xunar-kasbdan olingan nomlar 
-
 
Xо‘jalik buyumlaridan olingan nomlar 
-
 
 Xalq, qabila va urug‘larga bog‘liq nomlar 
-
 
Axolining ijtimoiy axvolidan kelib chiqqan nomlar 
-
 
Shaxslarning ism familiyalariga qо‘yilgan nomlar 
-
 
Afsona va diniy nomlar 
-
 
G‘aroyib nomlar        -  Migratsion nomlar 
-
 
 Xato nomlar             - Yangi zamon nomlari 
 

 
292 
FSMU texnologiyasi 
 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 
 
 
Jаdvаlni to‘ldiring 
1-guruh 
 
Sаvol 
Toponomikа  etnik  xotirа  vа  etnik  ongning 
tаrkibiy qismi degаndа nimаgа tаyanаmiz? 
(F) Fikringizni bаyon eting 
 
(S)  Fikringiz  bаyonigа  sаbаb 
ko‘rsаting 
 
(M)  Ko‘rsаtgаn  sаbаbingizni 
isbotlovchi dаlil keltiring 
 
(U)Fikringizni umumlаshtiring 
 
2-guruh 
Sаvol 
Milliy  toponomlаrning  yo‘qotilishi  mа’nаviy 
tiklаnishning  buzilishigа yo‘nаltirilgаn hаrаkаt  
ekаnligini izohlаng... 
(F) Fikringizni bаyon eting 
 
(S)  Fikringiz  bаyonigа  sаbаb 
ko‘rsаting 
 
(M)  Ko‘rsаtgаn  sаbаbingizni 
isbotlovchi dаlil keltiring 
 
(U)Fikringizni umumlаshtiring 
 
 
 
 
Ushbu  texnologiya  munozarali  masalalarni  hal  etishda  xamda  о‘quv 
jarayonini  baxs-munozarali  о‘tkazishda  qо‘llaniladi,  chunki  bu  texnologiya 
talabalarni  о‘z  fikrini  ximoya  qilishga,  erkin  fikrlash  va  о‘z  fikrini 
boshqalarga  о‘tkazishga,  ochiq  holda  baxslashishga  hamda  shu  bilan  birga 
baxslashish  madaniyatini  о‘rgatadi.Tinglovchilarga  tarqatilgan  oddiy 
qog‘ozga о‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar 
yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. 
F – fikringizni bayon eting 
S – fikringiz bayoniga sabab kо‘rsating 
M – kо‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring 
U-   fikringizni umumlashtiring 
 
 

 
293 
4- ilovа: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MAVZU: Toponomika – etnos ongning tarkibiy qismi 
Reja 
1. Toponomika milliy o‘z-o‘zini anglash, etnik xotira va etnik ongning tarkibiy 
   qismi.  
2. Etnos ongidan  geografik nomlar yo‘qotilishining qatag‘on qilingan xalq  
   madaniyatiga  ta’siri 
1-masalaning  bayoni:          Yer  yuzida  mavjud  bо‘lgan  har  bir  narsaning  о‘ziga  xos 
atamasi bor. Insonlar uchun о‘zlarining nomlari qanchalik zarur bо‘lsa, о‘z atrofida bо‘lgan 
narsalarning  nomlanishi  ham  shunchalik  muhim  hisoblanadi.  Jug‘rofiy  obyektlarning 
nomlanishi shular jumlasidandir. Jug‘rofiy nomlar, ya’ni joy nomlari fanda toponimiya deb 
ataladi. Toponimiya asli yunoncha sо‘z bо‘lib, “topos” – joy va “onoma” – nom, ya’ni joy 
nomi  degan  ma’noni  beradi.  Joylarning  nomlanishi  qanday  paydo  bо‘lgan?  Nima  uchun 
joylarga nom qо‘yiladi?       
 Insoniyat  vujudga  kelib,  rivojlana  boshlagan  dastlabki  vaqtdanoq  joy  nomlariga 
ehtiyoj  seza  boshlagan.  Bu  ehtiyoj  ularga  joylarni  bir-biridan  farqlash,  о‘zlariga  kerak 
bо‘lgan  joy  va  manzilni  topish  zaruratidan  kelib  chiqqan.  Agar  joylarga  biron  bir  nom 
berilmaganda,  odamlarga  yashash  uchun  kо‘pgina  qiyinchiliklar  tug‘ilardi.  Shaharlar, 
qо‘rg‘onlar,  qishloqlar,  tumanlar,  viloyatlar  va  hatto  kо‘chalar,  mahallalar  nomlanmasa, 
odamlar о‘zlariga kerakli manzillarni topa olmas, pochta, telegraf va telefon stansiyalari esa 
ishlay  olmas  edi.  О‘z  navbatida,  bu  holat  transport  harakatiga  ham  salbiy  ta’sir  kо‘rsatgan 
bо‘lardi.         
Joy  nomlarining  vazifasi  hilma  xil.  Shulardan  birinchisi  va  asosiysi  kerakli  manzilni 
aniqlash  va  topish  vazifasidir.  Lekin  ularning  yana  bir  muhim  vazifasi  bor.  Joy  nomlari 
kо‘pgina jihatdan bizga kerakli bо‘lgan ma’lumotlarni ham berishi mumkin. Uning tarixiy, 
jug‘rofiy va lisoniy (lingvistik) jihatdan beradigan ma’lumotlari shular jumlasiga kiradi.       
Joy nomlari tarixiy о‘tmishni о‘zida aks ettirgan bir kо‘zgudir. YA’ni ular bugungi avlodda  
milliy o‘z-o‘zini anglash tuyg‘uchini shakllantiradi,  etnik xotira ni uyg‘otib , etnik ongning 
tarkibiy qismiga aylanadi.  
Ular bizga turli tarixiy xalqlar, elatlar, ularning urf-odatlari, yashash tarzi, kasb-korlari 
va  boshqa  xususiyatlari  tо‘g‘risida  ma’lumot  beradi.  Biz  о‘zimiz  yashayotgan  yerdagi  joy 
nomlari  orqali  о‘tmishda  bu  yerlarda  kimlar  yashaganligi,  ular  qaysi  tilda  gaplashganligi, 
qanday  urf-odatlarga  va  diniy  e’tiqodlarga  amal  qilganliklari,  qaysi  urug‘  va  qabilaga 
mansubligini  bilib  olishimiz  mumkin.  Shuning  uchun  ham  tarixchilar,  arxeologlar, 
Mavzuni mustahkamlash  uchun savollar: 
 
Toponomika nima? 
 
Qatag‘on  qilingan  xalqlarning  ijtimoiy  ongida  toponomik  nomlar 
qay tarzda ifodalanadi? 
 
Qatag‘on  qilingan  xalqlarning  etnik  ongidan  ular  yashagan 
hududning geografik nomining yо‘qotilishi sabalarini  izohlang... 
 
Mavzudan chiqargan xulosalaringiz... 

 
294 
etnograflar  va  tilshunoslar  tez-tez  joy  nomlariga  murojaat  qilishib,  ulardan  о‘zlariga  zarur 
bо‘lgan ma’lumotlarni olishadi.        
Alisher  Navoiyning  «Tarixi  muluki  ajam»  asari  uning  ajoyib  tarixchi  ekanidan  darak 
beradi.  Bu  asarini  yozar  ekan,  muallifning  о‘zidan  ilgari  о‘tgan  mashhur  tarixchilar 
asarlarini qunt bilan о‘rganib chiqqani kо‘zga yaqqol tashlanadi.Asarda Eronning afsonaviy 
va  tarixiy  hukmdorlaridan  tо‘rt  sulola  —  Peshdodiylar,  Kayoniylar,  Ashkoniylar  va 
Sosoniylar hamda shu  sulolalarning har biriga  mansub bо‘lgan podshohlar haqida  alohida-
alohida tо‘xtalib о‘tadi. Va о‘z о‘rnida podshohlar xususida sо‘z ketar ekan, ular yashagan, 
hukmronlik  qilgan  xududlar  ham  tilga  olinadi.Geografik  joy  nomlari  har  bir  xalq  tilida 
ma’lum  qatlamni  tashkil  qiladi.  Lekin  toponimlar  haqida  ham  kishi  ismlari  singari  tadqiq 
ishlari  olib  borilmoqda.  Toponimlar  bevosita  xalq  tarixi  bilan  bog‘liqdir.  Kо‘pchilik 
hollarda mikro va makrotoponimlarda uzoq о‘tmishning «belgi»lari  saqlanib qoladi. Mana 
shu  «belgi»lar  vositasida  mazkur  joy  yoki  millat  tarixi  yana  qо‘shimcha  faktlar  bilan 
boyiydi,  xalq  tasavvuridagi  ayrim  notо‘g‘ri  xulosa,  qarashlar  faktlar  asosida 
oydinlashtiriladi. Shuning uchun ham tilshunoslikda toponimik tadqiqotlar keng о‘rin olgan. 
Alisher Navoiy asarlarida eski о‘zbek adabiy tili lug‘at sostavida boshqa turkumdagi sо‘zlar 
kо‘p  uchragani  singari,  295  ta  georgafik  nomlar  uchraydi.1  Xususan,  Alisher  Navoiyning 
«Tarixi  muluki  ajam»  asarida  ham  taxminan  100  ga  yaqin  geografik  joy  nomlari 
uchraydi.Ulardan  ayrimlari  quyidagilar:ERAM  —  afsonaga  kо‘ra,  xudolikni  da’vo  qilgan 
Shaddod  ismli  podshoning  barpo  etgan  bog‘i(200);YAMAN  —  Arabiston  janubidagi 
mamlakat  nomi(200);SHODRUVON  —  joy  nomi(226);BAHRAYN  —  Fors  qо‘ltig‘idagi 
orol(210);HARAM  —  Misr(200);AMU  —  Amudaryo,  daryoning  nomi(203);UMMON  — 
Katta  dengiz,  hozirgi  Arabiston  dengizi(200);MAG‘RIB  —  О‘rta  asrlarda  О‘rta  dengiz  va 
Afrika  al-Mag‘rib  deyilgan(bunda  Jazoyir,  Tunis,  Marokash  yerlari  tushunilgan)(189); 
DURRI  SAFID  —  Erondagi  qо‘rg‘on  nomi  (197);ZOBILISTON  —  Xurosonning 
janubidagi  viloyat  nomi,  Kobul  atrofidagi  yerlar,  markazi  Zovil(231);ARAB  —  Arabiston 
yarim  oroli,  Arab  mamlakati(226);FARG‘ONA  —  Movarounnahrdagi  о‘lka  va  shahar 
nomi(225);MAKKA — Arabistondagi shahar va hk. 
 
  Har bir joy nomida ma’lum bir ma’no va mazmun bо‘ladi. Lekin vaqt о‘tishi bilan uning 
shakli  о‘zgargan  bо‘lishi  mumkin.  Mavjud  geografik  nomlarning  kelib  chiqishiga  qarab 
shartli ravishda quyidagi guruxlarga bо‘lish mumkin. 
1.  
Joyning xolati, xosiyati, yer yuzasi va iqlimiga bog‘liq  nomlar. 
 
2.
 
Suv obyektlariga bog‘liq nomlar 
3.
 
О‘simlik va xayvonlarga bog‘liq nomlar. 
4.
 
Foydali qazilmalarga bog‘liq nomlar. 
5.
 
Xunar-kasbdan olingan nomlar. 
6.
 
Xо‘jalik buyumlaridan olingan nomlar. 
7.
 
Xalq, qabila va urug‘larga bog‘liq nomlar. 
8.
 
Axolining ijtimoiy axvolidan kelib chiqqan nomlar. 
9.
 
Shaxslarning ism familiyalariga qо‘yilgan nomlar. 
10.
 
Afsona va diniy nomlar. 
11.
 
G‘aroyib nomlar. 
12.
 
Migratsion nomlar. 
13.
 
Xato nomlar. 
14.
 
Yangi zamon nomlari
Natijada  undan  anglashgan  ma’no  ham  yo  о‘zgargan  yoki  noaniq  holga  kelib  qolgan 
bо‘ladi. Bunday joy nomlarini qaysi tilga mansub ekanligini, ularning qanday yо‘llar bilan 

 
295 
yasalganligini  va  qanday  ma’no  anglatishini   faqat  til  qonuniyatlari  asosida  lisoniy 
(lingvistik) tadqiqotlar о‘tkazish yо‘li bilan aniqlash mumkin.        
 Joy nomlari о‘z ijodkorlari bо‘lmish insonlar kabi jonli bir jarayondir. U ham tug‘iladi 
va  ma’lum  bir  davr  yashaydi.  Vaqt  о‘tishi  bilan  uning  shakli  va  shunga  bog‘liq  ravishda 
mazmuni  о‘zgarishga  uchraydi.  U  о‘z  umrini  yashab  bо‘lgach,  о‘ladi.  Joy  nomlarining 
yashovchanligi  ham  turlicha  bо‘ladi.  Shunday  nomlar  borki,  ular  asrlar  davomida  yashab 
kelmoqda. Bu xususiyat  yirik obyektlar nomlariga xos bо‘lishi mumkin. Bunday obyektlar 
sirasiga  tog‘lar,  tog‘  tizmalari,  katta  daryolar,  aholisi  kо‘p  bо‘lgan  yirik  shaharlar  va 
qishloqlarni kiritish mumkin.  
1996  yil  31  mayda  О‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasi  «О‘zbekiston 
Respublikasidagi  ma’muriy  –  birliklar,  axoli  punktlari,  tashkilotlar  va  boshqa  toponimik 
obyektlarni  tartibga  solish  tо‘g‘risida»  qaror  qabul  qildi.  Qarorda  joylarda  toponimik 
obyektlarning  eski  tuzumga  xizmat  qiladigan    xalqimizning  tarixi  milliy  an’analariga 
bog‘liq  bо‘lmagan    nomlarning  saqlanib  turganligi  qoralanadi  va  boshqa  nomlar 
almashtirish lozimligi, bu ishni boshlash va tugallashni aniq muddati belgilandi. 
Geografik  obyektlarni  nomlash  masalasiga  shaxsan    Respublika  Prezidenti  I.A. 
Karimov  katta  e’tibor  bilan    qaramoqda.  I.A.  Karimov  bir  qator  viloyatlarda,  О‘zbekiston 
Oliy Majlisi Kengashlarida sо‘zlagan nutqlarida joy nomlariga munosabat, joylarni nomlash 
va  о‘zgartirish  о‘ta  ma’suliyatli  ish    ekanligini,  bunda  milliy  ma’naviyat,  milliy  qadriyat 
an’analariga Mustaqillik yо‘lidagi ideallarga amal qilish lozimligini ta’kidlamoqda. 
2-masalaning  bayoni:   Shunday  nomlar  bо‘ladiki,  ular  yaratilgandan  sо‘ng  ma’lum 
bir davr yashaydi va turli voqea-hodisalar ta’sirida о‘z umriga xotima yasaydi.         
 
Davr  sinoatlariga  dosh  berolmay  faqat  joy  nomlarigina  yо‘qolmaydi,  balki  ularning 
ijodkorlari  bо‘lgan  xalq  va  uning  tili  ham  yо‘qlik  sari  yuz  tutishi  mumkin.  Yer  yuzidan 
ma’lum xalqning yoki tilning yо‘qolishi, о‘z navbatida, joy nomlarining taqdiriga ham katta 
ta’sir  kо‘rsatadi.  О‘sha  xalq  tomonidan  yaratilgan  joy  nomlari  vaqt  о‘tishi  bilan  yо‘qolib 
ketishi  yoki  keyingi  til  vakillarining  talaffuzi  natijasida  kuchli  fonetik  о‘zgarishga  uchrab, 
tushunarsiz  holga  kelib  qolishi  mumkin.  Tilning  yuqolib  ketishi   saqlanib  qolgan  qadimgi 
joy  nomlarining  shakl  va  ma’nolarini  tiklash  hamda  о‘rganishga  о‘ziga  xos  qiyinchilik 
tug‘diradi.  Bizga  tarixdan  ma’lumki,  о‘lkamiz  hududida  о‘tmishda  qadimgi  xalqlarga 
mansub  bо‘lgan  sug‘dlar,  saklar,  massagetlar,  xorazmiylar,  paraganiylar,  baqtriyaliklar  
yashab  о‘tishgan.  Lisoniy  tadqiqotlarning  kо‘rsatishicha  ular  sharqiy  eroniy  tillar  sirasiga 
kiruvchi qadimgi til va lahjalarda sо‘zlashishgan. Bu tillar umumiy tarzda sug‘d, baqtriya va 
xorazm tillari deb ataladi. Bu tillar о‘zlarining lisoniy xususiyatlariga kо‘ra bir-biriga yaqin 
tillar bо‘lib, uning sohiblari bо‘lgan xalqlar о‘zlari yashagan hududdagi joylarni, geografik 
obyektlarni  shu  tillar  doirasida  nomlaganlar.  Keyingi  davrlarda  sodir  bо‘lgan  turli  tarixiy, 
ijtimoiy-siyosiy va madaniy voqea-hodisalar oqibatida bu xalqlar va ularning tillari yuqolib 
ketgan.  Ulardan  qolgan  joy  nomlarining  aksariyati  ham  yuqolgan,  о‘rniga  boshqa  nomlar 
paydo  bolgan.  Ularning  faqat  bir  qismigina  turli  fonetik  о‘zgarishlar  bilan  bizning 
davrimizga  qadar  yetib  kelgan.  Buxoro,  Samarqand,  Xiva,  Urganch,  Xorazm,  Termiz, 
Farg‘ona,  Namangan,  Quqon,  Koson,  G‘uzor,  Romitan,  Vobkent,  Shopirkon,  G‘ijduvon 
kabi  shahar  nomlari;  Abron,  Kamandi,  Lagandi,  Parg‘uza,  Vatkana,  Zachkana,  Varganza, 
Vardon,  Gushman,  Navmetan  kabi   aholi  maskanlari  nomlari  shular  jumlasidandir.         
Nomlangan  obyekt  qanchalik  katta  bо‘lsa,  uning  nomi  ham  shunchalik  turg‘un  bо‘ladi. 
Ular   kichik  obyekt  nomlariga  qaraganda  nisbatan  uzoqroq  yashashi  mumkin.  Ularga 
boshqa  geografik  obyektlar  qatori  daryo  nomlarini  ham  kiritish  mumkin.  Mamlakatimiz 
hududida  mavjud  bо‘lgan  katta  daryolar  sirasiga  kiruvchi  Amudaryo,  Sirdaryo, 
Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon, Chirchiqdaryo kabilar juda qadimiy bо‘lib, ular о‘z 

 
296 
hayotlari  davomida  kо‘plab  nomlarning  sohibi  bо‘lganlar.  О‘lkamizning  eng  yirik  daryosi 
hisoblangan  Amudaryoning  о‘tmishda   Vahrud,  Vaxsh,  Ob,  О‘kuz,  Oks,  Oksus,  Arang, 
Jayxun,  Obi  Omuya  kabi  nomlar  bilan  atalganligi  tarixiy  yozma  manbalarda  bitilgan. 
Kattaligi  jihatidan  о‘lkamizning  ikkinchi  daryosi  hisoblangan  Sirdaryoning  nomlari  esa 
yana  ham  kо‘proq  bо‘lgan.  Qadimgi  yozma  manbalarda  uning  Yaksart,  Qasart,  Xasart, 
Qonqa,  Choch  daryosi,  Gulzaryuun,  Yanji  о‘g‘uz,  Sayxun,  Banokat  daryosi  kabi  nomlari 
tilga olingan. Zarafshonning esa Jirt, Jon, Nomiq, Obi kuhak, Sug‘d daryosi, Xо‘jand suyi, 
Daytiya singari nomlar bilan atalgani tarixiy yozma manbalarda bitilgan. Qashqadaryo ham 
tarixiy yozma manbalarda  Keshkrud, Keshrud, Tum, Dumo kabi nomlar bilan tilga olingan. 
Azaldan  turli  shaharu  qishloqlar,  mahallayu  kо‘chalar,  bog‘lar,  tog‘lar,  ummonu 
daryolargacha  turfa  nomlar  bilan  atalib  kelingan.  Joy  nomlarini  tanlashda  donishmand 
bobokalonlarimiz  ular  mazmun  mohiyatiga  jiddiy  e’tibor  bilan  qaraganlar.  Biror  joyga 
shunchaki  nom  qо‘yilmagan.  Kо‘p  hollarda  joylar  tabiati,  manzarasi,  odamlarining 
mashg‘ulotlariga  mos  nom tanlangan. Masalan, kо‘hna Toshkent shahrimiz  hududida turfa 
bog‘lari  bilan  nom  chiqargan  mahallalar  –  Bodomzor,  О‘rikzor,  Olmazor,  Chilonzor, 
Mevazor,  Gulzor,  Mingchinor,  Terakzor,  Tutzor,  Archazor,  Qatortol  deb  atalgan. 
Hunarmandlar  istiqomat  qiladigan  joylar  о‘sha  kasb-hunarga  uyg‘un  holda  Sandiqchilar 
mahallasi,  Kо‘mirchilar  mahallasi,  О‘qchi  mahalla,  Beshikchilar  mahallasi,  Taqachilar 
mahallasi  deb  yuritilgan.  Ayrim  mahallalar  taniqli  hunarmandlarning  kasb-kori  va  nomi 
bilan atalgan. Masalan, Usta Shirin, Polvon ota, Olim zargar mahallasi singari. Zero, tarixiy 
ildizlarimiz nechog‘li baquvvat bо‘lganini о‘sha joy nomlari misolida kо‘rishimiz mumkin. 
«Toshkent  ensiklopediyasi»da  mahallalar  tarixiga  oid  qiziqarli  ma’lumotlar  berilgan. 
Jumladan, joy nomlarida о‘ziga xos ma’no mujassam ekan. Degrezlik (qozon quyuvchilar), 
Tojikkо‘cha  (tojiklar  yashaydigan)  va  boshqalar.  Kо‘p  mahallalar  shu  territoriyadagi  ariq, 
hovuz, kо‘prik,  masjid, joy relyefi hamda boshqa nomlar bilan atalgan va aksincha, ularga 
(kо‘proq  masjidlarga)  mahallalarning  nomlari  berilgan.  Ayni  vaqtda  «Guzar»  atamasi 
mahallalar nomiga ham о‘tgan (masalan, Eshonguzar, Shohinguzar, Guzarboshi mahallalari 
va  boshqalar).  Shaharsozlik  nuqtai  nazaridan  mahalla  negizini  katta  kо‘chaning  bir  qismi, 
nisbatan kichikroq kо‘cha yoki tarmoqlangan bir necha kichik kо‘chalar tashkil etgan. Yirik 
mahallalar  bir  necha  qismlarga  yoki  kо‘chalarga  bо‘lingan.  Vaqt  о‘tishi  bilan  ularning 
ba’zilari rivojlana borib, alohida mahalla bо‘lib ketgan. Bu jarayon mahalla nomlarida ham 
aks  etgan.  Masalan,  1-,  2-,  3-,  4-Eshonguzar,  Yuqori,  О‘rta,  Quyi  Oqmasjid,  Katta  va 
Kichik  Kamolon  mahallalarining  tarixi  bir  necha  yuz  yillarga  borib  taqalishi  sir  emas. 
Bunday  tarixiy  nomlar  hozirgacha  saqlanib  kelayotgani  e’tiborga  molikdir.  Mahallayu 
dahalarni nomlashda ajdodlarimizning ana shunday ajoyib an’analari tabiiy ravishda davom 
etganini ham teran nigoh ila kuzatish mumkin.  
Ma’naviy  qadriyatlar  orasida  joy  nomlarining  ahamiyati  qanchalik  katta  ekanligini 
sobiq  mustabid  tuzum  davri  korchalonlari  ham  yaxshi  bilganlar.  Mahalliy  aholini  shunday 
ma’naviy  merosidan  judo  qilish  maqsadida  joy  nomlarini  qanchalik  oyoqosti  qilishganini 
mustaqillikka erishgach anglaganimiz sir emas. О‘sha kezlarda kо‘pgina tarixiy nomlar atay 
yо‘qqa  chiqarilgan.  Ular  о‘rniga  tub  yerli  xalqqa  tushunarsiz  nomlar  topib  qо‘yilardi. 
Birgina  Toshkentdagi  kо‘pgina  kо‘chalarning  nomlari  ham  mutlaqo  tushunarsiz  edi,  ya’ni, 
«S–4″, «S–5″, «G–30″ga о‘xshash nomlarni qanday izohlash mumkin? Axir, о‘sha joylarda 
ham azal-azaldan insonlar istiqomat qilib kelishgan va ularning asl nomlari bо‘lgan-ku! 
Sobiq sovet tuzumi davrida qatag‘on  qilingan xalqlarning ijtimoiy ongida  toponomik 
nomlar  unutilgandi.  Bu  qatag‘on qilingan xalqlarda etnohududning yо‘qligi bilan bog‘liq 
edi. 

 
297 
Qatag‘on qilingan xalqlarning etnik ongidan ular yashagan hududning geografik nomi 
yо‘qotilib,  etnos  ongidan    geografik  nomlarning  yо‘qotilishi  qatag‘on  qilingan  xalq 
madaniyatiga    о‘zining  salbiy  ta’sirini  kо‘rsatmay  qolmadi.    О‘z-о‘zidan  ayonki  etnos 
xotirasidan  milliy  toponomlarning  yо‘qotilishi  ma’naviy  tiklanishning    buzilishiga 
yо‘naltirilgan harakat edi. 
Kezi kelganda yana bir “sun’iy muammo” haqida ham aytib о‘tish joiz. О‘sha kezlarda 
qaysidir shaxslar nomi bilan atalgan joylarda ularning familiyasi notо‘g‘ri yozib qо‘yilgani 
oqibatida  kulgili  hol  paydo  bо‘lgan.  Masalan,  Professorlar  shaharchasidagi  Xо‘jayev 
kо‘chasi kо‘rsatkichlarda – “Xodjayeva” tariqasida yozilgan. Endi о‘sha kо‘chada istiqomat 
qiluvchilardan  manzilini  sо‘rasangiz  “Xodjayeva”da  turishini  ta’kidlaydilar…  Imloviy 
xatosi yetmagandek erkak kishining familiyasi “ayolniki” bо‘lib qolgan. 
Beqiyos ma’naviy boyliklarimiz bisoti bо‘lgan mahallalarimizda nafaqat nomlar, balki 
yana  о‘nlab  asl  qadriyatlar  ham  saqlanib  keladi.  Ajdodlardan  meros  mahallalar  aslida 
qadimiy qadriyatlar beshigidir. 
Mahalla  avvalo  odamlar  boshini  qovushtiradigan,  zamonaviy  PR  (piar)  nuqtai 
nazaridan  –  jamoatchilik  bilan  aloqalarni  yо‘lga  qо‘yish  uchun  har  tomonlama  qulay 
maskan hisoblangan. Odamlarning har qanday muhim muammosi shu yerda bamaslahat hal 
etilgan.  “Kо‘pdan  kо‘p  fikr  chiqadi”,  “Maslahatli  tо‘y  tarqamas”  degan  maqollar  amalda 
mahalla  faoliyatining  mazmuniga,  ta’bir  joiz  bо‘lsa,  maqsadiga  aylanib  ketgan.  Har  bir 
mahallaning kо‘kalamzorlashtirilgan jamoat markazi, masjidi, choyxonasi, aholisining tо‘y-
hashamga,  aza-ma’rakaga  zarur  umumiy  mulki  bо‘lgan.  Tо‘y-hashamlar,  marosimlar, 
hasharlar  mahalladoshlar  о‘rtasida  mudom  mehr  rishtalarini  mustahkamlashga  xizmat 
qilgan. 
Mamlakatimizda  mahalla  faoliyatiga  jiddiy  e’tibor  qaratilayotgan  bugungi  kunda 
ajdodlarimizning ana shu ibratli ishlarini izchil davom ettirish ham farz, ham qarzdir. 
Bobolarimiz  qal’ayu  qо‘rg‘onlari  ichra  mahallalarni  barpo  etishib,  unda  nafaqat 
xalq bо‘lib turmush kechirish, ayni paytda beqiyos milliy qadriyatlarimiz urf-odatlarimiz, 
betakror  an’analarimizni  hayot  tarziga  moslab  kashf  etgan.  Shu  nuqtai  nazardan 
mahalla  –  ma’naviy  boyliklar  beshigi  bо‘lib,  unda  inson  umri  ibtidosida  kuylanadigan 
ona  allasidan  to  paymona  tо‘lgan  kezda  aytib  yig‘lashlargacha  bо‘lgan  udumlar  о‘z 
shaklu shamoyilini topgan. 
Milliy hayot tarzimiz shakllanishi  va avloddan avlodga  ma’naviy  meros sifatida 
о‘tib  kelishida  mahallalarning  о‘rni  beqiyosdir.  Asl  milliy  qadriyatlarimizni  ravnaq 
toptirishda  donishmand  bobolarimiz  avvalo  mahalla  madadiga  tayangan.  Inson  siymosiga 
mudom  jilo  berguvchi  milliy  tarbiyamiz  о‘chog‘i  ham  mahalladir.  “Mahalla  –  ota-onang”, 
“Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” kabi qadimiy maqollar zamirida ham olam-olam ma’no 
mujassam.  Zero,  Yurtboshimiz  ta’biri  bilan  aytganda,  «mahalla  –  ijtimoiy-siyosiy 
hayotimizning  kо‘zgusidir,  xalqimizning  eng  sara  an’analari,  urf-odatlari,  xususan  mehr-
shafqat, muruvvat, tо‘yda ham, azada ham es-ulusning hamjihatligi mahalla hayotida yorqin 
namoyon bо‘lgan  va bо‘lmoqda”. 
 
Download 5.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling