F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
Download 0.61 Mb.
|
F. I. Xaydarov n. I. Xalilova umumiy psixologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.M.Sechenov
R.Dekart tomonidan XVII asrda refleks tushunchasini fanga kiritilishi organizm va muhit ta'siri asoslari ochilishi borasidagi muhim nazariyalardan biri sifatida rol o’ynaydi.
Refleks - organizmning tashqi va ichki ta'sirotlarga markaziy nerv tizimi orqali bergan javob reaksiyasidir. I.M.Sechenov (1829-1905) tomonidan amalga oshirilgan bu tushunchaning rivojlantirilishi va bu mexanizimning barcha psixik jarayonlarga tegishli ekanligi shunga olib keladi-ki, ilmiy psixologiyada determenizm tamoyili uzil-kesil o’z tasdig’ini topdi. Inson hayotida reflekslarni yuqori baholab, I.M.Sechenov tomonidan quyidagicha ta'rif beriladi: "Ongli va ongsiz hayotning barcha aktlari (harakatlar) kelib chiqishi usuliga (mohiyatiga) ko’ra reflekslardir". Reflektor aktda I.M.Sechenov uchta bo’g’imni ajratadi; 1. Birinchi bo’g’imda sezayotgan "to’pning" ta'sirlanishi nerv qo’zg’alishiga aylanadi. 2 qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari asosida o’ziga xos ravishda axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilish ro’y beradi. 3.buyruqni amalga oshiruvchi organlarga (muskullarga va bezlar va hokazo) uzatish. I.P.Pavlov (1849-1936) I.M.Sechenovning miya reflektor faoliyatini o’rganish borasidagi g’oyasini rivojlantirib, refleks tushunchasiga yangi mazmun kiritdi hamda shartli reflekslarning hosil bo’lish asoslarini yaratdi. Reflekslarning ikki turi farqlanadi: shartsiz va shartli reflekslar. Shartsiz reflekslar tug’ma bo’lib, hayotning dastlabki kunlaridan va keyinchalik hech qanday tajribasiz (malakasiz) namoyon bo’la boshlaydi. Masalan, igna sanchilganda qo’lni tortib olinishi, ovqatning og’iz bo’shlig’ida tushgandagi so’lakning ajralishi. Shartsiz reflekslarning markazlari turlichadir - shartsiz reflekslar yoylarning tutashuvchi orqa miyadan va bosh miyaning o’sishidan ro’y beradi. Shartli reflekslarning hosil bo’lish sohasi bosh miya po’stloqidir. Shartli ta'sirlagich organizmning hayoti uchun muhim bo’lgan qandaydir hodisalarning mavjudligi haqida, masalan ovqatning mavjudligi, xavf- xatarning paydo bo’lishi haqida xabar beradi. Shuning uchun I.P.Pavlov bosh miya qobig’i faoliyatini signal faoliyati deb nomladi. I.P.Pavlov shartli reflekslar metodidan foydalanib, shuni aniqladiki, bosh miya katta yarim sharlari faoliyati organizmning ichki muhitidan va tashqi muhitdan nerv tizimiga kelayotgan ko’pgina ta'sirlovchilarning analiz va sintez jarayonlaridan iborat ekan. Analiz va sintez I.P.Pavlov tomonidan analizatorlar deb nomlangan o’ziga xos nerv tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling