«etnomadaniyat»
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil о‘qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar
- MAVZU: Yangilangan milliy о‘z-о‘zini anglash strukturasida etnomadaniy jarayonlar
- 1- masalaning bayoni
- Mentalitet xalqning millat darajasiga ko`tarilgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy hayoti davomida, uning ijobiy va
Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy o’z-o’zini anglashning yangilanishidagi ahamiyati Etnomadaniyat millatning botiniy (ichki) va zohiriy (tashqi) salohiyatini о‘zida ifoda etadi. Ularsiz millatni tasavvur ham etib bо‘lmaydi. Zero, millatning shakllanishi etnogenetik jarayon kabi uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo`lib, millat etnik tarixning eng yuqori yuksak cho`qqisi, kamolat bosqichiki, bu bosqichga ko`tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi; millat nomi bilan yuritilgan davlat chegaralari qat`iy, daxlsiz, jaqon jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tan olinadi; aniq hududiy chegarada muomilada bo`lgan umum millat tili davlat tili maqomi darajasiga ko`tariladi; to`rtinchidan, aholining o`zlikni anglash darajasi fuqoralapning hayot mazmuniga, kundalik turmuz tarziga aylanadi va hk. Etnomadaniyatda millatga xos bо‘lgan “fazilat” va “qadriyatlar”ning aks etishi Fazilatlar” va qadriyatlarni etnomadaniyat tizimi fazilatlari” bilan millatning urf-odat, an’ana, kiyim, о‘yinlar bayramlari boshqa о‘ziga xosligini kо‘rsatib turuvchi madaniyati о‘rtasida quyidagi farqlar mavjud. Birinchidan, yuqoridan yoki bu millatga xos bо‘lgan “etnomadaniyat” tizimidagi о‘rni ularning moddiyligi bilan alohida ajralib turadi. Milliy о‘z-о‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan bog‘liqligi Milliy о‘z-о‘zini anglash, milliy tiklanish jarayonlari g‘oyalar rang- barangligini inkor etmaydi, aksincha ular zamirida, ya’ni plyuralizm asosida rivojlanadi. Plyuralizm (lot pluralis –xilma xillik, rang-baranglik) –ijtimoiy- siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g‘oyaviy rang-baranglikni, qarashlar fikrlar xilma-xilligini ifodalaydigan tushunchadir. 247 Demokratiya sharoitida etnik ongga ta’sir qiluvchi omillar Demokratik islohotlar xalqlar etnik ongidagi о‘zgarishlar omili. Etnik ongdagi ijobiy va salbiy omillar. Bugun demokratik islohotlar xalqlar etnik ongidagi о‘zgarishlar omili sifatida e’tirof etilmoqda. Xush, demokratiyaning о‘zi nima, belgilari, asosiy shartlari nimalardan iborat? Demokratiyada erkinlik, tenglik, ma’naviyat, qadr-qimmat qanday bо‘ladi? Va, biz demokratiyani qanday tushunamiz? “Demokratiya”ning birinchi manosi uning etimologiyasi, ya’ni atama sifatida kelib chiqishi bilan bog‘liq. Qadimgi Gretsiyada paydo bо‘lgan “demokratiya” atamasi demos — „xalq", kratos — „hokimияt"dan iborat bo‘lib „xalq hokimияti", deb tarjima qilinadi. 248 3-ilova: 1-O‘quv topshirig‘i: “FSMU ” usulidan foydalanib, javob toping: ФСМУ технологиyaси Jadvalni to‘ldiring 1-guruh Savol Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy о‘z-о‘zini anglashning yangilanishidagi ahamiyatni izohlang... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring (U)Fikringizni umumlashtiring 2-guruh Savol Milliy о‘z-о‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan bog‘liqligini misollar bilan sharxlang... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda о‘quv jarayonini baxs-munozarali о‘tkazishda qо‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni о‘z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va о‘z fikrini boshqalarga о‘tkazishga, ochiq holda baxslashishga hamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini о‘rgatadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga о‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab kо‘rsating M – kо‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U- fikringizni umumlashtiring 249 (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring (U)Fikringizni umumlashtiring 3-guruh Savol Etnomadaniyatda millatga xos bо‘lgan “fazilat” va “qadriyatlar”ning aks etishini asoslang... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring (U)Fikringizni umumlashtiring 4-guruh Savol Demokratik islohotlar xalqlar etnik ongidagi о‘zgarishlar omili ekanligini izohlang ... (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring (U)Fikringizni umumlashtiring 4- ilova: Mustaqil о‘qish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Jabbarov I.M. О‘zbek xalqi etnografiyasi. - Toshkent:О‘qituvchi, 1994. 2. Bekmurodov M. О‘zbek mentaliteti. - Toshkent:“Yangi asr avlodi”, 2004. 3. Mamanazarov N. Mustaqillik va milliy etnik jarayonlar. - Toshkent: 2004. 4. Karabayev U.X. Etnokultura. – Toshkent: Sharq, 2005. 250 MAVZU: Yangilangan milliy о‘z-о‘zini anglash strukturasida etnomadaniy jarayonlar Reja: 1. Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy о‘z-о‘zini anglashning yangilanishidagi ahamiyati. 2. Milliy о‘z-о‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan bog‘liqligi. 3. Etnomadaniyatda millatga xos bо‘lgan “fazilat” va “qadriyatlar”ning aks etishi. 4. Demokratik islohotlar xalqlar etnik ongidagi о‘zgarishlar omili. Etnik ongdagi ijobiy va salbiy omillar. 1- masalaning bayoni: Etnomadaniyat har doim nihoyatda muhim mavzu bо‘lib kelgan, bundan keyin ham uning dolzarbligi oshib boraveradi. Chunki, u millat mavjudligining asosi, uning bugungi va istiqbolini ta’minlaydigan ma’naviy boylik hisoblanadi. Ayniqsa, mustamlaka va qaramlik azoblarini о‘z boshidan kechirgan, etnomadaniyati toptalgan xalqimiz uchun uni о‘rganish, hali yuzaga chiqmagan imkoniyatlarini ochish, ommaviylik darajasiga kо‘tarilmagan jihatlarini xalqimizga, ayniqsa yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirish milliy tiklanishimiz jarayoni ketayotgan bugungi kunda uning dolzarbligini yana ham oshirib bormoqda. Chunki, ana shunday sharoitda milliy mentalitetimizni zо‘ravon kommunistik g‘oyalar asosida о‘zgartirish, uni mazmun yagona, shaklan “milliy” bо‘lgan g‘ayri ilmiy va g‘ayri milliy “ma’naviyat” asosida rivojlantirishga qaratilgan siyosatning olib borilishi oqibatida etnomadaniyatimiz zaiflashdi, milliy urf-odat, an’ana, qadriyat, udum va marosimlarimiz toptaldi, millatimiz ulardan nafaqat mahrum etildi, shuning bilan birga ulardan uzilib qoldi va buning natijasida millatimiz ongi va qalbida “begonalashuv” ruhiyatini shakllantirish ham amalga oshirildi. Prezidentimiz Islom Karimov mazkur jarayonlar haqida “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida shunday yozadi: “...biz boshimizdan kechirgan sobiq mustabid tuzum davrida milliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga mutlaqo yо‘l qо‘yilmagan. Aksincha, xalqimizning tabiati, yashash tarziga yot bо‘lgan kommunistik mafkurani har qanday yо‘llar va zо‘ravonlik bilan joriy etishga harakat qilishgan”. Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy о‘z-о‘zini anglashning yangilanishidagi ahamiyati juda katta. Etnomadaniyat millatning botiniy (ichki) va zohiriy (tashqi) salohiyatini о‘zida ifoda etadi. Ularsiz millatni tasavvur ham etib bо‘lmaydi. Zero, millatning shakllanishi etnogenetik jarayon kabi uzoq davom etadigan tarixiy jarayon bo`lib, millat etnik tarixning eng yuqori yuksak cho`qqisi, kamolat bosqichiki, birinchidan, bu bosqichga ko`tarilgan xalqning davlati millat nomi bilan yuritiladi; ikkinchidan, millat nomi bilan yuritilgan davlat chegaralari qat`iy, daxlsiz, jaqon jamoatchilik tashkilotlari tomonidan tan olinadi; uchunchidan, aniq hududiy chegarada muomilada bo`lgan umum millat tili davlat tili maqomi darajasiga ko`tariladi; to`rtinchidan, aholining o`zlikni anglash darajasi fuqoralapning hayot mazmuniga, kundalik turmuz tarziga aylanadi; beshinchidan, millatga xos milliy mentalitet shakllanadi; oltinchidan, davlat jamiyat tomonidan boshqariladi, ya`ni davlat millatning xoxish-irodasini bajaruvchi mexanizmga aylanadi. Millatni til, territoriya va etnomadaniy jihatdan birlashtiruvchi omil iqtisodiy negizdir. Millatning iqtisodiy-xo`jalik birligi asosida til va territoriya hamda etnomadaniy birliklar shakllanib boradi. Millatning iqtisodiy va siyosiy birlashishi xalq og‘zaki tilining (lahjalarining) yaqinlashishi asosida yagona milliy til-yozma adabiy tilning paydo bo`lishiga olib keladi. Lahjalar o`rnini milliy adabiy til egallaydi. A.Navoiy va M.Z.Bobir tillari eski o`zbek adabiy tili bo`lib, bu tilda Mahmur, Mashrab, Uvaysiy, Nodira, Ogahiy, Avaz O`tar, 251 Huvaydolar ijod qildilar. Bu til Komil Xorazmiy, Munis, Feruz, Muqimiy, Furqat, Zavqiylar zamonasida yanada sayqal topib, jadidlar davrida o`zining yuksak cho`qqisiga ko`tarildi. Uning zaminida shakllangan hozirgi zamon o`zbek adabiy tilida Abdulla Qodiriy, Oybek, G‘ofur G‘ulom, Hamid Olimjon, Zulfiya kabi badiiy ijodning darg‘alari qalam tebratdilar. Hozirgi zamon o`zbek adabiy tiliga davlat tili maqomini berilishi o`zbek millatining mustaqil hayot sari qo`ygan birinchi dadil qadami bo`ldi. Bu qadam o`zbek millati tarixida oshkoralik va demokratiya uchun kurash amaliy hayot bilan bog‘lanib ketgan damlarda qo`yildi. Mustaqillik tamoyillarining siyosiy va mafkuraviy tamal toshlarini qo`yish esa o`zbek millati tarixida 1991 yil 31 avgustdan boshlandi. Mustaqil O`zbekiston davlati o`zbek millatini uzil-kesil shakllanishining bosh omili sifatida jahon xaritasida paydo bo`ldi. Har bir xalqning o`ziga xos, o`ziga mos etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlari bor. Ularning shakllanishi ham uzoq davom etadigan ijtimoiy-psixologik jarayon hisoblanadi va о‘z о‘rnida jamiyat, millat, jamoaning tarixan tarkib topgan tafakkur darajasi, ma`naviy salohiyati, insoniy qadr-qiymati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda shakllangan aqliy qobiliyati, ruhiy qiyofasi va quvvati bо‘lgan mintalitetni yuzaga keltiradi. Mentalitet xalqning millat darajasiga ko`tarilgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va etnomadaniy hayoti davomida, uning ijobiy va salbiy sifatlarini mujassamlashtirgan ijtimoiy-psixologik holati va xarakter yig‘indisi sifatida, o`ziga xos tarixiy, etnomadaniy va tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakllanadi. Milliy o`ziga xoslik esa uzoq tarixiy jarayonlarga munosabatda, ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy jarayonlar, o`zaro etnomadaniy aloqalar, diniy mansubliklar asosida tarkib topadi. 2- masalaning bayoni: Bugungi kunda jahon miqyosida milliy omilning roli beqiyos darajada о‘sib bormoqda. Millatlarning milliy zaminlarga bо‘lgan intilishlari oshib, milliy о‘zlikni anglash jarayonlari kuchayib bormoqda. Ayni paytda millatlarning ongi va qalbini egallash, etnomadaniyatlarini zaiflashtirish hamda shu yо‘l bilan ularni о‘z g‘oyalari va ma’naviyatlari asosiga yо‘naltirishga bо‘lgan turli kuchlar va oqimlar ham faol harakat qilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek “... bir haqiqat barchamiz uchun ayon bо‘lishi kerak: hushyorlik, ogoh bо‘lib yashash – bu bir kunlik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki kundalik ish, kundalik amaliy harakat bо‘lishi lozim”. Bunday sharoitda millatning о‘zligini anglashini rivojlantirish, uni ana shunday xavf-xatarlardan himoya qilishda etnomadaniyatning roli ortadi. Etnomadaniyat nafaqat milliy-ma’naviy boylikni о‘zida namoyon etadi, shuning bilan birga u milliy birlikni mustahkamlaydigan muhim omillardan biridir. Milliy birliksiz esa taraqqiyot ham bо‘lmaydi. Shu ma’noda bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan keskin tabaqalanish va uning natijasida sodir bо‘lishi mumkin bо‘lgan milliy tarqoqlikning oldini olishda etnomadaniyatning millatni birlashtirishdagi imkoniyatlardan foydalanishning zaruriyati bor. Dunyoda rang-barang dunyoqarashlar, turli milliy, diniy, siyosiy oqimlarning о‘ziga xos g‘oyalari mavjud. Ularning ba’zilari о‘zaro uyg‘un holda bir-birlarini taqazo etsa, ayrimlari bir-biriga mutloqo ziddir. G‘oyalar, mafkuralar kurashi natijasida dunyoning ayrim mintaqalarida ommaviy qirg‘inlar, fojialar yuz berayotgan bо‘lsa, boshqa hududlarda esa ba’zi davlatlarning yuksak darajada rivojlanayotganini kuzatish mumkin. Demak, har qanday davlat yoki mamlakatning taqdiri kо‘p jihatdan mafkuraviy muammolarining qanday hal qilinishiga ham bog‘liq. Mafkuraviy muammolar ichida mafkuraviy xavf, tahdidni bartaraf etish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi kunda jiddiy mafkuraviy xavflar sifatida diniy ekstremizm, millatchilik, shovinizm, ma’naviy qashshoqlik axloqsizlikni targ‘ib qilishga 252 asoslangan g‘oyaviy qarashlar tizimi va amaliyotini kо‘rsatish mumkin. Bu xavf va tahdidlarni bartaraf etish milliy о‘z-о‘zini anglashga, milliy tiklanishga zamin yaratadi. Milliy о‘z-о‘zini anglash, milliy tiklanish g‘oyalar rang-barangligini inkor etmaydi, aksincha ular zamirida, ya’ni plyuralizm asosida rivojlanadi. Plyuralizm (lot pluralis –xilma xillik, rang-baranglik) –ijtimoiy- siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuvchi g‘oyaviy rang-baranglikni, qarashlar fikrlar xilma-xilligini ifodalaydigan tushunchadir. Mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, qarashlar qancha kо‘p bо‘lsa, ya’ni plyuralizm hukmron bо‘lsa, taraqqiyotning samarali yо‘lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bо‘ladi. Fikriy kurash qarashlarning ma’no va mazmun jihatdan boyishiga, bir-birini tо‘ldirishga hizmat qiladi. Plyuralizm ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan yangi g‘oyalarning paydo bо‘lishi, turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy guruhlarning manfaatlarini umumiy tarzda rо‘yobga chiqishiga sharoit yaratadi. U muqarrar sur’atda kо‘ppartiyaviylik tizimini taqozo etadi. Siyosiy partiyalar esa о‘zlari mansub bо‘lgan qatlamlar siyosiy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umidlarini umumlashtirgan holda о‘z harakat dasturlari orqali namoyon qiladi. Agar mafkuraviy plyuralizm ijobiy hodisa bо‘lsa, mafkuraviy poligon tushunchasi uning ziddidir. Mafkuraviy poligon-odamlar va xalqlarning qalbi ongini egallashga qaratilgan turli g‘oyalarning о‘ziga xos sinov maydonidir. Odatda, “poligon” deganda qurol-aslaha va texnikani sinash, qо‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan о‘tkazish yoki harbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun mо‘ljallangan maxsus maydon tushuniladi. Tarix о‘zga hududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollarining uzluksiz takomillashib borganini kо‘rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan – yer yuzining har qanday nuqtasiga yetib boradigan qit’alararo ballistik raketalargacha bо‘lgan uzoq takomil yо‘lini bosib о‘tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bо‘lgan hududlar aholisini jismonan yо‘q qilini-shiga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, о‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini jismonan mahv etish shart emas. Zero, tur-li mafkuraviy ta’sirlar oqibatida ongi va shuuri zabt etilgan, qa-rash va kayfiyatlari “ma’qul” yо‘nalishga о‘zgartirilgan yerlik aholi kо‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin. Bu esa shu joy aholisining ongi va qalbi yot va begona g‘oyalar sinab kо‘riladigan maydonga aylanganini bildiradi. Prezidentimiz ta’kidlaganlari kabi, hozirgi davr g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham xavfliroq bо‘lib borayotgan davrdir. Xususan, mamlakatimiz ichida о‘zlarining zararli g‘oyalarini tarqatishga harakat qilgan, yoshlarni chalg‘itish, ongini zaharlash, ular yordamida mamlakatni о‘z taraqqiyot yо‘lidan chetlatib yuborishni kо‘zda tutgan vahhobiylar, “hizbut tahrir”chilarning harakatlarini aynan shunday baholash mumkin. Mafkuraviy tahdidlarga kurashning eng yaxshi usullaridan biri о‘z vaqtida mafkuraviy profilaktika ishlarini olib borishdir. Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy institutlar tomondan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g‘oyaviy-tarbiyaviy, ma’na-viy mafkuraviy ishlar majmui bо‘lib, u butun g‘oyaviy tarbiya tizi-mini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika g‘oyaviy bо‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikning oldini olish yoki biron-bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli ta’siridan xalos qilish maq-sadida amalga oshiriladi. Ta’lim-tarbiya va targ‘ibot-tashviqot tizimi mafkuraviy profi-laktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‘lom mafkurani xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilma-lar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari ham unda о‘z о‘rniga ega. 253 Shuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, dо‘stlik va birodarlikni о‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni, targ‘ib-tashviq etuvchi ertaklaru dostonlar, qо‘shiqlaru raqslar, turli kо‘rinish mazmundagi ma’naviy tadbirlar mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir. 3- masalaning bayoni: Etnomadaniyat sohasida qator ilmiy izlanishlar olib borgan olimlardan biri U.X. Qoraboyev о‘zining “Etnokultura” monografiyasisida etnomadaniyatga quyidagicha ta’rif bergan: “Etnomadaniyat -bu tarixiy ijtimoiy-madaniy shakllangan meros, qadriyat, fikrlar tizimi, obrazlar, qarashlar, tafakkur, tamoyillar, xalqning о‘z asosi, bebaho an’analari, ommaning tajribasi, avloddan avlodga о‘tadigan va hayotda о‘z о‘rnini topgan ma’naviy-axloqiy yо‘nalish (oriyentatsiya)lardir” 28 . Etnomadaniyat о‘z ichiga yuqorida prof. U.X.Qoraboyev tomonidan kо‘rsatilgan bayram urf-odat madaniyati, an’anaviy о‘yinlar madaniyati, xalq hordiq madaniyati, an’anaviy xalq ijodiyoti, xalq ekologiyasi madaniyati kabilar bir qatorda har bir millatga xos bо‘lgan “fazilat” va “qadriyatlar”ni ham oladi. Jumladan, о‘zbek etnomadaniyati tizimiga ularga xos bо‘lgan kamtarlik, vazminlik, andishalilik, xushmuomalalik, mehribonlik, oila muqaddasligi tuyg‘ularning ustivorligi, sharm-hayolik, о‘zaro yordam, kattaga hurmat, kichikka izzat, oqkо‘ngillilik, bag‘rikenglik va boshqa fazilatlar ham kiradi. Ular qaysidir darajada va kо‘rinishda boshqa millat va elatlarda ham mavjud bо‘lishi mumkin. Lekin ular hech qachon aynan о‘zbeklarda mavjud bо‘lgan kо‘rinish va darajada takrorlanmaydi. Xudi shuningdek, о‘zbeklarda ham aynan boshqalarda bо‘lgan fazilat va qadriyatlar takrorlanmaydi. Shuning uchun ham millatlarni bir-biridan farq qildiradigan omillarning markazida ana shu fazilatlar, qadriyatlar, urf-odat, an’ana, kiyimlar va boshqalar turadi. Ya’ni millatning keng ma’nodagi “ma’naviy axloqiy ruhiy boyliklari va ularni о‘zida ifoda ettiradigan moddiy boyliklari “etnomadaniyati”ni – tashkil qiladi. Masalan, milliy bayramlarda qо‘llaniladigan udumlar, о‘yinlar, xalq ijodiyoti natijasida vujudga kelgan moddiy asboblar, kiyimlar va boshqalarda moddiylik о‘z ifodasini topgan. Shuning uchun ham ularni boshqalarnikidan farqlashda alohida mutaxassis bо‘lish ham shart emas; Ikkinchidan, ular millatning aql- zakovati, estetik didi va qо‘l mehnati bilan vujudga kelgan. Ularda “mavhumlik” yо‘q, aksincha milliylik aniq namoyon bо‘lib turadi. “Fazilatlar” qanchalik “milliy” bо‘lmasin, ularda “mavhumlik” nisbatan о‘z ifodasini topgan. Jumladan, milliy, ma’naviy-axloqiy va ruhiy fazilatlarni faqat xatti-harakatlar yoki turli munosabatlarda solishtirish orqali farqlash mumkin. Ammo, ular о‘rtasida uzviy bog‘liq mavjud. Ularni birini ikkinchisisiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Millatning moddiy madaniyati, uning aql zakovati, mehnati natijasida vujudga keladi. Shuning uchun ham undamilliy ruhiyat, milliy “menlik” о‘z ifodasini topadi. Agar о‘zbeklarga xos bо‘lgan fazilatlarning qaysi birini olib kо‘rilsa, ulardagi о‘ziga xoslik “moddiy madaniyatda” aniq namoyon bо‘lishini kо‘rish mumkin. Jumladan, о‘zbeklarga xos bо‘lgan vazminlik ularning avlod-ajdodlaridan bizgacha yetib kelgan me’morchilikda binolardagi sokinlik va salobatda namoyon bо‘lsa, о‘zaro yordam, hashar mahallada yoki qarindosh urug‘ о‘rtasida tо‘y, maraka о‘tkazishda yoki uy-joy qurilishida bir-birlariga moddiy yordam kо‘rsatish, mehribonlikni biron kishining boshiga mushkul ish tushsa yoki keksalar, bolalarga ota-ona, aka-ukalar, opa-singillar, о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarda yaqqol namoyon bо‘lishini kо‘rish mumkin. Ularning kо‘pchiligi boshqa millatlarda uchramaydi. Sotsiolog, prof. M.Bekmurodovning ta’kidlashicha, о‘zbeklardagi jamoaviylikning ildizlari uzoq tarixiy taraqqiyot va turmush kechirish shart- sharoitlari bilan bog‘liq. U shunday yozadi: “О‘zbek xalqi asrlar mobaynida jamoa bо‘lib istiqomat qilib kelgan va 28 Karabayev U.X. Etnokultura. – Toshkent: Sharq, 2005. 254 oilasi, о‘z urug‘i, el-elati, vatani, kasbi-koriga sodiqlik asosiy tamal toshi vazifasini о‘tagan” 29 . Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling