«etnomadaniyat»
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-masalaning bayoni
- Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 15-mavzu:YANGILANGAN MILLIY O’Z-O’ZINI ANGLASH STRUKTURASIDA ETNOMADANIY JARAYONLAR
- O‘quv mashg‘ulotining maqsadi
- O‘quv faoliyatining natijasi
3-masalaning bayoni: Inson ham tabiatning bir bо‘lagi hisoblanib, u bilan birga yashaydi. Tabiat insonni boqadi, yediradi, tо‘ydiradi. Kerak bо‘lsa, kiyintiradi ham. Shunday ekan, unga doimo ehtiyotkorona, oqilona munosabatda bо‘lmog‘imiz darkor. Shu о‘rinda Prezidentimiz I.Karimovning «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida» asarida ta’kidlab о‘tilgan ushbu sо‘zlar mag‘zini о‘quvchi-yoshlarimiz ongiga singdirmoq lozim: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintiqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson о‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bо‘ladi. Bu qonuniyatlarni buzish о‘nglab bо‘lmas ekologik halokatlarga olib keladi». Tabiatda hamma narsa о‘zaro bog‘liqligini unutmasligimiz lozim. Tabiat hodisalari, masalan, havoga bulut chiqib, chaqmoq, yomg‘ir quyishi, bundan о‘t-о‘lanlar, maysalar suvga tо‘yinishi, kо‘karishi, daryo-dengizlarda suvning kо‘payishi yoki qor yog‘sa, don-dun, xirmon barakali bо‘lishi, bug‘doylarning hosili mо‘lligi yoki yog‘ingarchilik kam kelgan yilda hamma joy sarg‘ayib qurib ketishi yoki suvdan tejab ishlatmaslik oqibatida Orolning qurib ekologiyaning izdan chiqqanligi, 240 bir qancha hayvonlarning turlari yо‘qolib ketganligi va hokazo. Shuningdek, jonli jonzotlarni kо‘p ovlamaslik, qushlar va hayvonlarga e’tibor berish, havoni zaharlamaslik kabi salbiy oqibatlarni, ular keltiradigan zararlarni о‘ylab kо‘rmoq lozim. Agar tabiat boyliklarini tejamay, avaylamay ishlataversak, oqibati yomon hollarga olib keladi. Tabiat ham vaqti kelib bizdan о‘ch oladi.О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Sog‘lom avlod» davlat dasturi eng ulug‘ va savob g‘oyadir. Mashhur faylasuf Seneka: «Kelajak avlodni о‘ylamagan xalq dunyodagi eng baxtsiz xalqdir» deydi. Haqiqatan ham ertangi avlodni о‘ylamagan xalq majruh bо‘lishi, qullikka tushishi va shu tariqa Yer yuzidan yо‘qolib ketishi mumkin. Sog‘lom avlod ona Vatanning kelajagi, tayanchi va davomchisidir.Ha, haqiqatan ham bizning ona Vatanimizning jannatmakon diyorligi, unda behisob bog‘-rog‘lar, daryolar, meva-chevalar, noz-ne’matlar bisyorligi, shifobaxsh giyoh va suvlarning kо‘pligi, Yer ostida insoniyat uchun barcha zarur ma’dan boyliklarining borligi, xalqi mehnatkash va yaratuvchi ekanligi, saxovatpeshaligi, yurtning boyligi «oq oltin» va donga konligi har doim ham boshqa xalqlarning havasini keltirgan, e’tiborida bо‘lgan. Biz esa shunday jannatmakon diyorda yashayotganligimizdan faxrlanmog‘imiz, bir zarra tuprog‘ini ham avaylamog‘imiz lozim. Yoshlar tabiat bilan tanishar ekanlar, ularda tabiat gо‘zalliklaridan zavqlanish bilan birga Vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatsevarlik, nafosat, tabiatni sevish, unga mehr-muhabbat bilan qarash, uning unsurlari — havo, suv, tuproq va boshqa shu kabilardan tо‘g‘ri foydalanish, tо‘g‘ri munosabatda bо‘lish tuyg‘ulari shakllanadi. Ba’zan shunday salbiy hodisalarga ham duch kelinadiki, qancha-qancha mehnatlar, iqtisodiy sarf-harajatlar evaziga keladigan nonni ayamay isrof qilish, axlatga tashlash, ariq va anhorlarga mag‘zava tо‘kish, axlat oqizish, korxona chiqindilarini ag‘darib, suv va zaminni, havoni zaharlash, suvni behuda sarflash kabi illatlarga yо‘l qо‘yiladi.Bunday salbiy hodisalarga, fojealarga mustaqillikka erishganimizdan sо‘ng asta- sekin chek qо‘yila boshlandi. Zero, О‘zbekiston Konstitusiyasining 50-moddasida shunday deyilgan: «Fuqarolar atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishga majburdirlar».Bolalarimizga yoshlikdanoq nima mumkin, nima mumkin emasligini о‘rgatib bormog‘imiz farz. Masalan, daraxtni sindirma u bizni mevasi bilan boqadi, havoni tozalaydi, soya-salqini bilan huzur beradi. Oxiri qarib, qurigani о‘tin bо‘lib, non pishirishga yoki uy isitishga yaraydi.Qushlarni о‘ldirmang, ular bizning dо‘stimiz. Qushning ham joni bor, inida polaponi bor. U ham bolasini boqishi kerak. Agar siz uni tutib olsangiz, unda bolalari ham ochidan о‘ladi, qarg‘aydi. Suvni tejang, u sizni tashnalikdan asraydi, bog‘- rog‘laringizni kо‘kartiradi va hokazo.Ha, inson tabiatdan yaralgan, u tabiatning bir zarrasi. Tabiatning о‘z qonun-qoidasi bor. Undagi muvozanatni buzishga hech kimning haqqi yо‘q. Tabiat insonning yashashi uchun yaralgan. Inson hayotga kelar ekan, tabiat bilan bir butunligini doimo his qilib yashaydi. U ulg‘aygan sari borliqni, atrofidagi olamni, tabiat in’om etgan barcha noz-u ne’matlarni bus–butunligicha saqlash uchun harakat qiladi. Undan foydalanish va yashash uchun kurashadi. О‘zi bilgan barcha narsalarni о‘zidan keyingi avlodga qoldirishga harakat qiladi. Ona tabiatdagi mо‘jizalardan ongli ravishda foydalanadi, hayotiy tajriba va ta’lim -tarbiya manbai о‘chog‘i — Ona tabiat ekanligini anglab yashaydi. Tabiat in’om etgan bilimi va boy tafakkuri bilan kelgusi avlodlarga о‘zining merosini qoldiradi. 4-masalaning bayoni: « Asrlar tutash kalgan pallada butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch keib qoldi. Buni sezmaslik, qо‘l qlvushtirib о‘tirish — о‘z-о‘zini о‘limga max kum etish bilan barobardir. Afsuski, hali kо‘plar ushbu muammoga beparvolik va mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bо‘lmoqdalar». О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida «Fuqarolar atrof tabiiy muhitga 241 ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishga majburdirlar»(50-modda) yoki yana «Yer, yer osti boyliklari, suv, о‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muxofazasidadir», (55-modda) deyiladi. Darhaqiqat, hozirgi kunda jamiyatning atrof-muhit bilan munosabatining buzilishi ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuning uchun yosh avlodni bugungi kundanoq ekologik savodxonligini oshirish, tabiat qonun-qoidalari bilan tanishtirish, tabiatni muhofaza qilishga, uni asrab-avaylashga, tabiat boyliklaridan unumli foydalanishga о‘rgatmoq, ona tabiatni sevish, mehr-muhabbat hissini tarbiyalash lozim. Inson onadan tug‘ilib, olamga kelgan kundanoq tabiat ehsonlaridan bahramand bо‘ladi. Shu havodan nafas oladi, olamni taniydi. Ota-bobolarimiz tabiat boyliklarini asrlar davomida kо‘z qorachig‘idek asrab, bizlarga meros qilib qoldirganlar. Har birimiz tabiatni, hayvonot dunyosini, dov-daraxtlarni, giyohlarni asrab-avaylashimiz kerak. Atrofimizdagilarni ham tabiatga bо‘lgan munosabatlariga e’tibor berishimiz, bilmay nihollarni sindirsa, shifobaxsh giyohlarni payhon qilsa, gо‘zallik elchisi gullarni uzsa, tanbeh berishimiz, ularning foydalari haqida gapirishimiz lozim. Iloji boricha о‘zimiz nafas olib turgan havoni, oldimizda oqib turgan suvni iflos qilmasligimiz, bulg‘amasligimiz muhim ishdir. Chunki, tabiat musaffo bо‘lsa, xalq ham sog‘lom bо‘ladi. Ekologiya izdan chiqmaydi. Ona tabiatimiz boyliklarini behuda isrof qilmaslik, atrof-muhitimizni toza saqlashga о‘rganmog‘imiz kerak. Biz tabiat sirlarini kо‘proq о‘rgatmog‘imiz uchun tez-tez tabiat qо‘yniga sayr qilmog‘imiz, olam о‘zgarishini, fasllar almashinishini kuzatmog‘imiz, kо‘p kitoblar о‘qib, nazariy va amaliy bilimlarimizni oshirib bormog‘imiz kerak. Tabiatni asrash keng jamoatchilikning burchi, shunday ekan biz ham kelajakdagi avlodlarimiz uchun ma’naviy ekologik merosimizni qoldirishimiz kerak. Ularga tabiiy boyliklarimizni asrab-avaylash, ulardan oqilona foydalanish, kо‘z qorachig‘idek asrashni doimo uqtirib о‘tishimiz va о‘rgatishimiz lozim. Atmosfera havosining ifloslanish darajasi avtotransport vositalarining soniga, ularning motor va karbyuratorlarining normal ishlashiga, shahar kо‘chalarining aeratsiyasiga, daraxtzorlarning kо‘p va kamligiga, havoning iqlim sharoitiga va boshqalarga bog‘liqdir. Endi о‘ylab kо‘ring, 20-40 yoshli о‘pkasi sog‘, nafas yо‘llari ravon bо‘lgan odamlar, bir daqiqada nolrmal holatda 16-20 marta nafas oladi, har nafas olganda о‘pkaga 400-500 ml havo kiradi. U organizmni kislorod bilan ta’minlaydi, havo bilan organizmga har nafas olganda 90-100 ml. kislorod kiradi. Kislorodsiz hayot bо‘lmaydi. Organizmdagi modda almashinish jarayonlari havo kislorodi bilan chambarchas bog‘liq. Shu havo bilan uni ifloslantiruvchi zararli changlar, gazlar ham odam organizmiga kiradi. Bir daqiqada о‘rta hisobda inson 17-18 marta nafas olsa, qancha zararli omillar inson organizmiga kirishi mumkin? Agar ular gigiyenik normadan ortiqcha bо‘lsa, qanday kasalliklarni chaqirishi mumkin? Shuning uchun ham havosi о‘ta ifloslangan shaharlarda nafas yо‘llarining, umuman inson organizmining har xil kasalliklari: anemiya, bronxit, о‘pka yallig‘lanishi, rinit va boshqa xastaliklar kо‘payishiga sabab bо‘ladi. Inson hayoti va salomatligi hamma narsadan ustun. Halqimizda “Boylikning boshi – Sog‘liq” degan naql bor. Bu dono fikr yurtimizda istiqlol yillarida olib borilayotgan siyosatning tub zamiriga sindirilgan. Zero, har tomonlama sog‘lom xalq davlatimizning kuch – qudrati bebaho boyligidir. Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasining 2010 yilda mamlakatimizning ijtimoiy — iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mо‘ljallangan muhim ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisidagi ma’ruzasini tinglab, kо‘nglimda xuddi shunday mulohaza о‘tdi. Yurtboshimiz tomonidan sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish va ushbu tizimda sifat 242 о‘zgarishlarini amalga oshirishni ta’minlashga doir keltirilgan har bir raqam zaminida ne-ne zahmatli mehnat, millat uchun, xalq uchun yuksak g‘amxо‘rlik yetganini anglab olish qiyin emas. Bitta misol — qariyb 20 yil mobaynida odamlarning о‘rtacha umr kо‘rishi 67 yoshdan 73 yoshga, ayollarning umr kо‘rishi esa 75 yoshgacha oshdi. Abu Ali ibn Sino: “Odamning salomatligi tashqi sharoit bilan chambarchas bog‘langan” deganda ming bor haq edi. Shuningdek, buyuk rus olimi I.P.Pavlovning: “Inson 100 yil yashashi mumkin, lekin, biz о‘zimizning, о‘z a’zolarimizga nisbatan shafqatsizligimiz tufayli bu muddatni kо‘p yillarga qisqartirib yuboramiz” degan sо‘zlarini eslashni lozim topdik. Inson о‘z sog‘ligini asragan taqdirda tabiatni, hayot davomiyligini asragan bо‘ladi. Inson salomatligini ta’minlash va umrini uzuytirish nimalarga bog‘liq ekanligini aniqlashga harakat qilinsa, samarali tarzda oziqlanish, atrof – muhitning salbiy ta’sirlaridan himoyalanish va ma’lum tizimga kirib kelgan turmush tarzini keskin о‘zgartirmaslik lozim ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Salomatlik deganda, odamning bilogik, psixologik va ijtimoiy nuqtai nazardan о‘zini faol tarzda namoyon qilishining optimal holati tushuniladi. Ma’lumki, inson hayoti tabiat qurshab turgan tabiiy omillar — havo, ona – zamin, suv va suv havzalari, butun borliqning paydo bо‘lishi va rivojlanish qonuniyatlarini falsafiy nuqtai nazardan bilish, о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda tabiatni muhofaza qilish, ekologik muammo milliy xavfsizlik taqdiriga aylanib qoldi. Ekologik xavfsizlik va atrof – muhitni muhofaza qilish muammosi aloxida e’tiborga molikdir. Inson butun umri davomida deyiladi muqaddas kitoblarda, suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus – butun asrashga burchlidir. Jonli tabiat ham, jonsiz tabat ham doimiy haraktda, ular о‘rtasida tо‘siq yо‘q. Ular bir – biridan sifat jihatidan farq qilsada, bir biri bilan chambarchas bog‘langan. Ular о‘rtasidagi moddiy birlik ularning kimyoviy tarkibidan aniq kо‘rinadi. Masalan, odam organizmidagi kislorod, temir uglerod, natriy, kaliy, xlor, kalsiy, fosfor va boshqa elementlar jonsiz tabiatda ham uchraydi. Tirik jismlarning eng muhim xususiyati – moddalar almashinuvidan, jonli tuzilishlarning buzilishi va yangidan tuzilish jarayonlaridan iborat. Ana shu jarayonlar, jizmlar yashashaining asosiy shartidir. Hayotiy — maishiy jarayonlar oqibatida paydo bо‘layotgan millionlab tonna chiqindilar suvni, havoni, tuproqni — ona zaminni ifloslantirmoqda. Bu aholi о‘rtasida yuqumli va yuqumsiz kasallilarning tarqalishiga sabab bо‘lmoqda. Atrof muhitning radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan bulg‘anishi aholining, chorva mollarining, parrandalarning zaharlanishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda sanoat, qurilish va maishiy chiqindilarni tо‘plash, qayta ishlash va yо‘q qilish muhim ekologik muammolardan biri hisoblanadi. Ekologik muammolar keyingi 15 yilda shunday keskin tus oldiki, bugungi kunda ular hal etilmas ekan, inson halokatga yuz tutishi aniq bо‘lib qoldi. Bu haqda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlari bayon qilmoqdalar. Hamma (joyda), mamlakatlarda atrofimizni о‘rab turgan olamni kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish maqsadida ekologik falokatning oldini olish xususida qonun va qarorlar qabul qilinmoqda. Sanoat, maishiy, qurilish va boshqa korxonalarda ishlatiladigan toshkumir, neft mahsulotlari va boshqa narsalarni olishda juda kо‘p miqdorda ishlatiladi. Ularning texnologik jarayonida yonishi natijasida kо‘p miqdorda zararli changlar, gazlar, aerozollar, qurum, turli kimyoviy moddalar atmosferaga chiqarib tashlanadi. Masalan, 1 kg toshkо‘mirda 2% atrofida oltingugurt bо‘lsa, yonilg‘i yonishi uchun 10m 3 havo (kislorod) kerak bо‘ladi. Havo tarkibiga, toshkо‘mir yonishi natijasida 20 gramm 243 oltingugurt havoga shimiladi. Toshkо‘mirning yonishidan kо‘p miqdorda (40-35%) chiqindi paydo bо‘ladi va atmosfera havosiga tashlanadi. Shuningdek bir tonna toshkо‘mir yoqilganda 200 kg atrofida kul tushadi, undan 160 kg havoga uchib ketadi. Insonlar va hayvonlar uchun о‘ta xavfli hisoblangan: is gazi, azot oksidi, sulfat angidridi va boshqa kimyoviy moddalar atmosfera havosini ifloslantiradi. XXI asrning eng global muammolaridan biri – aholi yashayotgan turar joylar havosining zararli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishining 65-70% sababchisi avtomobil transporti hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, hozirgi paytda Samaraqand shahrida faqat yengil avtomobillar soni qariyb 150 mingdan oshib ketdi. Ana shu avtomobilning bittasi 200 dan ortiq turli xil zararli va zaharli kimyoviy moddalar va birikmalarni havoga chiqarmoqda. Shuningdek, о‘rtacha 1 dona yengil avtomobil har yili atmosfera havosidan 4 tonna kislorod olib, dudbо‘roni orqali havoga 500 kg is gazi va karbonat angidrid gazi, 40 kg azot oksidi, 200 kg har xil birikmali karbon suvlar, hamda bir necha kg. tetroetil qо‘rg‘oshin tashlar ekan. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar Ekologik ong, Ekologik ong va etnomadaniyat uyg‘unligi, ekologik madaniyat, etnoekologik an’analar, xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlar, zamonaviy global ekologik ziddiyatlar, jonli tabiat, jonsiz tabiat, inson salomatligini ta’minlash va umrini uzuytirish, zamonaviy global ekologik ziddiyatlar, ekologik xavfsizlik, atrof – muhitni muhofaza qilish muammosi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 1. Ekologik ongning etnomadaniyat bilan uyg‘unligi nimalarda namoyon bо‘ladi? 2. Ekologik madaniyat va etnoekologik an’analar haqidagi qanday tarixiy falsafiy manbalarni bilasiz? 3. Xalq axloqida tabiatni asrash haqidagi tasavvurlar qaysi davrlardan boshlab shakllana boshlagan? 4. Tabiatni asrash bilan bog‘liq qanday xalq udumlari va xalq maqollarini bilasiz? 5. Inson salomatligini ta’minlash va umrini uzuytirishning tabiiiy omillari nimalar bilan bog‘liq? 6. Zamonaviy global ekologik ziddiyatlarni yechishda davlat tashkilotlarining roli qanday? Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y. 2.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:Ma`naviyat.1998 y. 3.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y. 4. Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998 yil. Elektron ta’lim resurslari: 1.www. tdpu. uz 2.www. Ziyonet. uz 3.www. edu. uz 4.www. ma’naviyat. uz 244 15.1.Darsni olib borish texnologiyasi Talabalar soni: 50-70 gacha Vaqti:2 soat. O‘quv mashg‘ulotining shakli Informatsion baxs-munozarali dars Ma’ruza rejasi 1.Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy о‘z-о‘zini anglashning yangilanishidagi ahamiyati. 2.Milliy о‘z-о‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan bog‘liqligi. 3.Etnomadaniyatda millatga xos bо‘lgan “fazilat” va “qadriyatlar”ning aks etishi. 4.Demokratik islohotlar xalqlar etnik ongidagi о‘zgarishlar omili. 5.Etnik ongdagi ijobiy va salbiy omillar O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarda mafkuraviy va g‘oyaviy tahdidlar kuchayib borayotgan davrda yangilangan milliy o‘z-o‘zini anglash strukturasida etnomadaniy jarayonlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish. Pedagogik vazifa: O‘quv faoliyatining natijasi: Pedagogik vazifalar: - Talabani qiziqtirish, bilim darajasini oshirish, yo‘naltirish, boshqarish; - Talabani faollashtirib, yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda hamkorlikka chorlab, maqsadga erishish; - An’anaviylikning noan’anaviylik bilan uyg‘unlashuviga muvaffaq bo‘lish O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Bilim darajasi yuksaladi; - Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib boradi; - Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; - Yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; - Mavzuni atroflicha o‘rganishga erishadi; - Faol harakat shakllanadi. O‘qitish usullari va texnika Vizual ma’ruza,savol-javob, “FSMU” uslubi. O‘qitish vositalari Kompyuter texnologiyasi (“Etnomadaniyat: asosiy tushuncha va tamoyillar” fanidan elektron o‘quv uslubiy majmua) Slaydlar O‘qitish shakli Jamoa bo‘lib ishlash O‘qitish shart-sharoitlari Texnik vositalar bilan ta’minlangan, o‘qitish usullarini qo‘llash mumkin bo‘lgan o‘quv xona. 15-mavzu:YANGILANGAN MILLIY O’Z-O’ZINI ANGLASH STRUKTURASIDA ETNOMADANIY JARAYONLAR 245 Monitoring va baholash Kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, o‘quv topshiriq. 15.2.Darsning texnologik kartasi Ish jarayonlari vaqti Faoliyat mazmuni O‘qituvchi Talaba 1 bosqich. Kirish (10 daqiqa) 1.1. Ma’ruzaning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova) Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi 1.2. Mashg‘ulotni o‘tkazish shaklini e’lon qiladi Yozib oladi 2 bosqich. Asosiy jarayon (60 daqiqa) 2.1. Vizual materiallardan foydalangan holda mavzuning barcha rejasini yoritadi.Har bir rejaga yakun yasaydi, savol-javob bilan mustahkamlaydi. (2-ilova) Yozadi, savolga javob beradi. 2.2. Mavzuni mustahkamlash maqsadida kichik guruhlar tashkil etadi va har bir reja yuzasidan “FSMU” texnikasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (3-ilova). Guruhlarda ishlashga yordam beradi Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini - qog‘ozlarga tushirib, taqdimotini o‘tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadi. Guruhlarda ishlaydi. 3 bosqich. Yakuniy bosqich (10 daqiqa) 3.1Kichik guruhlarga taqdimotiga yakun yasab, javoblarni sharxlaydi, mavzu boyicha umumiy xulosa qiladi. Tinglaydi. 3.2. Mustaqil tarzda о‘qish uchun adabiyotlar ruyxatini taqdim etib, darsni yakunlaydi (4-ilova). Taqdim etilgan adabiyotlarni yozib oladi. 1-ilova: MAVZU: Yangilangan milliy о‘z-о‘zini anglash strukturasida etnomadaniy jarayonlar Reja: 1. Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy о‘z-о‘zini anglashning yangilanishidagi ahamiyati. 2. Milliy о‘z-о‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan bog‘liqligi. 3. Etnomadaniyatda millatga xos bо‘lgan “fazilat” va “qadriyatlar”ning aks etishi. 4. Demokratik islohotlar xalqlar etnik ongidagi о‘zgarishlar omili. Etnik ongdagi ijobiy va salbiy omillar. 246 O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: : Talabalarda mafkuraviy va g‘oyaviy tahdidlar kuchayib borayotgan davrda yangilangan milliy o‘z-o‘zini anglash strukturasida etnomadaniy jarayonlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytirish. O‘quv faoliyatining natijasi: Talaba mafkuraviy va g‘oyaviy tahdidlar kuchayib borayotgan davrda yangilangan milliy o‘z-o‘zini anglash strukturasida etnomadaniy jarayonlar to‘g‘risidagi tushunchaga ega bo‘ladi. 2-ilova: Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling