Evolyutsiya nazariyasi


HAYVONLARNING BIR REJA ASOSIDA TUZILGANLIGI HAQIDA E.SENT-ILER


Download 0.85 Mb.
bet6/8
Sana12.03.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1263342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
malika evolutsiya

HAYVONLARNING BIR REJA ASOSIDA TUZILGANLIGI HAQIDA E.SENT-ILER
Fransuz olimi Eten Joffrua Sent-Iler (1772 — 1844) o’z dunyoqarashi bilan J- Kyuvega tamomila qarama-qarshi edi. Agar Kyuve kreatsionizm va teleologiya oqimlarining himoyachisi bo‘lsa, Sent-Iler ilg‘or transformizm oqimining ko‘zga ko‘ringan namoyondasidir. Kyuve hayvonlar to’rt plan asosida yaratilgan desa, Sent-Iler ular bir plan asosida tuzilganligini ta’kidlagan. Buni isbotlash uchun u qiyosiy anatomiya, embriologiya fanlari dalillariga murojaat qilgan. Masalan, umurtqali hayvonlarning oldingi oyoqlari (odamning qo’li, ko‘rshapalak va qushlarning qanoti, ko‘rsichqonning yer qazuvchi oyoqlari, kitning suzgich oyoqlari) o’zaro taqqoslansa, ular yelka, bilak-tirsak, kaft ust, kaft va barmoq suyaklaridan iborat ekanligi ma’lum boradi. Binobarin, ular har xil vazifa bajarishidan qat’iy nazar, tuzilishi o‘zaro o’xshash. Bunday organlarni Sent-Iler analoglar deb atagan. Aslini olganda, Sent-Iler ta’riflagan analogik organlar hozirgi zamon biologiya fanidagi gomologik organlarga mos keladi. Sent-Iler fikriga ko‘ra, analogik organlar organizmda muayyan o’rin egallaydi. Ularning tuzilishi o'zgarishi mumkin, ammo joylashgan o’rni o’zgarmaydi. Hayvonlarning bir plan asosida tuzilganligini isbotlash uchun u yana qiyosiy embriologiyadan ham foydalandi.
Sent-Iler baliqning kalla suyagini sutemizuvchilar embrionining kalla suyagi bilan o’zaro taqqoslab, ularda suyaklanish markazlari, suyaklarning joylanishi bir tipda ekanligini aniqlaydi. Embriologik tadqiqotlar tufayli kit va parranda embrionining jag‘larida boshlang'ich tishlar bo‘lishini ham aniqladi. U ana shu dalillarga asoslanib, yetuk organizmlarda u yoki bu organ yoxud qismlarning bo‘lmasligi reduksiya natijasidir, degan xulosaga keldi. Uning fikricha, um urtqali hayvonlarning bir reja asosida tuzilganligini rudim entar organlar misolida ham isbotlash mumkin. Sent-Iler hayvonlarning organi «muvozanat prinsipi» asosida o’zgarishini, ya’ni har bir hayvonda barcha organlar kurtagi mavjudligini, muhit ta’siriga qarab, ular orasidan ba’zi organlar kuchli, boshqalari kuchsiz rivojlanishini, boshqa organlar hisobiga ba’zi organ kuchli rivojlanishi yoki rivojlanmay qolishini ta’kidlaydi. Masalan, baqaning individual rivojlanishida jabrasi reduksiyalanishi hisobiga o'pkasi kuchli rivojlanadi va hokazo.
U organizmlarning o’zgarishida tashqi muhit nihoyatda katta rol o'ynashini ko'rsatib, masalan, meva bog‘larida ba’zi yillari nokning mevasi shirin yirik bo'lsa, boshqa yillarda, aksincha, mayda va nordon bo'lishini bu o’zgarishlar bir necha asr davom etsa, organik formalar ancha keskin va keng ko’lamda o’zgarishini, bir xil formadan boshqa xil formalar kelib chiqishini qayd qildi. Sent-Iler yer yuzida doimiy o'zgarish boladi, natijada har xil geologik davrlarga mansub hayvonlar vujudga keladi, deb e’tirof qildi. Uning fikricha, organizmlar asta-sekin o’zgaradi, ayrim hollarda esa o'zgarish to'satdan, ya’ni sakrash yo‘li bilan ham vujudga kelishi mumkin. Buni isbotlash uchun u jabra bilan nafas oladigan itbaliqning suvdan quruqlikka o'tishi natijasida birdaniga o‘pka bilan nafas oladigan baqaga aylanishini misol qilib keltiradi. Sent-Iler shu singari dalillarga asoslanib tabiat, barcha hayvonlar bir plan, o‘xshash prinsip asosida tuzilgan, lekin ular qismlari bilan bir-biridan farq qiladi, deb ta’kidlaydi. Bu g‘oyaning to’g‘riligini isbotlash maqsadida u tamomila noto‘g‘ri misollarga murojaat etdi. Masalan, bo‘g‘imoyoqlilar o ‘zgargan umurtqali hayvonlardir, degan xulosaga keldi, umurtqalilarda nerv sistemasi tanasining orqa, bo‘g‘imoyoqlilarda esa qorin tomonida joylashgan, agar bo‘g‘imoyoqlilar to‘nkarilsa, umurtqali hayvonlarga o'xshash bo‘lishi mumkin deydi. Uning hasharotlarning segmenti umurtqali hayvonlarning umurtqasi bilan, oyoqlari esa qovurg'asi bilan o’zaro o‘xshash, degan mulohazasi hech bir dalilga asoslanmagan xato fikr edi. Albatta, o’sha davrda barcha hayvonlar bir plan asosida tuzilgan, umurtqasiz hayvonlar bilan umurtqali hayvonlarning tuzilishi o‘xshash, degan fikrlarni asoslash uchun dalillar yetarli emas edi. Faqat XIX asrning oxiriga kelib, atoqli rus olimlari A.O. Kovalevskiy, I.I.Mechnikovlarning embriologiya sohasidagi tadqiqotlari natijasida umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning kelib chiqishi bir ekanligi isbotlab berildi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling