«etnomadaniyat»
Download 5.23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
- 16-mavzu: ETNOMADANIYAT VA MILLIY G‘OYA MUSHTARAKLIGI 16.1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi
- BLITS SО‘ROV SAVOLLARI
- Millatlararo munosabatlarda mayda millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati
- MAVZU: Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi. Reja
4- masalaning bayoni: Bugun demokratik islohotlar xalqlar etnik ongidagi о‘zgarishlar omili sifatida e’tirof etilmoqda. Xush, demokratiyaning о‘zi nima, belgilari, asosiy shartlari nimalardan iborat? Demokratiyada erkinlik, tenglik, ma’naviyat, qadr- qimmat qanday bо‘ladi? Va, biz demokratiyani qanday tushunamiz? Odatiy mushoxadalarga zid ularoq, demokratiya kecha paydo bо‘lgani yо‘q, qolaversa, u G‘arbning maxsuli xam emas, aksincha, demokratiya qadim-qadimda Sharkda shakllangandir. Garchand biz kо‘p yillik sivilizatsiya tarixini yunonlardan, rimliklardan boshlab о‘rgangan bо‘lsak-da, Qadim madaniy taraqqiyot aslida xindlardan, ulardan xam avvalroq xitoyliklardanu turkiy ajdodlarimiz bо‘lgan xunlardan boshlangani bugun biz uchun sir emas. О‘tmishda Konfusiydan bu о‘tkinchi dunyoda odamday yashash uchun kerak bо‘ladigan yо‘lni, xayot tarzini birgina sо‘z bilan ifodalaganda, u qanday sо‘z bо‘lardi deb sо‘rashganida u — kenglik, bolalarim, kenglik!, degan ekan. Aslida demokratiya shu — bag‘rikenglik, murosa, birovni chidab eshitish, kengashish, mojarolarni siyosiy yо‘l bilan xal qilmoq, qanchalik nokulay bо‘lmasin, о‘zgacha fikrni xam eshitmoq, xamma ijtimoiy tabaqalar bilan, xalq bilan xisoblashmoqdir. Insoniy munosabatlardagi ana shu bag‘rikenglikni davlat siyosatiga aylantirib, uni „demokratiya" deb ataydilar. Xozirgi davrda „demokratiya"ning bir necha ma’nolari mavjud. “Demokratiya”ning birinchi manosi uning etimologiyasi, ya’ni atama sifatida kelib chiqishi bilan bog‘liq. Chunki, qadimgi Gretsiyada paydo bо‘lgan “demokratiya” atamasi demos — „xalq", kratos — „xokimiyat"dan iborat bо‘lib, „xalq, xokimiyati" deb tarjima qilinadi. AQShning sobiq prezidenti A. Linkoln ushbu ta’rifni yanada tushunarliroq qilib, „demokratiya — xalq uchun xalq, saylagan xalq boshqaruvidir", deb izoxlaydi. (goyerment of the people, bu the people, for the people.) Yuqoridagi ta’riflarga kо‘ra, demokratiya xalqning о‘zidan kelib chiqadi („of"), xalq tomonidan amalga oshiriladi („bu"), xalq manfaatlari uchun xizmat qiladi („for"). Biroq, ayrim mualliflar „demokratiya" sо‘zining tom ma’nosi, kо‘pchilik о‘ylaganidek, „xalq xokimiyati" emas, balki „yо‘qsillar xokimiyati" („demos" — mulksiz, yо‘qsil, mansabsiz) deb xisoblaydilar 2 . Bu fikrni rad etish shuning uchun xam mushkulki, Qadimgi Gretsiyadagi Afina davlatida 400 ming axoli bо‘lib, uning faqatgina 40 mingigina teng xuquqli fuqarolar bо‘lishgan 3 . Mana shu un foiz axoli butun „demos" nomidan xokimiyatga da’vogarlik qilgan. Buning ustiga ayollar, kо‘chib kelganlar, qullar siyosiy xuquqlarga ega bо‘lmaganlar. Demokratiyaning etimologik ta’rifiga nisbatan kengroq tushunish uning ikkinchi ma’nosini keltirib chiqaradi. Unga kо‘ra demokratiya — „boshqaruv va qarorlar qabul qilinishida a’zolarning teng ishtirokiga asoslanuvchi xar qanday tashkilotning tuzilish shakli" deya e’tirof etadi. Uchinchi ma’noda demokratiya qadriyatlarning ma’lum bir tizimiga asoslanuvchi ijtimoiy tuzum ideali sifatida tushuniladi va uning qadriyatlariga erkinlik, tenglik, inson xuquqi, xalq suvereniteti va boshqalar kiritiladi. Tо‘rtinchi ma’nosida demokratiya xalq xokimiyatchiligi, demokratik maqsadlar va ideallarni amalga oshirish uchun ijtimoiy va siyosiy xarakatlar sifatida qaraladi. Bugungi demokratik islohotlar sharoitida xalqlar etnik ongidagi о‘zgarishlarga, bugun etnomadaniy hayotimizda sodir bо‘layotgan evolyusion jarayonlarga chuqurroq qaraydigan bо‘lsak, fikrimizcha, unda beshta xususiyatining sodir bо‘layotganini 29 Bekmurodov M. О‘zbek mentaliteti: jamoaviylik va individuallik nisbati. “Hurriyat” gazetasi, 2002 yil, 17aprel. 255 kо‘rishimiz mumkin. Ular: Birinchidan, sobiq shо‘ro hukmronligi sharoitida paymol etilgan milliy urf-odat, an’ana, qadriyat, marosim va udumlarni qaytadan tiklanishining amalga oshayotganini; Ikkinchidan, milliy-ma’naviy merosning qayta tiklanishi va uni ommalashtirish jarayoni sodir bо‘layotgani; Uchinchidan, ayrim tiklanayotgan urf-odat, an’ana qadriyat, udum va marosimlar milliy-ma’naviy hayotimizdan mustahkam о‘rin olmayotganligi; Ular an’anaviy san’at, kiyinish va turmush kechirish bilan bog‘liq ba’zi marosimlarda kо‘zga tashlanmoqda; Tо‘rtinchidan, ularni о‘ta “zamonaviylashtirishga” bо‘lgan intilishlarning kuchayotganligi kо‘rish mumkin. Ayniqsa ana shu, о‘ta “Zamonaviylashtirish”ning ikki yо‘nalishida: a) milliy urf-odat, an’ana, qadriyat, marosim va udumlarga bir guruh bozor munosabatlarining yaratgan imkoniyatlaridan foydalanib, moddiy jihatdan baquvvatlashib olgan millatdoshlarimiz tomonidan, ularning “manmanlik”ka berilayotganligi oqibatida “yangi” tus berilayotganligi; b) Hozirgi davrdagi jahon globallashuvining jadallashuvi oqibatida milliy urf-odat, an’ana, qadriyat marosim va udumlarimizga xorijiy, ayniqsa g‘arb qadriyatlarning ta’sirining kuchayotganligida; Beshinchidan, tiklanayotgan an’anaviy urf-odat, an’ana, qadriyat, udum, marosimlar bilan g‘arb mamlakatlari xalqlarining bizning milliy mentalitetimizga zid bо‘lgan yengil-yelpi urf-odat, an’ana, qadriyat, san’at va axloqlarga yoshlarimiz tomonidan taqlidchilikning kuchayayotganligi о‘rtasidagi qarama-qarshilikning mavjudligida namoyon bо‘lmoqda. Shuningdek, ba’zi bir yoshlarda pulni har qanday omildan ustun qо‘yish, ya’ni, “mening barcha muammolarimni pul yechishi mumkinligiga ishonchim komil”, “bugungi kunda insonni uning pulini miqdoriga qarab baholashadi”, “pulni saqlash qobiliyatim bilan faxrlanaman”, “dushmanim yoki raqobatchimga ta’sir qilish uchun kо‘pincha pulni ishga solaman”, “ba’zida men о‘rtoqlarimda taassurot uyg‘otish uchun о‘zimga keraksiz bо‘lgan buyumlarni sotib olaman”, “men qarzga pul olishni yoqtirmayman”, “mening kо‘pgina о‘rtoqlarim menga nisbatan kо‘p pulga egadirlar”, “men lotoreya о‘ynayman”, “pulni sarflash men uchun maroqlidir” degan mulohazalarning paydo bо‘lishi demokratiyani bir tomonlama tushunishning, bizning milliy mentalitetimizga zid bо‘lgan yengil-yelpi urf-odat, an’ana, qadriyat, san’at va axloqlarga taqlidchilikning oqibatidir. Yoshlar ongidagi, xususan, etnik ongdagi ijobiy va salbiy omillarning paydo bо‘lishiga iqtisodiy ijtimoiylashuv jarayonlari ham sezilarli darajada о‘zini kо‘rsatmoqda, desak mubolag‘a bо‘lmaydi. Zamonaviy ijtimoiy psixologiyada keng tarqalgan ta’riflarga kо‘ra, ijtimoiylashuv - individning hayoti davomida о‘zi yashayotgan jamiyat taalluqli bо‘lgan qadriyatlar, ijtimoiy rollar, xulq-atvorlarni о‘zlashtirishidir. Bu holatda ijtimoiylashuv cheksiz hisoblanib, biron bir davri bilan chegaralanmay, aksincha, individning hayoti davomida ijtimoiy malakalarni о‘zlashtirish bilan bog‘liq hisoblanadi. Ijtimoiylashuv о‘zida, individni jamiyat a’zosi sifatida his qilishi uchun zarur bо‘ladigan barcha odob-axloq va qadriyatlar tizimini о‘zlashtirishi bilan bog‘liq ijtimoiy jarayonlarni mujassamlashtiradi. Keng qamrovli adabiyotlar tahliliga tayanadigan bо‘lsak, bugungi kunda yoshlarning iqtisodiy ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi hamda dinamik xarakter kasb etuvchi ijtimoiy omillarni quyidagi kо‘rinishda tо‘laqonli tasavvur qilish mumkin: a) megaomillar: transmilliy korporatsiyalar, xalqaro tashkilotlar; b) makroomillar: mamlakat, davlat, madaniyat; v) mezoomillar: etnos (millat), hududiy shart-sharoitlar, shahar va qishloqlar, OAV; g) mikroomillar: oila, mehnat jamoasi, ta’lim muassasalari yoki diniy idoralar. О‘sib kelayotgan barkamol avlodni о‘tish davridagi tanaffuslar oralig‘ida ularni о‘zgarayotgan shart-sharoitlarga mos ravishda aniq bilimlarga tayanib tarbiyalash, mohiyatan dolzarbdir. Shundan kelib chiqqan holda soha mutaxassislari oldida turgan 256 vazifalardan biri - bu bolaning shaxs bо‘lib shakllanishi davomida unga iqtisodiy hodisalar haqidagi tasavvurlarni singdirish, ya’ni iqtisodiyot olamida namoyon bо‘ladigan voqea va hodisalar tо‘g‘risidagi bilimlarni bolalik davri bosqichlariga mos ravishda shakllantirishdir. Jahon miqyosida informatsion xurujlarning tobora kuchayayotgan bir sharoitida, yoshlarimizni ularning ta’siridan himoyalash, ularning milliy о‘zligini anglash kabi etnomadaniyatimizning boy zaminlaridan barhamand qilish ayni paytda dolzarb vazifalardan biridir. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlar, milliy о‘z-о‘zini anglashning yangilanishi, lyuralizm, “fazilat” va “qadriyatlar”, demokratiya, demokratik islohotlar, xalqlarning etnik ongi, etnik ongdagi ijobiy va salbiy omillar, ijtimoiy psixologiya, iqtisodiy ijtimoiylashuv, ijtimoiy omillar, megaomillar: transmilliy korporatsiyalar, xalqaro tashkilotlar; makroomillar: mamlakat, davlat, madaniyat; mezoomillar: etnos (millat), hududiy shart- sharoitlar, shahar va qishloqlar, OAV; mikroomillar: oila, mehnat jamoasi, ta’lim muassasalari yoki diniy idoralar. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Etnoijtimoiy va etnomadaniy jarayonlarning milliy о‘z-о‘zini anglashning yangilanishidagi ahamiyati qanday? 2. Etnomadaniyat millatning botiniy (ichki) va zohiriy (tashqi) salohiyatini о‘zida ifoda etishini misollar bilan izohlang... 3. Milliy о‘z-о‘zini anglashdagi plyuralizmning milliy tiklanish bilan bog‘liqligi qay tarzda namoyon bо‘ladi? 4. Etnomadaniyatda millatga xos bо‘lgan “fazilat” va “qadriyatlar”ning aks etishiga misollar keltiring... 5. Nima uchun demokratik islohotlarni xalqlar etnik ongidagi о‘zgarishlar omili deb hisoblaymiz? 6. “Demokratiya” sо‘zining etimologiyasini izohlang... 7. Bugungi kunda yoshlarning iqtisodiy ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi qanday omillar mavjud? Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Karimov I.A. Istiqlol va ma`naviyat .T.: O`zbekiston. 1994 y. 2.Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T.:Ma`naviyat.1998 y. 3.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008 y. 4. Jabbarov I.M. О‘zbek xalqi etnografiyasi. - Toshkent:О‘qituvchi, 1994. 5.Abdullaev M. Abdullaev A. Ma`naviyat va madaniyat tarixi. Farg‘ona.1998 yil. 6.Abdullaev M. Madaniyatshunoslik. Farg‘ona. 1998 y. 7. Bekmurodov M. О‘zbek mentaliteti. - Toshkent:“Yangi asr avlodi”, 2004. Elektron ta’lim resurslari: www. tdpu. uz 1. www. Ziyonet. uz 2. www. edu. uz 3. www. ma’naviyat. uz 257 16-mavzu: ETNOMADANIYAT VA MILLIY G‘OYA MUSHTARAKLIGI 16.1.Ma’ruza mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi: Vaqti –2 soat Talabalar soni: 60-70 nafar O‘quv mashg‘ulotining shakli: Ma’ruza mashg‘uloti: Ma’ruza mashg‘ulotining rejasi 1.Milliy g‘oyada ma’naviy qadriyatlarga ega bо‘lgan etnos borlig‘i mohiyatining ifodalanishi. 2.Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat. 3.Millatlararo munosabatlarda mayda millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati. 4.Departatsiya qilingan xalqlar ongida etnomadaniyatga munosabat. Madaniyatlararo muloqot mintaqaviy konfliktlarni yechish omili. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi haqida talabalarga atroflicha bilim berib, ularning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlariga erishish Pedagogik vazifalar: - Talabani qiziqtirish, bilim darajasini oshirish, yo‘naltirish, boshqarish; - Talabani faollashtirib, yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda hamkorlikka chorlab, maqsadga erishish; - An’anaviylikning noan’anaviylik bilan uyg‘unlashuviga muvaffaq bo‘lish O‘quv faoliyatining natijalari: Talaba: - Bilim darajasi yuksaladi; - Mustaqil fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lib boradi; - Berilgan didaktik materiallarni o‘rganadi; - Yangi mavzuning bayoni va uni mustahkamlashda bevosita ishtirok etadi; - Mavzuni atroflicha o‘rganishga erishadi; - Faol harakat shakllanadi. O‘qitish uslubi va texnikasi Aq charxi, bayon qilish, vizual ma’ruza, blits- so‘rov, klaster usuli O‘qitish vositalari Ma’ruzalar matni, tarqatma materiallar, slaydlar, proyektor, marker, doska O‘qitish shakli Jamoa, guruhlarda va juftlikda ishlash O‘qitish shart-sharoiti Proyektor, kompyutor bilan jihozlangan auditoriya 16.2.Ma’ruza mashg‘ulotining texnologik xaritasi: Bosqichlar, vaqti Faoliyat mazmuni: O‘qituvchi: Talaba: 1-bosqich. 1.1. Salomlashib, mavzuga o‘tishdan oldin 1.1.Aql charxi uchun 258 Kirish (10 min) qisqa daqiqali aql charxi mashqini o‘tkazadi. 1.2.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalarni ma’lum qiladi(1-ilova) ajratilgan qisqa daqiqali jarayonda faol bo‘ladi. 1.2. Ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘radi. 2-bosqich. Asosiy qism (60 min) 2.1. Yangi mavzu doirasida talabalar bilimini aniqlash uchun Blits-so‘rov tashkil etadi: (2-ilova) - 2.2. Savol-javoblar jarayonini yangi mavzu bilan bog‘laydi, ma’ruzani bayon etishni boshlaydi.Taqdimotlar namoyish etadi(3-ilova). 2.3.Mavzuga oid vizual materiallarni taqdim etadi. 2.4. Klaster usulida tayyorlangan vizual ma’ruzadagi chizmada aks etgan millatlararo munosabatlarni bayon etishga talabalarni jalb qiladi (4-ilova) 2.5.Talabalarning fikrlariga aniqlik kiritadi, vizual ma’ruzaning kerakli joylarini yozib olishlarini taklif etadi. 2.1. Savollarni tinglaydi, blits-so‘rov jarayonida ishtirok etadi. Berilgan javoblarni tinglab, mulohaza yuritadi. 2.2.Ma’ruzani diqqat bilan tinglaydi. 2.3.Vizual materiallarga e’tibor qaratadi. 2.4.Chizmada aks ettirilgan fikrlarni tinglaydi, o‘qituvchining xulosasi bilan solishtiradi 2.5. Vizual ma’ruzaning kerakli joylarini yozib oladi. 3-bosqich: Yakuniy qism: (10 min) 3.1. Mavzuga yakun yasaydi, darsda faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi. 3.2. Mustaqil ish uchun talabalarga savollar taqdim etadi, ularga yozma javob tayyorlashni topshiradi 3.1.Eshitadi 3.2. Uyga berilgan vazifani yozib oladi. 1-ilova: MAVZU: Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi. Reja: 1. Milliy g‘oyada ma’naviy qadriyatlarga ega bо‘lgan etnos borlig‘i mohiyatining ifodalanishi. 2. Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat. 3. Millatlararo munosabatlarda mayda millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati. 4. Departatsiya qilingan xalqlar ongida etnomadaniyatga munosabat.Madaniyatlararo muloqot mintaqaviy konfliktlarni yechish omili. 259 O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi haqida talabalarga atroflicha bilim berib, ularning mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishlariga erishish O‘quv faoliyatining natijasi: Talabalar Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladilar. 2-ilova: 1-o‘quv topshiriq “Блиts-сo‘ров” саволлари: 3-ilova: BLITS SО‘ROV SAVOLLARI: - Etnomadaniyat fanini о‘rganishning ahamiyati nimadan iborat? -Etnomadaniyat fani qachondan boshlab fan sifatida shakllana boshlagan? -Milliy g‘oya fani asoslarini nima tashkil etadi? -Milliy g‘oya fani eng avvalo qaysi fanlar bilan aloqador? -Etnomadaniyat va milliy g‘oyaning bog‘liqligi asoslovchi omillar nimalardan iborat? Milliy g‘oyada ma’naviy qadriyatlarga ega bо‘lgan etnos borlig‘i mohiyatining ifodalanishi Milliy g‘oya va etnomadaniyatning uzviyligi shundaki, ularning har ikkisi ham milliy-ma’naviy qadriyatlarga asoslanadi. О‘zbek xalqining chaqaloq tug‘ilgandan boshlab, insonni sо‘nggi yо‘lga kuzatishgacha bо‘lgan asriy ajoyib odatlari, qadriyatlari borki, ularning har biriga kо‘plab misollarni keltirish mumkin. 260 Milliy urf-odatlar Milliy g‘oyada ma’naviy qadriyatlarga ega bо‘lgan etnos borlig‘i mohiyatining ifodalanishi An’analar, qadriyatlar Rasm-rusumlar Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat Milliy qadriyatlar о‘tmish mustabid tuzum sharoitida tazyiq va tahqirga uchragan, ularga «eskilik sarqiti», «о‘tmishning qoldig‘i» degan tamg‘alar bosilgan edi. hatto, bolani beshikka belash, isiriq tutatish, maxsi-kavush kiyish, oyoqni sandalda issiq tutish kabi beg‘ubor odatlar ham shu tahqirdan chetda qolmagan. Mustamlakachilik siyosati soxta qadriyatlar, begona taomillarni zо‘rlab kiritishga urindi. Millatlararo munosabatlarda mayda millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad, intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi. Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarda barcha millat va elatlar manfaatlarini himoya qilish kо‘zda tutilgan. Hatto mayda millat deb e’tirof etilgan millat vakillarini ham. 261 4-ilova: 2-o‘quv topshiriq Millatlararo munosabatlar: MAVZU: Etnomadaniyat va milliy g‘oya mushtarakligi. Reja: 1. Milliy g‘oyada ma’naviy qadriyatlarga ega bо‘lgan etnos borlig‘i mohiyatining ifodalanishi. 2. Sotsializm davri xalqlari ongida milliy g‘oyaga munosabat. 3. Millatlararo munosabatlarda mayda millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishning ahamiyati. 4. Departatsiya qilingan xalqlar ongida etnomadaniyatga munosabat.Madaniyatlararo muloqot mintaqaviy konfliktlarni yechish omili. 1-masalaning bayoni: Milliy g‘oya - millatning о‘tmishi, buguni va istiqbolini о‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga hizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shaklidir. U bevosita insonlarning о‘zligini anglash bilan bog‘liq. Milliy g‘oyada ma’naviy qadriyatlarga ega bо‘lgan etnos borlig‘i ifodalanadi. О‘zbek xalqining: “Yetti boboni bilgan er, yetti yurtning g‘amin yer” degan hikmati bor. Bu esa о‘z ajdodlari va ularning tarixini bilish demakdir. Demak, milliy о‘zlikni anglash, avvalo, о‘z xalqining tarixini, asriy an’analarini bilish, о‘z etnik ildizlarini tanish bilan bog‘liq. Milliy о‘zini anglagan xalq о‘zining boshqa millatlar ichida birortasidan kam yo ortiq emasligini, bu zamin barcha insonlar uchun umumiy makonligini, inson hayoti uning barcha burjlarida eng oliy qadriyatligini tushunib yetadi. Bu esa umumbashariy о‘zlikni ang- lashning aynan о‘zidir. Milliy g‘oya о‘z mohiyatiga kо‘ra, xalq, millat taqdiriga daxldor bо‘lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bо‘lgan vazifalar va mо‘ljallarni ham aks ettiradi. Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar Fransiyani bosib olganda “qarshilik kо‘rsatish” g‘oyasining milliy g‘oya darajasiga kо‘tarilgani va Fransiyaning ozod etilishi milliy g‘oyaning juda qisqa muddatda ham ulkan ahamiyat kasb etishiga misol bо‘la oladi. U yoki bu g‘oyaning milliy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning о‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liq. 262 Biz ba’zan oynai jahon orqali qandaydir sabab bilan xotirasini yо‘qotgan kishilar haqidagi filmlarni kо‘rib qolamiz. Ular ota-onasi u yoqda tursin, hatto о‘z ismlarini ham unutib, faqat shaklangina odam, aslida ayanchli jo-nivorlarga aylanib qoladilar. Endi xotirasiz xalqni tasavvur qi-ling. Bu chinakam fojiadir. Xotira shaxs uchun ham, xalq uchun ham bebaho ne’matdir. Har qanday xotirada, hatto yosh bola yodida ham tarixiylik elementlari bо‘ladi. Tarixiylik xotiraning tayanchidir. Shu sababli bosqinchilar doimo xalqning xotirasini, ya’ni tarixini yо‘qotishga harakat qilganlar. Chunki xotirasiz xalq manqurt bо‘ladi. Buyruq berilsa bas, о‘zini о‘zi qira boshlaydi. Tarixiy xotira - inson ma’naviyatining ajralmas qismi, о‘tmishni bilish, uni qadrlash, undan saboq olish natijasidir. Bu borada Prezident Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz- kelajak yо‘q” nomli asari katta ahamiyatga ega. Unda о‘tmishga xolis yondashish, uni qadrlashga alohida e’tibor qaratilgan. Zero, tarix saboqlari insonni hushyorlikka о‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, ularni dilga jo etib, bunyodkorlik va yaratish yо‘lidan izchil borishga undaydi. Buyuk mutafakkir Beruniy ta’kidlaganidek, “о‘tmish kelajakning kalitidir”. Uni bilish imkoniga ega bо‘lish muhim ahamiyatga ega. Mustaqillik tufayli xalqimiz tili, madaniyati, urf- odatlari, an’analari, qadriyatlarini, bir sо‘z bilan aytganda, о‘z tarixini mukammal bilish imkoniga ega bо‘ldi. Tarixiy xotira qanchalik boy, mazmunli bо‘lsa, xalq shunchalik uyushgan, hamjihat, ulug‘vor ishlarni bajarishga qodir bо‘ladi. Tari-xiy xotiraning о‘ziga xos jihatlaridan yana biri о‘z о‘tmishidan faxrlanish tuyg‘usidir. Dunyoda hududi О‘zbekistondan bir necha marta katta bо‘lgan ba’zi davlatlar ham, aholisi о‘troq bо‘lib yashashni boshlagan moziyning azaliyligi, о‘nlab shaharlarining tarixi 2500 yildan ortiqroq ekanligi bilan g‘ururlana olmaydi. О‘zlikni anglash va tarixiy xotira bir-biri bilan о‘zviy bog‘liqdir. О‘zini anglagan odam ajdodlari, xalqi bilan g‘ururlanganidek, tarixni yaxshi bilgan shaxs, shubhasiz, о‘zini ham teran tushunib boradi. Bir sо‘z bilan aytganda, tarix shunday manbaki, u insonning о‘zini anglashi, jamiyat oldidagi burchi, ajdodlar ruhi oldidagi mas’uliyatini tо‘g‘ri tushunishiga, istiqbolni tо‘g‘ri belgilashga imkon beradi. Milliy g‘oya va etnomadaniyatning uzviyligi shundaki, ularning har ikkisi ham milliy-ma’naviy qadriyatlarga asoslanadi. О‘zbek xalqining chaqaloq tug‘ilgandan boshlab, insonni sо‘nggi yо‘lga kuzatishgacha bо‘lgan asriy ajoyib odatlari, qadriyatlari borki, ularning har biriga kо‘plab misollarni keltirish mumkin. Masalan, xalqimizning sodda tilida о‘zbekchilik degan sо‘z bor. Bu bizning milliyligimizning asosi bо‘lib, xalqimizga xos xislatlar majmuasi, xarakterini anglatadi. Xalqimizning milliy о‘ziga xosligi, oilaga munosabat, jamoaviy turmush tarzi, ya’ni mahallachilikda ham alohida sezilib turadi. Fuqarolik jamiyati shakllanishining dastlabki siyosiy instituti rolini о‘ynaydigan oila xususida qisqacha tо‘xtaladigan bо‘lsak, oilada jamiyatga xos bо‘lgan tipik xususiyatlar va vaziyatlar о‘z in’ikosini topadi. Oilada har bir bolaga qadriyatlar tizimi – nima yaxshi-yu nima yomonligi, qaysi xatti – harakati ma’qul, qaysinisi noma’qul, qaysi fikr ma’niliyu, qaysi biri bema’ni ekanligi tо‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar ota – ona, yaqin qarindosh - urug‘, qо‘ni – qо‘shni orqali singdiriladi. Bundan tashqari, aynan oilada hokimiyat va obrо‘lilik, ya’ni “avtoritet” tо‘g‘irisidagi, siyosiy ongga aloqador bо‘lgan, siyosiy ma’daniyat va huquqni ifodalovchi tasavvurlar ham kurtak topadi. Bir qarashda oddiy tuyulgan er va xotinning nikohga bо‘lgan munosabati, uni qadrlashi bola ilk yoshlikdan oilani, oiladagi burch va mas’uliyatning mohiyatini teran tushunib borishga imkon beradi. 263 Bundan tashqari umumxalq referendumlari, saylovlar, saylovoldi jarayonlariga munosabat, bunda ota – onaning faol va ongli ishtirok etishining о‘zi ilk yoshdan murg‘ak qalbda shu jamiyat va undagi siyosiy hayotning teng huquqli ish-tirokchisi bо‘lishi mumkinligi hissini tarbiyalaydi. Jamiyatning manfaatlari keng qamrovli bо‘lib, u har bir fuqaroning turfa qiziqishlari, ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bu holat uning haq – huquqlari kо‘pligini keltirib chiqaradi. Buni biz bu-gungi kunda о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatida kо‘rib turibmiz. Mustaqillik yillarida mahallaga tarixda kо‘rilmagan darajada e’tibor kuchayib, о‘z – о‘zini boshqaruvchi tashkilot sifatida haq – huquqlari ortib bormoqda. Bu bejiz emas, albatta. О‘zbek xalqi qadim zamonlardan buyon jamoaviy turmush tarzida yashab kelgan. Kishilar, oilalar muammolari mahallaning kо‘pni kо‘r-gan oqsoqollari, onaxonlari yordamida hal etilgan. Jamoaviy turmush tarzi jamiyat taraqqiyotiga ham kuchli ta’sir kо‘rsatgan. Xususan, temuriylar davrida shaharlarda turli hunar egalari mahalla-mahalla bо‘lib yashagani jamiyatni iqtisodiy, ma’naviy jihatlardan juda yuksaltirgan. Download 5.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling