F. R. Qodirova, sh. Q. Toshpo'latova, N. M. Kayumova
CMuhim muamnioning yechimini topishga у or da in beradi va «Qanday» savoli orqali muammo hal qilinadi
Download 0.84 Mb.
|
MAKTABGACHA PEDOGOGIKA F R QODIROVA (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha ta’lim muassasasini shakllantirish
CMuhim muamnioning yechimini topishga у or da in beradi va «Qanday» savoli orqali muammo hal qilinadi
Qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish guruhiga ko'ra bir xil yoshdagi hamda turli uch yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni qabul qilish mumkin. Qisqa muddatli guruhlarga bolalarni qabul qilish maktab- gacha ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limi tomonidan berilgan yo'Ilanmalar va bolaning sog'lig'i to'g'risidagi tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. Qisqa muddatli guruhlarni to'ldirishda tanlov asosida hamda test sinovi bo'yicha qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi. Qisqa muddatli guruhlar tarbiyalanuvchilarining kuniga bir marta ovqatlantirilishi (ertalabki yoki tushki nonushta) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq tuzilgan taomnoma asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasini shakllantirish Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalar 3 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha tuman (shaharjlar hokimliklarining qaroflari bilan tashkil etilgan maktabgacha ta’lim bo'limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan tegishli tibbiyot xulosasi hisobga olingan holda qabul qilinadi. Qabul komissiyasining faoliyat ko'rsatish tartibi belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Muassislar mahalliy davlat hokimiyati organlari bo’lgan Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’lim bo'limla- rining yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi. Muassislari boshqa organlar bo'lgan maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda ushbu Maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarni maktabgacha ta'lim bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha lozimnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi muassis tomonidan belgilanadi. Quyidagi bolalar: I va II guruh nogironlari; ko'p bolali oilalarning bolalari; harbiy xizmatchilarning bolalari; talabalar va pedagoglarning bolalari Maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar. I va II guruh nogironlari У Ko’p bolali oilalarning bolalari I xizmatchilar } \ ning bolalari / Talabalar va pedagoglarning bolalari Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi muassasa tomonidan belgilanadi / Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilishda imtiyozlardan \ foydalanadilar Qabul komissiyasi shuningdek, ota-onalari maktabgacha ta'lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkam- lashda yordam bergan bolalarni istesno tariqasida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha ta'lim muassasasi rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasida guruhlar soni muassa- saning quvvatidan va guruhlarning rejali to'ldirilishidan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling