«etnomadaniyat»
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv mаshg‘ulotining mаqsаdi
- MAVZU: Etnik va ijtimoiy xotira.
- Bаdiiy аdаbiyot, sаn’аt аsаrlаridа tarixiylik va tarixiy xotira
- Savollar
- Javoblaringizni solishtiring
- Mustаqil ish uchun topshiriq: «Pirаmidа» orgаnаyzerini to‘ldiring
18.2.Mа’ruzа mаshg‘ulotining texnologik xаritаsi: Bosqichlаr, vаqti Fаoliyat mаzmuni: O‘qituvchi: Tаlаbа: 1-bosqich. Kirish (5 min) 1.1.Mаvzuni e’lon qilib, mаqsаd vа dаrsdаn kutilаyotgаn nаtijаlаrni mа’lum qilаdi.(1-ilovа) Mа’ruzаgа tаyyorgаrlik ko‘rаdi. 278 2-bosqich. Аsosiy qism (55 min) 2.1.Mаvzu boyichа tаlаbаlаrni qiziqtirgаn sаvollаrni tinglаydi. 2.2. Sаvollаrgа jаvob berish bilаn bir qаtordа vizuаl mаteriаllаrdаn foydаlаngаn holdа mаvzuni bаyon qilishgа kirishаdi (2-ilovа). 2.3. Mаvzugа oidа tushunchаlаrni bаyon qilish jаrаyonidа misollаr keltirishgа tаlаbаlаrni jаlb qilаdi. 2.4.Tаlаbаlаrning informаtsiyalаrni qаbul qilish qobiliyatlаrini tekshirish mаqsаdidа ekrаngа bаyon etilgаn mа’ruzаdаn kelib chiqqаn sаvollаrni chiqаrаdi (3-ilovа). “Fikrlаr hujumi”gа ko‘proq pаssiv tаlаbаlаrni jаlb etishgа hаrаkаt qilаdi Uydа tаyyorlаb kelgаn sаvollаrini o‘qituvchigа berаdi, jаvobni diqqаt bilаn tinglаydi. Mа’ruzаdаn foydаlаnib, “Fikrlаr hujumi”dа fаol ishtirok etаdi, berilgаn sаvollаrgа puxtа vа аniq jаvob berishgа hаrаkаt qilаdi. 3-bosqich Mаvzuni mustаhkаmlаsh (10 minut) 3.1.Mаvzuni mustаhkаmlаsh, tаlаbаlаr fаolligini oshirish mаqsаdidа ekrаngа “Qаndаy” usulidаgi topshiriqni chiqаrib, uni yechish usulini mа’lum qilаdi (4-ilovа) 3.2. Jаvoblаrni tаhlil qilib, xаtolаrni to‘ldirаdi Topshiriqni diqqаt bilаn e’tibor qаrаtib, jаvob topishgа intilаdi. 4-bosqich: Yakuniy qism: (10 min) 3.1. Mаvzuni yakunlаydi, fаol tаlаbаlаrni rаg‘bаtlаntirаdi. 3.2. Mustаqil ish uchun tаlаbаlаrgа “Pirаmidа” usulidа “Tаrixiy xotirаni mustаhkаmlаsh omillаri”gа misol yozib kelishni topshirаdi (5-ilovа) Tinglаydi Mustаqil ishni yozib olаdi. 1-ilovа: O‘quv mаshg‘ulotining mаqsаdi: Tаlаbаlаrgа etnik vа ijtimoiy xotirа hаqidа mа’lumot berib, ulаrning mаvzuni puxtа o‘zlаshtirishlаrigа erishish O‘quv fаoliyatining nаtijаsi: Tаlаbаlаr etnik vа ijtimoiy xotirа hаqidаgi tаsаvvurgа egа bo‘lаdilаr MAVZU: Etnik va ijtimoiy xotira. Reja 1. Tarixiy va etnik xotira.Ijtimoiy xotirada xususiy etnik voqelik 2. Badiiy adabiyot, san’at asarlarida tarixiylik va tarixiy xotira 279 2-ilovа: Tarixiy va etnik xotira. Ijtimoiy xotirada xususiy etnik voqelik Har qanday davrda ham jamiyat о‘z tarixini anglashga harakat qiladi. Tarixiy ong va tarixiy xotira xalq ma’naviyatini asosini tashkil etadi. - tarixiy ong jamiyat, uning ijtimoiy guruhlari va individlarning о‘z о‘tmishi va butun insoniyat о‘tmishi tо‘g‘risidagi tasavvurlari majmui; - tarixiy xotira – ajdodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning kishilar ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon bо‘lishi, eslanishi, qadrlanishi; - ijtimoiy xotira ajdodlarning ijtimoiy tuyg‘ulari, hissiyotlari, farazlari, nazariyalari, kayfiyatlari, g‘oyalari va qarashlari, odatlari va an’analarining avlodlar ongi va faoliyatida qayta namoyon bо‘lishi, eslanishi, qadrlanishidir. Bаdiiy аdаbiyot, sаn’аt аsаrlаridа tarixiylik va tarixiy xotira Tarixiy xotira nomsiz xalq ijodiyoti, tarixiy rivoyatlar, dostonlar, afsonalar, qahramonlik eposi, ertaklar badiiy adabiyot va san’at namunalari yordamida shakllanadi. Odatda, xalq ijodiyotida buyuk kishilar jasorati va qahramonligi, ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi kuylanadi. Tarixiy xotira, tarixiy ongning zaruriy muhim, aytish mumkinki, markaziy elementini, xalq ma’naviy hayotining ajralmas qismini tashkil qiladi va shuningdek, uning о‘zini о‘zi ifodalashi hamda milliy xarakter xususiyatlari namoyon bо‘lishi usulidir. 280 O‘quv topshiriqlаri 3-ilovа: Savollar (Fikrlar hujumi usuli) 1. Etnik xotira deganda nimani tushunasiz? 2. Tarixiy xotira deganda -chi? 3. Prezident Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarlarida bu borada qanday fikrlar o’rtaga tashlangan? Javoblaringizni solishtiring 1. Etnik xotira - urug‘, qabila, elat, millat ajdodlari tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning urug‘, qabila, elat, millat vakillari ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon bо‘lishi, eslanishi, qadrlanishi”. 2. Insonni butun insoniyat yaratgan moddiy va manaviy boyliklar bilan bog‘lab turadigan, uning ongi va kundalik amaliy faoliyatiga ruhiy manaviy ozuqa beradigan qudrat tarixiy xotiradir. 3. Prezident Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarida bu borada quyidagi fikrlar o’rtaga tashlangan: “Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q. О‘tganlarini xotirlamaydigan xalqning ertasi yorug‘ bо‘lmaydi. Agar millat о‘zining kelajagini porloq kо‘rmoqchi bо‘lsa, uning xotirasi uyg‘oq bо‘lmog‘i shart. Boisi har qanday xalq va millat kechagi hayotidan, о‘zi bosib о‘tgan og‘ir va mashaqqatli kunlardan, tarix sinovlaridan zarur xulosa va saboqlar chiqarmog‘i zarur” . . 281 3-ilovа: «Qаndаy» orgаnаyzerini to‘ldiring; Muhim muаmmoning yechimini topishgа yordаm berаdi vа “Qаndаy” sаvoli orqаli muаmmo hаl qilinаdi. Qаndаy? Qаndаy Qаndаy? Qаndаy? Qаndаy? Qаndаy? Qаndаy? Qаndаy? 4-ilovа: Mustаqil ish uchun topshiriq: «Pirаmidа» orgаnаyzerini to‘ldiring: Skul’ptorlar ijodida tarixiylik va tarixiy xotira qanday namoyon bо‘ladi ? “Tarixiy xotirani mustahkamlash omillari”ga misol keltiring: 282 MAVZU: Etnik va ijtimoiy xotira. Reja 1. Tarixiy va etnik xotira. Ijtimoiy xotirada xususiy etnik voqelik 2. Badiiy adabiyot, san’at asarlarida tarixiylik va tarixiy xotira. 1-masalaning bayoni: Tarixiy ong va tarixiy xotira tushunchalarini tadqiq etish ongning mohiyati, uning struktrurasi muammosining, ijtimoiy ongni va uning shakllari, shu jumladan, milliy ongni shakllantirish hamda rivojlantirishning kam tadqiq qilingan bir qator jihatlarini ochib berish bilan uzviy bog‘liq. Tarixiy ong va tarixiy xotira hozirgi global mafkuraviy tahdidlar omili kuchayotgan dunyoda kishilarda unga о‘z g‘oya va e’tiqodi bilan qarshi tura olish imkoniyatini yaratadi. Shu bois tarixiy ong va tarixiy xotirani shakllantirish hamda rivojlantirishning falsafiy muammolarini tahlil qilish va ochib berish maktabgacha muassasalarda, umumta’lim maktablarida, litsey va kollejlarda, oliy о‘quv yurtlarida, mehnat jamoalarida bu g‘oyat qimmatli fazilatni har bir shaxsda shakllantirish ishini yaxshiroq bilib olishga kо‘maklashadi. Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q. О‘tganlarini xotiralamaydigan xalqning ertasi yorug‘ bо‘lmaydi. Agar millat о‘zining kelajagini porloq kо‘rmoqchi bо‘lsa, uning xotirasi uyg‘oq bо‘lmog‘i shart. Boisi har qanday xalq va millat kechagi hayotidan, о‘zi bosib о‘tgan og‘ir va mashaqqatli kunlardan, tarix sinovlaridan zarur xulosa va saboqlar chiqarmog‘i zarur” . . Ma’lumki, tarixiy ong ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Shu о‘rinda ijtimoiy ongga ta’rif berib о‘tish maqsadga muvofiq: Ijtimoiy ongga bir qancha ta’riflar berilgan, ularni umumlashtirgan holda, quyidagicha ta’rif berish mumkin: ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning ma’naviy in’ikosi sifatida ijtimoiy tuyg‘ular, hissiyot, farazlar, nazariyalar, kayfiyatlar, g‘oyalar va qarashlar, odatlar va an’analar tizimidir. Ijtimoiy hayot rang-barang, xilma-xil bо‘lgani uchun ijtimoiy ong ham tegishlicha turli shakllarga bо‘linadi. Bular: iqtisodiy ong, siyosiy ong, huquqiy ong, axloqiy ong, estetik ong, ekologik ong bо‘lib, biz yana tarixiy ongni, ongning elementi sifatida, shu jumladan tarixiy ongning muhim elementi sifatida tarixiy xotirani ham bunga qо‘shish mumkin. Ijtimoiy ongning barcha shakllari о‘zaro bog‘liq, о‘zaro munosabatda, о‘zaro birikadi va bir-birini о‘zaro tо‘ldiradi. Ijtimoiy ong shakllaridan bо‘lgan tarixiy ong va tarixiy xotira murakkab hamda serqirra hodisadir. Tarixiy ongga, shuningdek uning tarkibiy qismi bо‘lgan tarixiy xotiraga, ularning о‘zaro hamda ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan aloqasiga kо‘plab ta’riflar berilgan. “Tarixiy ong, bu – har qanday bilimda bо‘ladigan, hamma narsa, hatto ma’naviy borliq ham bо‘lib о‘tganligini anglashdir” 2 . “Tarixiy ong ijtimoiy ong shakli bо‘lib, jamiyat tomonidan о‘zining kelib chiqishi va zamondagi о‘rni, о‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi о‘rtasidagi aloqadorlikning anglanishi, ijtimoiy voqelikning obyektiv idrok etilishidir”. Tarixiy ong “ilgari sodir bо‘lgan tarixiy voqealarni о‘zida aks ettirgan turli-tuman manbalar, ashyolar avloddan avlodga meros sifatida о‘tib, tariximiz, madaniyatimizning uzluksizligini ta’minlaydi”. “Ilm-fanda tarixiy ong deganda odatda ijtimoiy guruhlar, sinflar, xalqlar, millatlarda о‘zining kelib chiqishi, о‘z tarixidagi muhim voqealar va о‘tmishdagi buyuk arboblar haqida, о‘z tarixining boshqa kishilik jamoalari va umuman bashariyat hamjamiyati tarixi 283 bilan nisbati haqidagi qarashlar, an’analar, udumlar, odatlar, konsepsiyalar mujassami tushuniladi”. Shu ma’noda aytish mumkinki, tarixiy xotira – ajdodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning kishilar ongi va kundalik amaliy faoliyatida qayta namoyon bо‘lishi, eslanishi, qadrlanishi bо‘lsa, ijtimoiy xotira ajdodlarning ijtimoiy tuyg‘ulari, hissiyotlari, farazlari, nazariyalari, kayfiyatlari, g‘oyalari va qarashlari, odatlari va an’analarining avlodlar ongi va faoliyatida qayta namoyon bо‘lishi, eslanishi, qadrlanishidir. «Insonni butun insoniyat yaratgan moddiy va manaviy boyliklar bilan bog‘lab turadigan, uning ongi va kundalik amaliy faoliyatiga ruhiy manaviy ozuqa beradigan qudrat tarixiy xotiradir». Shuningdek adabiyotlarda “tarixiy ong ijtimoiy xotiraning tarkibiy qismi, uning elementlaridan biridir”, degan fikr ham mavjud. Bizning fikrimizcha, tajribadan kо‘rinishicha, “tarixiy ong” tushunchasi о‘z mazmuniga kо‘ra, “ijtimoiy xotira” tushunchasi bilan qiyoslaganda, unga nisbatan ancha keng tushunchadir, chunki yuqorida aytib о‘tganimizdek, “xotira” tushunchasi о‘zaro chambarchas bog‘liq bо‘lgan va, yana ta’kidlaymizki, birgalikda tizim sifatidagi “ong”ni tarkib toptiradigan о‘zaro bog‘langan kо‘plab elementlardan, shu jumladan xotiradan ham iborat bо‘lgan ancha kengroq bо‘lgan “ong” tushunchasining muhim, aytishimiz mumkinki, hatto markaziy elementi hisoblanadi. Bunda ong tizimidagi xotira – “kechinmalar onidan sо‘ng idrok etish va tasavvur etishni saqlab qolish qobiliyati; xotira (obrazli ifodalaganda) saqlovxonani ham bildiradi”. Ayni mahalda shuni nazarda tutish zarurki, “ijtimoiy ong — bu obyektiv olam va ijtimoiy borliqning kishilar ongida aks etishidir. Shunday ekan, har bir xalq, elat va millat о‘zining ijtimoiy hayotini aks ettiradigan etnik ongga egadir. Mazkur etnik ongning tarkibiy qismini urug‘, qabila, elat va millatlarning ongi tashkil etadi. Etnik ong ijtimoiy ongga nisbatan konkret tushuncha bо‘lib, unda urug‘, qabila, elat, millatlarning ijtimoiy hayoti, madaniyati, urf-odat va an’analari, tarixi, ijtimoiy psixologiyasi, dunyoqarashi aks etadi. Yuqorida bayon etilganlardan tashqari, tarixiy ong tizimida xotira “nafaqat tarixiy xotirani saqlaydi, balki inson ongida shakllangan bilim asosida о‘tmishda rо‘y bergan voqealarni tahlil etadi, xulosa chiqaradi, xarakterli tomonlarini qabul qiladi, turmushga joriy etadi va jamiyatning hozirgi sharoiti bilan solishtirib, qadrini belgilaydi”. Bizningcha, ong va tafakkur – jarayon, xotira esa qobiliyatdir. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, ijtimoiy ongning barcha shakllari о‘zaro uzviy bog‘langan, bir-biri bilan munosabatda bо‘ladi, birbirini о‘zaro boyitadi. Ilmiy adabiyotlarda keltirilgan yuqoridagi ta’rifu talqinlardan kelib chiqib aytish mumkinki, tarixiy ong bilimlar, tasavvurlar, qarashlar, an’analar, marosimlar, urf-odatlar, g‘oyalar, konsenpsiyalar, fikrlarning shunday yig‘indisini, majmuini tashkil etadiki, ular vositasida individlarda, ijtimoiy guruhlarda, xalqlarda, millatlarda о‘zining kelib chiqishi, о‘z tarixidagi eng muhim voqealar va о‘tmishdagi buyuk arboblar tо‘g‘risida, о‘z tarixining kishilarning boshqa mushtarakligi, shuningdek inson sotsiumi va о‘zining undagi о‘rni bilan nisbati tо‘g‘risida muayyan tasavvur paydo bо‘ladi. Tarixiy ong – о‘tmishni uning umuman jamiyatga, xususan turli ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-professional, etnoijtimoiy, etnokonfessional guruhlarga, shuningdek alohida individlarga xos bо‘lgan butun rang-barangligini hisobga olgan holda baholash hamdir. Bizningcha, tarixiy ong jamiyat, uning ijtimoiy guruhlari va individlarning о‘z о‘tmishi hamda butun insoniyat о‘tmishi haqidagi tasavvurlari yig‘indisidir. Tarixiy ongda о‘tmish, bugun va kelajak uyg‘unlikda in’ikos etadi. Har qanday ijtimoiy mushtaraklik о‘zining kelib chiqishi, о‘z tarixidagi eng muhim voqealar, о‘tmishdagi buyuk (ba’zan unchalik buyuk bо‘lmagan) arboblar tо‘g‘risida, о‘z 284 tarixining insoniyat tarixidagi о‘rni haqida, о‘z tarixining boshqa xalqlar tarixi bilan nisbati tо‘g‘risida muayyan tasavvurlar tizimiga ega. Bu tasavvurlar, birinchi navbatda, turli tarixiy rivoyatlar, hikoyatlar, afsonalar, ertaklar, asotirlar tufayli mavjud bо‘lib, ular jamiyat ma’naviy hayotining ajralmas qismini tashkil etadi hamda uning о‘zini ifodalashi va о‘zini qaror toptirishining muhim usullaridan biri hisoblanadi . Tarixiy ong, ijtimoiy ongning boshqa shakllari singari, tarkiban murakkabdir. Tarixiy ongning birinchi (quyi) darajasi odatdagidek usullarda shakllanadi va unga muvofiq keladi. Shakllanish jarayoni bevosita hayotiy tajribani tо‘plash asosida yuz beradi. YA’ni kishi butun hayoti davomida muayyan voqealarni kuzatadi, ularda ishtirok etadi. Ular tо‘g‘risida tо‘plangan taassurotlar, hodisalar, ular haqidagi fikrlar vaqti kelib xotira bо‘lib jamlanadi. Tarixiy ongning quyi bosqichidagi odatiy ong egalari bо‘lmish individlar ham uni tizimga solishga, butun tarixiy jarayonning qismi sifatida baholashga qodir emaslar. Bu daraja, odatda, kо‘pincha notо‘liq, noaniq, subyektiv bо‘lgan qandaydir noravshan, hissiyotga tо‘liq esdaliklar hamda tasavvurlardan iborat bо‘ladi. Tarixiy ongning navbatdagi darajasi avvalgi darajadagiga nisbatan yaxshi rivojlangan shakldagi tarixiy xotirani о‘z ichiga oladiki, uni konkret faktlarga muayyan tarzda qaratilgan, о‘tmish haqida axborotning ahamiyati hamda dolzarbligini hozirgi va kelajak zamon bilan chambarchas aloqada aks ettiruvchi sifatida ta’riflash mumkin. “Tarixiy xotira selektiv xususiyatga egaligi tufayli ularni (tarixiy ong elementlarini) saralay oladi, bir tizimga solishga xizmat qiladi” yoki “tarixiy xotirada san’at, urf-odat, marosimlar bilan bog‘liq axborotlar saralangan tarzda jamlanadi va saqlanadi”. 2-masalaning bayoni: Tarixiy xotira nomsiz xalq ijodiyoti, tarixiy rivoyatlar, dostonlar, afsonalar, qahramonlik eposi, ertaklar badiiy adabiyot va san’at namunalari yordamida shakllanadi. Odatda, xalq ijodiyotida buyuk kishilar jasorati va qahramonligi, ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alabasi kuylanadi. Tarixiy xotira, tarixiy ongning zaruriy muhim, aytish mumkinki, markaziy elementini, xalq ma’naviy hayotining ajralmas qismini tashkil qiladi va shuningdek, uning о‘zini о‘zi ifodalashi hamda milliy xarakter xususiyatlari namoyon bо‘lishi usulidir. Bunda о‘z о‘tmishini tanlashga, uni qahramonona miflashtirishga moyillik kо‘rinib turadi. О‘tmishning ahamiyati va uning talqini vatanparvarlik, о‘zining ushbu birlikka mansubligidan faxrlanish tuyg‘usi singari fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilishi tufayli ushbu hol yuz beradi. Shuning uchun tarixiy xotira kо‘pincha tarixiy shaxslar, о‘tmish yetakchilari faoliyatini baholash orqali shaxsiylashtiriladi, biron-bir tarixiy voqea, davrlar, umuman о‘z tarixi tо‘g‘risida taassurotlarni, mulohazalarni, fikrlarni shakllantiradi. Ikkinchi darajadagi tarixiy ong ham muhim, ham tasodifiy hodisalarni qamraydi, ham bir tizimga solingan axborotni, ham tartibga keltirilmagan axborotni о‘z ichiga oladi. Tarixiy ongning amal qilishida tasodifiy axborot muhim rol о‘ynaydi. Uni kо‘pincha kishi atrofidagi odamlar madaniyati, shuningdek ijtimoiy guruh, birlik, mamlakat, davlatning hayoti tо‘g‘risidagi tasavvurlarini о‘z ichiga oladigan an’analar, urf-odatlar taqozo etadi. Tarixiy ongning ushbu darajasida an’analar kattalarning hattiharakatiga taqlid qilish vositasida yosh avlodga о‘tkaziladi, axloqiy an’analar muayyan xulq-atvor kо‘rinishini kasb etadi. Axloqiy an’analar “xalqning qalbi” deb yuritish rasm bо‘lgan narsaning asosini tashkil qiladi. Tarixni bilish bir tizimga solinmagan, unga asotirona elementlar hamda sodda hissiy baholashlar xosdir. Biroq tarixiy ong va tarixiy xotiraning ushbu darajasini tarkib toptiruvchilar jamuljam holda milliy xarakterning asosi bо‘lib, uning barqaror 285 xususiyatlarini, shuningdek insonning xatti-harakati, odatlari, hissiyotining namoyon bо‘lishini belgilab beradi. Shunday qilib, tarixiy ong va tarixiy xotira inson tomonidan oilaviy shajarasidagi, о‘z xalqi tarixidagi о‘zining “Men”ini anglashining, о‘zining “Men”ini va umumiy “Biz”ni milliy va madaniy birlik ma’nosida, umuminsoniy madaniyatda tushunishining asoslaridan birini tashkil qiladi. Tarixiy ongning yangi bosqichi ma’naviy madaniyat ta’siri ostida shakllanib, rivojlanishi mumkin. Ma’naviy madaniyat badiiy adabiyotni, kino, radio, televideniye, teatr, rang-tasvir, shuningdek tarixiy obidalarini о‘z ichiga oladi. Biroq tarixiy ongning ushbu darajasida shakllantirilgan tasavvurlar xronologiya jihatidan uzuq-yuluq, betartibligicha qolaveradi, yorqinligi va emotsionalligi bilan farqlanib turadi. Bu tasavvurlar butun umr davomida saqlanib qolishi mumkin. San’at rang-barang gо‘zal turlari bilan insonga ulkan hissiy ta’sir kо‘rsatishga qodir. Bu esa yozuvchi, dramaturg, rejissyor, rassomga ularning asarlari tarixiy jihatdan haqiqat va tо‘g‘ri bо‘lishi uchun katta mas’uliyat yuklaydi, asarlarning ahamiyatini oshiradi. Ayni mahalda tarixiy ong bu darajada ham tarixiy jarayonni tizimli bilishga aylanmaydi. Adabiyot, san’at va, ayniqsa, globallashuv sharoitida bosma va elektron ommaviy axborot vositalarining jamiyatning tarixiy ongini, fikrlarini, tavajjuhi va antipatiyasini shakllantirishdagi roli juda ulkan, lekin bu ular jiddiy tarixiy bilimlar manbai bо‘lib xizmat qiladi, degani emas. Ular kо‘pincha о‘tmishning sun’iy yaratilgan talqini modelidan iborat bо‘ladi. Bunday tasavvurlar ommaviy ong tomonidan qо‘llab-quvvatlangudek bо‘lsa, ular jamiyatning bosqichma-bosqich rivojlanishiga tahdid solishi mumkin. Xalqlar uchun muhim bо‘lgan kо‘plab hodisalar, oshkora, ba’zan esa murosasiz munozaraga, hatto, boshqa xalqlar vakillarining tо‘qnashuviga olib kelib, umuman tarixiy ongning, shuningdek tarixiy xotiraning juda salmoqli omili bо‘lishi mumkin. Shuning uchun e’tibor qilinadigan narsani tо‘g‘ri tanlash va tarixiy hodisalarni tо‘g‘ri talqin qilish, birinchi navbatda, xalqlarning bag‘rikenglarcha hamkorlik qilishiga kо‘maklashadi. Aks holda uzoq saqlanib qolish, ijtimoiy keskinlikni yuzaga keltirish va mojarolarni keltirib chiqarish qobiliyatiga ega bо‘lgan ehtiyotkorlik, notо‘g‘ri xulosa chiqarish, salbiy qarash singarilar hosil bо‘ladi. Muayyan miqdordagi aholining tarixiy ongi va tarixiy xotirasi о‘tmish avlodlardan qolgan uzuq-yuluq ilmiy bilimlar, sodda tasavvurlar va baholar, an’ana va urf-odatlarning murakkab qorishig‘idan iborat. Ular kishi ma’naviy olamini boyitishga yordam berishi sо‘zsiz, biroq soddaligicha qolaveradi, ularga ilmiy teranlik, tarixiy jarayonlarni harakatlantiruvchi kuchlarni tushunishi, о‘zlarining hatto oddiy bilimlaridan konkret siyosiy vaziyatlarni tahlil qilishda foydalana bilish mahorati yetishmaydi. Tarixiy ong shakllanishining ushbu bosqichlarida inson ham nazariy formulalardan, falsafiy va sotsiologik kategoriyalardan foydalanmaydi, balki kо‘proq amaliy turmushdagi “birlamchi fikrlash shakllarini” ishga soladi. Bunday sharoitda tarixiy ongni ilmiy asosda shakllantirish hamda rivojlantirish masalasi keskin kо‘ndalang bо‘ladi. Shuningdek, bunga qо‘shimcha о‘tmish tо‘g‘risidagi, uning hozirgi zamon bilan uzviy aloqasi hamda jamiyatni kelajakda rivojlantirishning ehtimol tutilgan tamoyillari tо‘g‘risidagi tasavvurlarning muayyan tizimini tarkib toptiruvchi tarixiy bilimlar yordamida erishish mumkin. Bunday bilimlarni tarixni muntazam va chuqur о‘rganish jarayonida egallash mumkin. Tarixiy jarayon tо‘g‘risidagi muntazam bilimlar maktabda tarix darslarida egallanadi, bunda о‘quvchilar о‘tmish tо‘g‘risida ilk bor bir tizimga solingan tarzda tasavvur hosil qiladilar, shu bois kо‘pchilik uchun tarix bilan tanishuv shu darajada yakun topadi. Bunda 286 faktni bilish hali ilmiy bilim bо‘lmay, uni tushunib olish, tahlil qilish va baholash talab etiladi, shundagina faktlar tarixiy jarayonning yaxlit konsepsiyasiga qо‘shiladi. Zero, mamlakat, xalqning asosiy rivojlanish davrlarini obyektiv tarzda in’ikos ettiruvchi tarixiy ong, tarixiy xotira muntazam, tо‘liq, his-tuyg‘uga berilmay va tarixiy faktlar о‘rniga xayolot va tusmollar keltiriladigan soxtalashtirishga urinishlarsiz beriladigan obyektiv tarixiy axborotsiz shakllanmaydi. О‘z xalqining tarixiy о‘tmishi uchun iftixor tarixiy ong va tarixiy xotiraning tarkibiy qismlaridan biri bо‘lib, uning milliy qadrqimmatini shart qilib qо‘yadi. Ushbu fazilatlardan mahrumlik buzuq psixologiya shakllanishiga olib keladi: kishilarda о‘zining norasoligi hissi, kamsitilganligi, istiqboli yо‘qligi, xafsalasi pir bо‘lishi, ruhiy noqulaylik hissi yuzaga keladi. Tо‘rtinchi (oliy) bosqichda tarixiy ong va tarixiy xotira о‘tmishni har tomonlama nazariy tushunish negizida, tarixiy rivojlanish tamoyillarini aniqlash darajasida shakllanib, rivojlanadi. Tarix hamda boshqa fanlar tomonidan о‘tmish tо‘g‘risida tо‘plangan bilimlar, umumlashtirilgan tarixiy tajriba asosida ilmiy dunyoqarash shakllanadi hamda rivojlanadi, tabiat hamda kishilik jamiyatini rivojlantiruvchi kuchlar, uni davrlashtirish, tarix mazmuni, ijtimoiy rivojlanish tipologiyasi, modellari tо‘g‘risida ozmi-kо‘pmi aniq tasavvur hosil qilishga uriniladi. Shunday qilib, tarixiy jarayonning ma’naviy jihatini tashkil qiluvchi ijtimoiy ong elementi bо‘lmish tarixiy bilimni tizimli tarzda, uning barcha bosqichlari hamda darajalarida qabul qilish zarur, chunki tizimli yondashuvsiz tarixiy ong haqidagi tasavvurlar tо‘liq bо‘lmaydi. Tarixiy xotiraning roli katta. Mamlakat tarixiy xotirani yо‘qotar ekan, kelajakdan mahrum bо‘ladi. Kelajak nafaqat orzu yoki istak, balki bilish predmeti ham bо‘lgani uchun о‘tmishni, masalan, О‘zbekiston tarixini tushunish jarayoni uning zaruriy elementi hisoblanadi. Bu uning о‘tmishni bilish bо‘g‘inigina bо‘lmay, balki kelajagini prognoz qilishning tarkibiy qismi hamdir. Tarixiy ong va tarixiy xotira kо‘plab fanlarni, ayniqsa eng avvalo, tarixni о‘rganish jarayonida shakllanadi. Tarixiy ong va tarixiy tajriba har qanday jamiyat uchun ulkan nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega. “Xotirasiz biz oniy mavjudot bо‘lib qolardik – deb hisoblaydi S.Rubinshteyn, – о‘tmishimiz kelajak uchun о‘lik bо‘lib qolardi. Hozirgi kun, о‘tishiga kо‘ra, о‘tmishda qaytmas bо‘lib yо‘qolib ketardi” 4 . Kо‘rinib turganidek, sabablar yetarlicha ishonchli, lozim darajada aniq-- ravshan va muayyan ma’noda, olijanob hamdir, chunki kishilarning о‘z mamlakatining tо‘la ma’nodagi fuqarosi bо‘lish ehtiyojiga javob beradi. Bunda identifikatsiya (о‘z mamlakati, xalqi bilan bir bо‘lish) sabablari hamda obyektiv bilimlarga intilish ham bor, chunki bu hozirgi kunni yaxshi tushunish imkonini beradi, tо‘g‘ri qarorlar qabul qilishda kо‘maklashadi. Aholi tarixni bilmasdan turib madaniyatli inson bо‘lish mumkin emasligini tushungani holda, tarixiy bilimlarni farzandlarni tarbiyalash vositasi deb hisoblaydi. Kishilar mushtarakligi tarixiy ong va tarixiy xotira sharofati bilan, о‘z о‘tmishini bilish asosida, о‘zining jahon tarixiy jarayonidagi о‘rnini bilish asosida о‘zini birlik sifatida anglaydi. Natijada tarix ijtimoiy ong bilan uzviy qovushib ketadi. Uning majmu holda jamiyat ongini (qarashlari, g‘oyalari, siyosiy va huquqiy ongi, tarixiy ongi, xotirasi, axloqi, dini, san’ati, fanini) tashkil qiluvchi barcha elementlari о‘z tarixiga ega. Ularni har bir hodisani kelib chiqqan konkret sharoit va vaziyatlar, rivojlanish sharoiti nuqtai nazaridan qarab chiquvchi tarixiy yondashuv asosidagina tushunish va bilish mumkin. Xuddi shuning uchun ham hozirgi zamonning eng muhim muammolari bо‘yicha munozaralarda doimo о‘tmishga murojaat qilinadi. Zamonaviy ijtimoiy nazariyalar hamda mafkuraviy tizimlar 287 о‘tmishni baholash negizida ishlab chiqiladi. О‘tmish bilan hozirgi zamonning uzluksiz aloqasi va vorisiyligi shu tariqa hosil bо‘ladi. Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling